«Pedagogik mahorat» fanidan test variantlar 1-variant Al-Forobiy ta’lim-tarbiya haqida nima degan?



Download 4,02 Mb.
bet90/221
Sana13.01.2023
Hajmi4,02 Mb.
#899396
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   221
Bog'liq
«Pedagogik mahorat» fanidan test variantlar 1-variant Al-Forobiy

O‘z-o‘zini anglash. Mamlakatimizda mustaqillikdan keyin joriy etilgan “Ta’limning yangi modeli, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniyatiga ega bo‘lamiz”. (“Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” “Muloqot” jurnali, 1998 yil, 5-son). O‘qituvchining vazifasi va burchi tarbiya natijasida o‘quvchida milliy qadriyatlarga e’tiqod, milliy mafkura, demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyani shakllantirishdan iborat. Tarbiya mazmunining eng muhim xususiyatlaridan biri – bu insonning hayotiy jihatdan o‘z-o‘zini anglashi, uning shaxsiy hayoti va faoliyati o‘zi yashab turgan muhitning sub’ekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy jihatdan o‘z-o‘zini anglash muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘quvchilarni, o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya’ni o‘z ustida ongli, batartib ishlashga o‘rgatsagina tarbiya jarayoni samarali natijalar beradi. O‘quvchilarni o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlariga ko‘nikma hosil qildirish o‘qituvchining mahoratiga, tarbiyaviy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etishiga bog‘liq. O‘quvchilar odatda yaqin kishilarining, ba’zan o‘qituvchilarining xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Shuning uchun o‘qituvchi o‘z pedagogik mahoratiga tayanib, o‘quvchi qalbida o‘ziga nisbatan ishonch, mehr tuyg‘ularini uyg‘ota olishi lozim. O‘quvchilar o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, kiyinishi, muomalasini, kishilar bilan o‘zaro munosabatini kuzatib boradilar. Bu ham o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalashda ta’sirchan vosita hisoblanadi va ijtimoiy mavqeini oshirishning muhim usulidir. O‘quvchilar o‘qituvchining bevosita nazoratida ta’lim va tarbiya jarayonida, dam olishda, jamoat ishlarida, o‘z-o‘zini tarbiyalash usullariga ko‘nikma hosil qiladilar, bu usullar o‘quvchilarni tashabbuskorlikka, mustaqil fikr-mulohaza yuritishga undaydi. O‘qituvchi tarbiya jarayonida quyidagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlaridan foydalanishi mumkin:
- o‘z-o‘zini tahlil qilish va nazorat qilish;
- o‘z-o‘zini baholash (tengdoshlariga taqlid qilish asosida);
- izohlash (o‘quvchining ma’naviy-axloqiy sifatlari izohlanadi);
- munozara (o‘quvchilarga siyosiy, madaniy, estetik, huquqiy mavzularda og‘zaki ta’sir o‘tkazish);
Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da va ta’lim-tarbiyani yanada takomillashtirishga qaratilgan qator hujjatlarda shaxsning erkinligi, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga birlamchi e’tibor berilgan. Zero, erkinlik ta’minlangan jamiyatda fikr rivojlanadi, fikr rivojlanishi esa jamiyatning kuchli bo‘lishi garovidir. Erkinlik tufayli o‘quvchi irodasi shakllanadi, u bir necha imkoniyatlardan birini ixtiyoriy tanlab oladi, ta’lim tizimida o‘quvchilarga ushbu imkoniyatlar yaratilgan, ularning erkinlik huquqlari ta’minlangan.
Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi sub’ektiv va ob’ektiv omillar ko‘zga tashlanadi. O‘qituvchi sub’ektiv omillar asosida o‘quvchilarning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, ob’ektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etishi uchun sharoit yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va shakli ob’ektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, o‘quvchi shaxsini maqsadga muvofiq shakllantirish borasida o‘qituvchi muvaffaqiyatga erishadi. O‘qituvchi tarbiya jarayonining ko‘p qirraliligini, uni tashkil etish va boshqarishda nafaqat tarbiyachi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatlari, shaxsiy o‘ziga xos jihatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim ahamiyatga ega ekanligini unutmasligi kerak.
Tarbiyaning uzluksizligi. Tarbiyaning yana bir xususiyati uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yoki yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Shaxsning muayyan vaqtning o‘zida, turli qarashlar mavjud sharoitda harakat qilishi tarbiya jarayonini murakkablashtiradi. Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiya shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan. Binobarin, yoshlik yillarida insonning asab tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiyada muvaffaqiyatga erishish uchun o‘qituvchi bolalarni o‘quvchilik yillarida to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini talab etadi. Ta’lim muassasasida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu — o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tkazilishiga erishish lozim.
Ta’lim muassasalarida o‘qituvchining tarbiyaviy faoliyati yetakchi o‘rin egallasa ham, o‘quvchilarga uzluksiz tarbiyaviy ta’sir o‘tkaza olmaydi, chunki, o‘quvchilar ta’lim muassasalarida ma’lum muddatgina o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri va nazorati ostida bo‘lib, qolgan bo‘sh vaqtining asosiy qismini oilada, ko‘chada, do‘stlari davrasida, har xil tashqi muhitda o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta’tillar davrida o‘quvchilar ta’lim muassasasi o‘qituvchisi ta’siridan chetda qoladilar. Demak, ta’lim muassasasida bolalarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo‘lib, sinfdan va maktabdan tashqarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy faoliyatlardan holi vaqtda ular o‘qituvchi yoki tarbiyachining ta’siri hamda nazoratida bo‘lishlari kerak.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish. Tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun reja tuzish va uni bajarish tarbiya samaradorligini ta’minlashning asosiy yo‘lidir. O‘qituvchining tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishi – ijodiy jarayon. O‘qituvchi tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda asosan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalariga tayanadi. Uning mazmunini o‘quvchilarni o‘qishga, ilmga ijobiy munosabatni tarbiyalash egallashi kerak.
Tarbiyaviy ish rejasida mehnat tarbiyasiga alohida ahamiyat beriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning mehnat tarbiyasi rejasini tuzar ekan, o‘quvchilar mexnatining mashaqqati, charchoq va hordiq haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishlarini hisobga olishlari kerak. Ota-onalar bilan ishlash bo‘limida oila, maktab tarbiyasini tavsiflaydigan qisqa ma’lumotlar beriladi. Mohir o‘qituvchi tarbiyaviy ish rejasiga aniq bir maqsadni qo‘yadi. Tarbiyaviy ish amaliyotida xulq me’yorlaridan chetga chiqqan o‘quvchilar ham uchraydi. Ular tarbiyasi «qiyin» o‘quvchilar. Ular bilan tarbiyaviy faoliyat olib borish – bu alohida e’tiborni, sabr-toqat va mahoratni, qalb sezgirligini talab qiladigan murakkab ishdir. Tarbiyachi bunday o‘quvchilarni pedagogikjihatdan o‘rganish dasturini tuzishda quyidagi jihatlarga e’tibor berishi lozim: shaxsning ijtimoiy kelib chiqishi; oilada umumiy rivojlanish darajasi; axloqan tarbiyalanganlik darajasi. Dastur asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida tarbiyaviy ishlar rejasi tayyorlanadi:
1. O‘quvchi olamining hayotiy yo‘nalishlarini diqqat bilan o‘rganish.
2. Xarakteri va xulqidagi og‘ishganlik sabablarini o‘rganish.
3. Ijobiy yo‘nalishga, o‘zgarishga ta’sir etuvchi hayotiy ko‘rinishlarni
tanlash.
4. Muloqotni o‘smirning «psixologik hudud»idan izlash.
5. O‘quvchilar xulqida namoyon bo‘ladigan har xil o‘zgarishlar ustidan
doimiy nazorat o‘rnatish.
Ma’lumki, tarbiyalanganlik natijalarini hisobga olish o‘quvchilar xulqida, ularning o‘qish va mehnatga munosabatlaridagi o‘zgarishlarni ifodalaydigan pedagogik o‘lchamdir. Tarbiyaviy faoliyat samaradorligini aniqlash masalasi murakkab masaladir. Hech qachon tarbiya natijalarini o‘tkazilgan tadbirlar, ishtirok etgan o‘quvchilar soni bilan belgilab bo‘lmaydi. Tarbiyaviy ish samaradorligi o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi bilan baholanadi.
Tarbiyachi-o‘qituvchi o‘quvchilarning qiziqish va ehtiyojlarini chuqur his etgan holda, vaziyatni hisobga olib mavzu tanlashi, uni tayyorlash va o‘tkazishda o‘quvchilarni keng ko‘lamda jalb etishi, yuksak samaradorlikni ta’minlanishiga e’tibor berish bilan birga, har bir o‘quvchiniig xohishini hisobga olishi, keskin rad etmasdan, yana o‘ylab ko‘rish, qiziqarliroq, soddaliroq yo‘llarini topishing mumkin deb umidvor qilish o‘rinlidir. Tarbiyachi ijodkor bo‘lishi, o‘quvchilarni ham ijodiy faoliyat yuritishga jalb etishi, har bir tarbiyalanuvchida o‘zini va o‘zgalarni hurmat qilishga ishonch hosil qilishi lozim.



Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish