Pedagogik nazokat va odob axloq
REJA:
O’qituvchining pedagogik odob-axloqi haqida tushuncha.
Pedagogik odob-axloq tamoyillari va uning vazifasi.
Buyuk mutafakkirlar o’qituvchi va tarbiyachi axloq-odobi haqida.
O’qituvchining pedagogik odob – axloqi, nazokati haqida tushuncha. «Odob deganda rasm – taomil, xulq – odatlar yigindisi, ijtimoiy – iktisodiy to’zum takozosi bilan turmush sharoitining aloxida tarzi, an‘analari asosida odamlar o’rtasida paydo bo’lgan muomala munosabatlarining xususiyatlari tushuniladi.
Demak, o’qituvchi odobi umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari, talablari, mezonlarini ta‘lim – tarbiya jarayonida oydinlashtirib, muallimning o’quvchilar, o’z kasbdoshlari, ota – onalar, maktab raxbarlari bilan muomala – munosabatlarida ifodalanadigan axloqiy xususiyatdir.
O’qituvchi odobining moxiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun muxim bo’lgan axloqiy sifatlarda ifodalanadi.
Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, inson turmushining barcha soxalarida kishining xulqi, xatti – harakatlarini tartibga solib bashqarib turuvchi, Vatanga, mexnatga, mulkka, odamlarga munosabatini bildiruvchi (yunaltiruvchi) qonun – koidalar, yul – yuriklar, mezonlar, pand – nasixatlar yigindisidan iboratdir. Axloq umuminsoniy va milliy harakterga ega bo’lib, kishilarning tarixan qaror topgan va har bir odam egallashi lozim bo’lgan axloqiy ideallari, orzu – umidlari to’g’risidagi tasavvurlari, tushunchalari, bilimlari, qarashlarini o’z ichiga oladi.
Umuminsoniy axloq deganda turli davrlarda barcha xalqlarda kishilarning turmushi, xayot tarzida shakllanib, insonlarning o’zaro muomala – munosabatlarini tartibga solib turuvchi umumiy tushunchalar, normalar va talablar, umumiy axloqiy sifatlar tushuniladi. Milliy axloq esa umuminsoniy axloqka xos asosiy xususiyatlarni saklagan holda, ayni millat va elat kishilarigagina xos bo’lgan ayrim axloqiy xususiyatlarni ham o’zida mujassamlantiradi». ( Malla Ochilov. «Muallim qalb me‘mori». Toshkent. «O’qituvchi». 2001 yil. 3 – 4 bet ).
O’qituvchi umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlarni o’zlashtirib olishi, tajribada kullashi, o’zining dunyoqarashi, axloqiy tajribasi bilan takkoslashi lozim. Fikrlash va xis etish, turmushda sinab ko’rish natijasida umuminsoniy va milliy – axloqiy sifatlar, koidalar, normalar o’qituvchining o’z axloqiy fazilatiga, e‘tikodiga aylanadi.
O’qituvchining odob normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy fazilati va e‘tikodiga aylanishi lozim. Axloqiy e‘tikod va sifatlar o’qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarda, o’quvchilar, ota – onalar va bashqa kishilar bilan muomala – munosabatlarida, kundalik turmushda o’zining shaxsiy namunasi bilan axloqiy ta‘sir o’tkazishda ko’zga tashlanadi. Pedagogik takt o’qituvchi axloqining amaliy ko’rinishlaridan biridir. Muallim xulqining natijalari uning yoshlarga axloqiy ta‘sirining samaradorligida, axloqiy tarbiya soxasida erishgan yutuklarida namoyon bo’ladi.
O’qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlar tushunchalariga mos keladi. Ularni pedagogik faoliyat bilan bog’liq tarzda bir kadar oydinlashtiradi. Insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy gurur, adolat, yaxshilik qilish, burch, kadr – kimmat, mas‘uliyat, vijdon, xalollik, rostguylik, poklik, talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar o’qituvchi odobida pedagoglik faoliyati bilan bog’liq ravishda taxlil kilinadi.
O’qituvchilik sha‘ni, kadr – kimmati, o’qituvchilik mas‘uliyati, o’qituvchilik vijdoni, talabchan va adolatli bo’lish, o’qituvchining ma‘naviy kiyofasi, xalolligi, pokligi, rostguyligi o’qituvchi axloq – odobining asosiy tamoyillari xisoblanadi. Bu tamoyillarni puxta o’zlashtirish bulajak o’qituvchi uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Yaxshilik qilish -- ijobiy axloqiy fazilat bo’lib, xulqiy sifatlarini inson faoliyati yoki biror xatti – harakatiga ijobiy munosabatning yigindisini aks ettiradi.
O’qituvchi odobida yaxshilik fazilatiga pedagogik faoliyat bilan bog’liq holda o’quvchilar jamoasi manfaatlarining birligi, muallim va o’quvchi maksadining birligi, ta‘lim – tarbiyaning samarasi uchun ko’rashning birligi aks etadi. Yaxshilik fazilati muallimning ham, o’quvchilarning ham, ota – onalarning ham yaxshi niyatli, xayrixox, mehribon bo’lishini takozo etadi. Yaxshilik qaror topishi uchun pedagogik jarayonda yomonlikka murosasiz bo’lish, yaxshi istak bilan muomalada bo’lish, yaxshi kilik, yaxshi harakatlarning birligi zarurdir.
O’qituvchi burchi -- burchda shaxsning jamiyatga bo’lgan munosabati namoyon bo’ladi. O’z burchiga sodiklik har bir kishiga obru, shon – sharaf keltiradi. Kishining o’z burchiga sodikligi jamiyatga, Vatanga, mexnatga, oilaga, farzandlariga bo’lgan munosabatida bilinadi.
O’qituvchi yosh avlodga ta‘lim – tarbiya berish soxasidagi o’z burchini zurlik tufayli yuklatilgan majburiyat emas, balki o’z xayotining ma‘nosi, ishonch, vijdon da‘vati deb xisoblaydi.
O’qituvchi burchi akl bilan xissiyotning birligidan iborat. Muallim kasbiga nisbatan kuyiladigan talablarning moxiyati va mazmunini bilsa, uning shaxs va jamiyat uchun muximligini anglasa, bu vazifalarni bajarish uchun zarur fazilatlarni tarbiyalash yullarini belgilab olsa, shundagina unda kasbiy burch shakllana boshlaydi.
O’qituvchilik mas‘uliyati. Shaxs axloqini tavsiflaydigan belgilardan biri mas‘uliyatdir. O’qituvchining mas‘uliyati, muallimlik faoliyati va ta‘lim – tarbiya jarayonining anik vazifalarini ham o’z ichiga oladi. O’qituvchi zimmasiga bola shaxsini barkamol inson sifatida tarbiyalash mas‘uliyati yuklangan. O’qituvchilik kilayotgan yoki muallimlik kasbini tanlagan kishilar o’z zimmalariga kanchalik yuksak, sharafli mas‘uliyat olayotganliklarini tasavvur etishlari lozim.
O’qituvchilik sha‘ni, kadr – kimmati. Umuminsoniy va milliy axloqning muxim belgilaridan biri insoniylik sha‘ni, kadr – kimmatidir. Insonning kadr – kimmati uning mansabi, kasb – koridan ko’ra ham ko’proq o’z kasbini qanday bajarishiga, uning odobi va xulq – atvoriga bog’liq.
Bu fazilat o’qituvchi odobida muallimning kadr – kimmati, sha‘ni deb ataladi. U, avvalo, o’qituvchidan o’z ishining ustasi, kamtar bo’lishni, shu bilan birga pedagoglar va o’quvchilar jamoasida o’zini tuta bilishni talab etadi.
Muallim maktab raxbarlari, hamkasblari va bashqalar bilan muomala – munosabatida kibr – xavo, manmanlik kilmasa, urinsiz itoatguylik, xokisorlik, laganbardorlik kilmasa, uning o’quvchilar oldida obrusi, kadr – kimmati ortadi.
O’qituvchi ma‘naviy kiyofasida shunga uxshash bir necha sifatlar uchraydi. Bu sifatlar o’qituvchining kadr – kimmatini oshiradi.
Buyuk mutafakkirlar o’qituvchining odob – axloqi haqida. O’rta Osiyoda yashagan allomalar yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash, shuningdek o’qituvchilik faoliyati va odobiga doir ta‘limotlarni ham yaratdilar.
Abu Nasr Forobiy o’z asarlarida, har bir kishi jamiyatga, davlatga munosib inson bo’lishi uchun ta‘lim va tarbiya olishi lozim deb xisoblaydi. Yoshlarga ta‘lim va tarbiya beradigan ustoz shogirdiga nisbatan juda kattik zugum qilishga intilmasligi, shuningdek, xaddan tashkari ko’p yon berishga ham intilmasligi lozim. Chunki ortikcha zugum shogirdda ustozga nisbatan nafrat uygotadi, bordi – yu, shogird ustozning juda yumshokligini paykab kolsa, bu hol ustozni mensimaslikka va u beradigan bilimdan sovishga olib keladi.
Musulmon maktablarida ishlaydigan kishilardan ziyrak, aklli va axloqli bo’lish talab etilgan. Xalq aklli kishilarni dono deb atagan. Forobiyning ko’rsatishicha, aklli kishi – utkir zexnli, idrokli, fazilatli bo’lishi, o’zining qobiliyati va idrokini yaxshi ishlarga yunaltirishi, yomon ishlardan o’zini yaxshi ishlarga yunaltirishi, yomon ishlardan o’zini saklashi lozim. Forobiy «Akl to’g’risida»gi risolasida o’zida un ikki xislatni birlashtirgan kishinigina axloqli odam deb xisoblaydi.
Abu Ali ibn Sinoning fikricha, tarbiya yagona jarayon bo’lib, yoshlarga akliy, jismoniy, nafosat, axloqiy tarbiya berishni, xunar o’rgatishni nazarda tutadi.
Bolaga ta‘lim – tarbiya berish uchun saxovatli, dono, iymonli, axloqiy va akliy tarbiya usullarini yaxshi biladigan, irodasi kuchli muallim – tarbiyachini tanlash zarur. Muallim soglom, pok, xalol, xushmuomala kishi bulmogi lozim, deydi.
Kaykovus. «Kobusnoma»da bolalarga xunar va kasb o’rgatmok to’g’risida farzandiga qilgan nasixatida ota – onaning va muallimlarning bolaga muomala – munosabati masalasiga ham tuxtaladi. Chunonchi, u ota – ona o’z bolasiga ilm va axloqiy fazilatlarni singdirish uchun bolani muallim kuli bilan jazolashi mumkinligini uktiradi. «O’z kuling bilan muallimlarning tayogi bilan ko’rkutgil, bolalarga muallimlar adab bermasunlar, toki sendan uglingning kunglidagina kolmasun»
Burxoniddin Zarnudjiy. X11 asrning ikkinchi yarmida yashab ijod etgan. O’zining ko’p yillik pedagogik tajribasini umumlashtirib, «O’quvchiga ta‘lim yulida kullanma» nomli pedagogik asar yaratdi. Bu asar Shark mamlakatlarida ko’p marta nashr etilib, keng tarkalgan. Unda pedagoglik kasbi, o’quvchi va muallim muomala odobiga doir bir kancha kasbiy va axloqiy talablar ifodalangan.
Muslixiddin Sa‘diy She‘roziy ning «Guliston» va «Buston» kabi pedagogik – axloqiy kitoblari eski o’zbek maktablarida darslik sifatida o’qitilgan. «Guliston» asarining «Tarbiyaning ta‘siri bayonida» deb nomlangan yettinchi bobida tarbiyachilik faoliyati, tarbiyashunoslik ilmi, o’qituvchi odobining bir necha muxim qonun – koidalari qiziqarli xikoyatlar shaklida bayon etiladi.
Alisher Navoiy. O’qituvchi jamiyatda obruyli va xurmatga loyik insondir, deb xisoblaydi. Shogirdlar muallimni xurmat qilishlarini, e‘zozlashlarini uktiradi. Navoiyning fikricha, ba‘zan bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik kiladi. Muallim esa bir tuda bolalarga ilmu adab o’rgatadi. Bu jarayonda muallim ko’p aziyat chekadi, mashakkatlarni boshidan kechiradi. Shuning uchun shogirdlar ustozlari oldida umrbod karzdor ekanliklarini xis etishlari lozim : - deb :
Xak yulida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila,
Aylamak bulmas ado oning xakin yo’z ganj ila.
Navoiyning «Maxbub – ul – kulub» asarida o’qituvchi odobiga doir quyidagi talablar bayon etilgan :
Mudarris ota – onasining mansabi, boyligiga qarab bolaga muomala kilmasligi lozim ;
Muallim bolalarga bilgan narsalarini o’rgatishi, bilmagan ilmlarni o’rgatishga urinmasligi kerak ;
Gerdayish, manmanlik, ta‘magarlik, nodonlik kabi illatlar o’qituvchi axloqiga zid sifatlardir;
Muallim yaramas ishlardan, nopokliklardan yirok bo’lishi kerak;
Xalq nazarida olim xisoblanadigan mudarrislar yomon ishlardan, fisku – fasoddan o’zlarini tiya bilishlari lozim.
Buyuk mutafakkirlar bolalarni axloqli qilish uchun muallim o’quvchilarning xissiyotiga ta‘sir utkazadigan vositalardan foydalanish kerak, deb ko’rsatadilar. Bunda badiiy adabiyot juda kul keladi. Masalan, Xadislar, mazmuni ifodalangan she‘rlar, Alisher Navoiyning «Kirk xadis»i, Abdulla Oripovning «Xaj daftari» va bashqa kitoblardan foydalanish axloqiy sabok mashgulotlarini jonlantiradi, tarbiyaviy ta‘sirini oshiradi.
O’quvchilarni axloqli, odobli qilishda «Odobnoma» darslari muxim rol uynaydi.
O’qituvchi o’quvchilarni odobli kilib tarbiyalashda «Odobnoma», «Otalar so’zi – aklning ko’zi», «Ma‘rifatnoma» ko’rsatuvlaridan foydalanish ham yaxshi natija beradi.
Tajribali o’qituvchi hamisha o’quvchilarning qalbida nimalar sodir bulayotganligini tushushga qobiliyati bilangina emas, balki o’quvchi bilan til topish, muayyan o’quvchiga pedagogik ta‘sir ko’rsatishning okilona choralarini o’z vaqtida tanlash qobiliyati, ya‘ni pedagoglik nazokatini ruyobga chikarish qobiliyati bilan ham ajralib turadi. Psiholog olimlar pedagoglik nazokati aslida psihologik nazokatdan bashqa narsa emas, deb xisoblaydilar.
Pedagogik nazokat psihologik bilimlarni hamda ilgaridan tuplanib kelgan xayotiy va shaxsiy tajribalarni amalda tadbik qilishdir. Pedagogik nazokat bu qandaydir tugma xususiyat emas, balki kishida asta – sekin shakllanib boradi : u ba‘zilarda tezrok, kengrok va yaxlitrok shakllansa, bashqa birovlarda esa sekinrok, kamrok va kismanrok shakllanadi. Bu kishining o’z qalbida ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda sodir bulayotgan ichki vokealarni qanday xis qilishini ko’zata bilishiga bog’liqdir.
O’qituvchining bashqa kishilarga nisbatan extiyotkor va tankidiy munosabati davri bulmish o’rta va katta yoshdagi o’quvchilar bilan olib boradigan ta‘lim va tarbiyaviy ishlarida pedagogik nazokatning ahamiyati ayniksa kattadir.
Kadimdan qolgan nakl bor : kattikkullik yaxshi, xushfe‘llik yanada yaxshirok, eng yaxshisi – adolatlilikdir. Usmirlar va katta yoshdagi o’quvchilar bilan ishlashda o’qituvchidan o’quvchi shaxsiga nisbatan kattikkullik va talabchanlik va ayni vaqtda, nazokatli munosabatda bo’lish talab kilinadi. Bu nimalarda anik ifodalanadi.
Pedagogik nazokat juda murakkab sifat bo’lib, quyidagi komponentlari / tarkibiy kismlari mavjud :
O’quvchini xurmat qilish va unga nisbatan talabchanlik ;
Faoliyatning hamma turlarida o’quvchilarning mustakilligini rivojlantirish va ularning ishiga kat‘iy pedagogik raxbarlik qilish;
O’qituvchining o’quvchi psixik holatiga nisbatan dikkat bilan qarashi va o’quv mashgulotlarini bajarayotganida unga nisbatan talablarning izchilligi.
O’quvchilarning tafakko’r holida iroda aktivligini rivojlantirish, o’quv ishida ularga har tomonlama yordam berish, ularga nisbatan mehribon va gamxur bo’lish ;
O’qituvchining o’quvchilar bilan ishlashidagi sabotliligi hamda tarbiyaviy ta‘sir ko’rsatishning xilma – xil usullarini ularning pedagogik samaradorligini xisobga olgan holda kullashi ;
O’quvchilarga ishonish va ularning o’quv ishlarini muntazam ravishda tekshirib turish ;
O’qituvchining o’quvchilar bilan munosabatidagi amaliy va emotsional aloka boglashning pedagogik jixatdan asoslangan holda birga kushib olib borilishi ;
O’quvchilar bilan munosabatda osoyishta kat‘iylik, muvozanatlilik va nutkning ifodaliligi.
Pedagogik nazokatning yukorida ko’rsatib utilgan hamma tomonlari chuqur ichki boglanishga egadir. O’qituvchining o’quvchilarga munosabatida bu xususiyatlarning har biri uning kundalik ishlarida, xatti – harakatlarida, nutkida, ba‘zan esa sharoitlarga qarab o’quvchiga ta‘sir ko’rsatishning ayrim choralarini kullashdan o’zini tutib qolishda ham anik ifodalanadi.
O’qituvchi bashqa ixtisosdagi kishilarga karaganda, ma‘naviy boy, mustaxkam e‘tikodli, shuningdek yuksak darajadagi umumiy madaniyatga ega, o’z ixtisosi doirasidan tashkari ham ko’p narsalarni bilishi kerak.
Pedagogik nazokat ayrim tashki belgilarga ( ko’z ifodasi, tovush oxangidagi, mimika va xokazolar ) o’quvchilar uning tushuntirishlarini tushunayotgani yoki tushunmayotganligini, shuningdek o’quvchilar xulqidagi ijobiy va salbiy xususiyatlar haqida fikr yuritishdan iborat.
O’qituvchining mustakil va ijodiy fikr yuritish uslubi uning amaliy faoliyatida o’quv materialini ajoyib kilib, kungildagidek bayon kila bilishida namoyon bo’ladi. Ijodiy fikr yuritish qobiliyatiga ega bo’lgan o’qituvchi darslari hamisha jonli, qiziqarli utadi va samarali bo’ladi, chunki u o’quvchilarning tafakko’r faoliyatini doimo aktivlashtirib boradi. Pedagogik jarayondagi nazokat doimo ta‘limiy – tarbiyaviy maksadlarga erishishga karatilgan bo’ladi. Shuning uchun biror maksadga intiluvchanlik va o’z mexnat samaralarini oldindan ko’ra bilish, o’quvchilarni yomon xatti – harakatlardan ogoxlantirib qo’yish, ta‘lim va tarbiyadagi o’zini oklamagan usullarni o’z vaqtida o’zgartirish o’qituvchining obrusini oshiradi.
Pedagoglik faoliyati o’qituvchidan yuksak darajada rivojlangan irodaviy sifatlarni – o’quvchilarga nisbatan talab qo’yishda kat‘iylik va izchillik, o’zini tuta bilish, sabotlilik, chidamlilikni talab kiladi. Irodasi bush o’qituvchining o’quvchilar oldida obrusi bulmaydi. Uning darslarida intizom yomon bo’ladi. Darsdan tashkari ishlarni tashkil kila olmaydi. O’qituvchini o’quvchilar bilan munosabatida o’zini tuta bilishi, achchigi chikkanligini, xursandchiligini va bashqa xis – tuygularini o’quvchilarga sezdirmasligi zarur. O’qituvchi kerak bo’lgan holda bolalar bilan kulishmogi, ammo o’quvchi yomon harakat qilgan takdirda esa o’zining unga nisbatan bo’lgan nafratini ham yo’z mimikalari va pantomimikalar orkali ruyobga chikarmogi darkor.
Xulosa kilib aytganda, o’qituvchida eng yaxshi xususiyatlarning rivojlanishini ta‘minlaydigan asosiy shartlardan biri uning o’z ustida ishlashi, tinmay malakasini oshirib borishidir. Pedagogika, pedagogik mahorat, psihologiya, etika o’qituvchi odobi kabi fanlarni chuqur o’rganish o’qituvchiga o’z yutuk va kamchiliklarini anglab yetishda katta yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |