«Pedagogik mahorat» fanidan test variantlar 1-variant Al-Forobiy ta’lim-tarbiya haqida nima degan?


O’qituvchining kommunikativ ta’sir etish usullari



Download 4,02 Mb.
bet86/221
Sana13.01.2023
Hajmi4,02 Mb.
#899396
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   221
Bog'liq
«Pedagogik mahorat» fanidan test variantlar 1-variant Al-Forobiy

3.2.O’qituvchining kommunikativ ta’sir etish usullari
Chunki аynаn pеdаgоgik vоqеlikdа o’z-o’zini tаhlil etish ko’nikmаlаrini rivоjlаntirishning аhаmiyati ulаrning o’zi hаqidаgi tаsаvvurlаri, qiziqishlаri, mоtiv, ehtiyojlаri tizimi sifаtidа tushunilаdigаn “Mеn-kоntsеptsiyasi”ning rivоjlаnishigа undоvchi ichki оmillаrning eng аsоsiylаridаn biridir.
O’z-o’zini tаhlil etish usullаri quyidаgilаrgа e’tibоr qаrаtishni tаlаb etаdi:
1) ijtimоiylikkа yo’nаltirilgаn o’zаrоhаrаkаt vаziyatlаridаn shахsiy хulq-аtvоr, tаrbiyalаnuvchi shахsi, uning o’zigа хоsliklаri, qаdriyatlаri tizimi kаbilаrni оb’еkt sifаtidа ko’rib chiqish;
2) o’z хulq-аtvоri, shахsiy fаzilаtlаrini tаhlil etish mеzоnlаri tizimini аniqlаsh;
3) nоmа’lumdаn mа’lumni аjrаtib оlish;
4) qаrаmа-qаrshiliklаrni аniqlаsh.
O’z-o’zini tаhlil etish o’z-o’zini аnglаshdаn аvvаl kеlib, аynаn uning аsоsidа shахsning o’zi hаqidаgi tаsаvvurlаri umumlаshgаn ko’rinishgа o’tаdi. O’z-o’zini аnglаsh nаtijаsidа shахsdа o’zining kimligini аnglаsh, o’zining jаmiyatdаgi o’rnini tushunib еtish, bоshqаlаrning ko’z o’ngidа kim sifаtidа gаvdаlаnishini his etish kаbilаr shаkllаnаdi. O’z-o’zini аnglаsh o’z-o’zigа munоsаbаt sifаtidа shаkllаnuvchi hissiy vа mаntiqiy jihаtlаrni o’zidа аks ettirаdi.
Mа’lumki, o’z-o’zini аnglаsh usullаri hаm mаntiqiy, hаm emоtsiоnаl dаrаjаdа o’z-o’zini tаhlil etish nаtijаsidа оlingаn ахbоrоtlаrni аniqlаshtirish vа umumlаshtirishni tаlаb etаdi.
Хulоsа qilib аytgаndа, o’z-o’zini tаhlil etish vа o’z-o’zini аnglаsh pеdаgоgdа o’zi vа bоshqаlаrning u hаqidаgi tаsаvvuri sifаtidаgi kаsbiy “Mеn qiyofаsi”ning shаkllаnishigа оlib kеlаdi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy metodlariga quyidagilar kiradi: talab, istiqbol, rag‘batlantirish va jazo­lash, jamoatchilik fikri.
Talab – ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchining tarbiya­lanuv­chi­ga nisbatan shaxsiy munosabatlarida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining u yoki bu xatti-harakati o‘qituvchi nazoratida bo‘lib, ijobiy jihatlari rag‘­bat­lantirib boriladi yoki aksincha nojo‘ya xatti-harakati to‘xtatib qo‘­yi­ladi.
Istiqbol – ta’sirchan pedagogik usul bo‘lib, o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, ma’lum bir maqsadga, orzuga erkin intilish hissini tako­millashtiradi. Bu maqsadlar ularning shaxsiy intilishlarida, qiziqish va muddaolarida namoyon bo‘ladi. Ushbu usul maktab o‘quvchilarini shaxs sifatida eng muhim insoniy fazilatlaridan biri bo‘lgan maqsadga intiluv­chanlikni rivojlantiradi.
Rag‘batlantirish va jazolash – tarbiyaviy ta’sirning eng an’anaviy usuli bo‘lib, o‘quvchilar xulq-atvoriga ijobiy ta’sir etishdan iborat. Yaxshi xulq, foydali mehnat va xatti-harakat, axloqiy hislat, topshi­riqlarning so‘zsiz bajarilishi uchun o‘quvchi rag‘batlantiriladi. Nomaq­bul xatti-harakat, tartibbuzarlik, o‘z burchini bajarmaslik jazolash orqali bartaraf etiladi. Ushbu usul axloqiy ta’sir ko‘rsatishni ta’minlaydi, uni qo‘llash jarayonida o‘qituvchidan nihoyatda ehtiyotkorlik, sezgirlik va hushyorlik talab etiladi.
Jamoatchilik fikri – tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning eng muhim usuli bo‘lib, o‘quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini bajarilish natija­lariga qarab muntazam rag‘batlantirib borishda namoyon bo‘ladi. Jamo­aning tarbiyaviy vazifalarini ma’lum bir yo‘nalishda amalga oshirilishini ta’minlaydi, o‘quvchilarning bir-birlariga do‘stona munosabatini shakl­lantiradi.
Muloqotning ijtimoiy-psixologik nazariyasi va pedagogik tajribalarini o‘rganish pedagogik ta’sir etishda ikki metod: ishontirish va uqtirishdan keng foydalanish lozimligini ko’rsatadi.
1.Aralash dars turi tuzilishi nechta bosqichda amalga oshiriladi? (30)
J: 4
2. Bir vaqtning o’zida video, animatsiya, tovush, grafika va matnni qo’llashga (foydalanishga) imkon yaratuvchi kompyuterli texnologiya nima? (133)

J: hamma javoblar to‘g‘ri (gipermedia, multimedia,flesh texnologiya, prezintatsiya)


3. Nimaga ishonish lozimligi yoki qanday harakat qilish lozimligini hal qilishga yo’naltirilgan ratsional refleksiv fikrlash:
J: o‘qitish
4.Barkamol shaxsni rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish haqidagi …. fan bu?
J: Pedagogika
5. O’quv yurti bitiruvchisi egallaydigan bilimlar moduli tarkibiga quyidagilar kiradi? (80)
J: Bitiruvchining egallaydigan ish o’rni, dunyoqarash sifati, standart talablarga javob beradigan bilimi, ish o’rnida qo’llaydigan bilim malakalari, mutaxassis sifatida shakllanishi va ijodiy ish olib borishi
6. Qaysi javobda ta’lim to’g’risidagi yangi qonun bo’yicha umumo’rta ta’lim bosqichlari to’g’ri ko’rsatilgan? (115), (81)
J: Boshlang’ich ta’lim, umumo’rta ta’lim
7. Ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari
J: Davlat va jamiyat
8. Ta’lim berish metodlari O’quv ishining turlariga ko’ra qaysi javobda to’g’ri keltirilgan?
J: Bilimlarni dastlabki o’zlashtirish, takomillashtirish, tekshirib ko’rish va baholash
9. “Buyuk didaktika” asarining muallifini belgilang (9)
J: Y. A. Komenskiy
10. O’zb. Res ta’lim sohasida olib borilayotgn islohotlarning asosiy maqsadi bu (10)
J: Ilm – fan va madaniyatni yanada rivojlantirish
11. Sinf dars tizimini kim yaratgan?
J: Y.A.Komenskiy
12. O’quv jarayonini tashkil etish shaxsli bo’lib, unda o’qitish o’quv materialining mantiqan tugallangan birligi – modullarni bosqichma – bosqich o’zlashtirishga asoslanadi. Ushbu ta’rif qaysi O’qitish texnologiyasi ta’rifi? (83), (66)
J: Modulli o’qitish texnologiyasi
13. Uzluksiz ta’lim tizimi turlarini belgilang? (11)
J: Maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim
14. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? (79), (98)
J: Aspirantura, doktarantura
15. Oliy ta’lim muassasalarining yuqori sifatli malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlovchi qobiliyat? (126)
J: raqobatbardoshlik
16. Avvaldan loyihalashtirilgan o’quv tarbiyaviy jarayonining amaliyotga tatbiqini tizimli va bosqichma – bosqich ta’minlaydigan texnologik tadbirlarning to’plami (131)
J: Pedagogik texnologiya
17. Amaliyotda tekshirilgan, borlikni bilish natijasi: (39)
J: malakalar
18. …. Bu hisoblash texnikasi va aloqa vositalari asosida axborotlarni to’plash, saqlash va kerakli manbalarga uzatishning zamonaviy usulidir. (93)
J: Axborot texnologiyasi
19. Insoniyatni ilmiy bilimlar, hayot uchun zarur bo’lgan ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, tafakkurlarni shakllantirish
J: Ta’lim
20. Talabalarning to’la o’zlashtirishga erishishi mumkin bo’lgan birinchi yo’l (141)
J: O’zlashtirish mezonini pasaytirish
21……… O’qitish nazariyasining boshlang’ich qoidalari bo’lib, o’qituvchi o’quv jarayonini tashkil etishda ularga amal qilish kerak.(48)
J:O‘qitish tamoyillari
22. Dars turlari nechta? (28)
J: 5ta
23. “Bakalavr”, “magistr” nima? (124)

J: Akademik daraja


24. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot usullarini ko’rsating
J: Kuzatish, suhbat, bolalar ijodini o’rganish, test so’rov, maktab hujjatlarini tahlil qilish, eksperiment, statistika ma’lumotlarini tahlil qilish, kibernetika
25.Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning O’zb.Res. IX sessiyasida (1997) so’zlagan “Barkamol avlod – O’zb taraqqiyotining poydevori” nutqida tarbiyaning maqsadi qanday ifodalaniladi?
J: Barkamol, erkin fikrlovchi shaxsni tabiyalash
26. ….bunda xarita, rasm, xodimlarning portretlari va boshqalarni ko’rsatish ko’zda tutadi.
J: Ilyuratsiya metodi
27.O’qitish jarayoniga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilar:

(58)

J: tarbiyaviy, didaktik, psixologik,boshqa talablar
28. Kelajakda muayyan kasbiy faoliyatni bajarish uchun zaruriy ma’lumotlar majmuasi: (37)
J: Fanlar blokining mazmuni
29. Pedagogika texnologiyada o’quv maqsadlarini aniqlash sohalarini ko’rsating. (142)
J: kognitiv, psixomotorik va affektiv
30. Oliy ta’lim necha bosqichdan iborat?
J: 6bosqichdan
31. Magistratura ta’lim dasturidagi majburiy fanlar bloklarini ko’rsating
J: umummetodologik, mutaxassislik, ilmiy faoliyat
32.Mashqlar, mustaqil topshiriqlar, amaliy va tajriba ishlari asosida o’quv materialini egallash ko’rinishlari ta’limning …. Jumlasiga kiradi.
J: Amaliy metodlar
33. Aqliy hujm qanday metod? (65)
J: Guruhlararo ishlarda qo’llaniladigan ko’plab g’oyalarni ishlab chiqish mumkin bo’lgan?
34. “Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy maqsadi nimalardan iborat? (17)
J: Shaxsni hayotga tayyorlash
35. Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini ko’rsating (139)
J: Ta’lim, tarbiya, ma’lumot
36. Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturi asosida muayyan o’quv fanining mavzulari to’liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o’zlashtirishga qaratilgan hamda turdosh ta’lim yo’nalishlarda foydalaniladigan nashr nima?
J: Darslik
37. Pedagogik texnologiya - …. (137)
J: bu bilimni texnika va inson resurslari, uning o’zaro ta’sirini hisobga olgan holda egallashni ta’minlovchi butun o’quv jarayonini yaratish qo’llash va aniqlash tizimli usul bo’lib, o’z oldiga ta’lim shakllarini optimallash vazifasi qo’yadi.
38. Agar o’quvchilar asosiy o’quv axborotini o’qituvchining o’quv mulohazalari va islohotlar jarayonida yoki darslik mavzulari asosida olsalar, bunday metodlar … jumlasiga kiradi. (55)
J: Og’zaki metodlar
39. Pedagogikada yosh davrlari nechta turga bo’linadi? (96)
J: 6ta

40. Ta’lim metodlari nechta funksiyani bajaradi?

J: 3ta

41. Malakalar bu… (135)

J: Uzoq vaqt davomida takrorlash natijasida paydo bo’ladigan kishining anglangan ish-harakatlarini bajarishdagi avtomatlashgan usullari
42. Ta’lim muassasalarida dars berishning noan’anaviy metodlariga qaysilar kiradi? (4)
J: Aralash darslar, konferensiya darslari, yakka mashg’ulot darslari, amaliy darslar
43. …. Bu o’quvchilarning kasb-hunar moyilligini, layoqatlarini, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularni tanlagan yo’nalishlari bo’yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb egallash imkonini beradi. (104)
J: Kasb-hunar kolleji
44. “Ta’lim to’g’risida” gi qonun O’zab.Res Oliy Majlisining IX sessiysida qachon qabul qilingan? (14), (19)
J: 1997yil 29-avgust
45. O’zb. Res ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlardan asosiy maqsad… (18)
J: Insonni har tomonlama rivojlanishini va kamol topishini ta’minlash
46. Ta’lim muassasasi bitiruvchisining o’zgaruvchan ijtimoiy va kasbiy sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashuvi jarayoni va natijasi: (118)
J: Adaptatsiya
47. … deganda Yoshi va bilim darajasi bir xil bo’lgan o’quvchilar guruhi tushuniladi. (73), (92)
J: Sinf
48. Oliy ta’lim pog’onalari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? (78), (97)
J: 2ta (bakalavr, magistr)
49. …. bu ta’lim va tarbiyani amalga oshiruvchi inson faoliyat sohasi. (77)
J: Ma’rifat
50. …. bu yo’nalishlardan biri bo’lib, bazaviy ta’lim berish demakdir. Unda o’qish kamida 4 yil davom etib, u oliy ma’lumot va tayanch mutaxassislik diplomini olish bilan tugaydi. (101)
J: Bakalavrlik
51. O’quv fanlarini tanlash va ularning mazmunini belgilashda nechta yo’nalishdagi qoidaga amal qiladilar? (32)
J: 2 ta

52. …. adabiyotlarda o’rganish va tahlil qilish hamda pedagogik tajribalar asosida olib boriladigan izlanishlar kiradi. (51)

J: Nazariy metodga
53. Oliy ta’limning muayyan yo’nalishi yoki mutaxassisligi bo’yicha o’quv faoliyat turlari, o’quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni kurs va semestr davomida o’rganishning izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan me’yoriy hujjat (123), (42)
J: O’quv rejasi
54. … bu ma’lum maqsad asosida belgilangan vaqtda alohida xonada bir xil yoshdagi o’quvchilar bilan o’qituvchi rahbarligida olib boriladigan ta’lim jarayoni (72)
J: Dars

55. O’quv rejasi nima? (68)

J: O’quv rejasi – o’tiladigan fanlar o’qitish uchun ajratiladigan soatlar va o’quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatidir.
56. Bilimlar o’zlashtirishning mukammalligini va ularni amaliyotda ishlata ola bilishga yo’naltirilgan o’qituvchining faoliyati (38)
J: Materialni mustahkamlamoq
57. O’quv dasturi nima asosida ishlab chiqiladi? (69). (88)
J: O’quv reja
58. Zamonaviy maktabda o’qituvchining vazifalari nimalardan iborat? (12)
J: O’qituvchi eng avvalo tarbiyachi, tajribali notiq, madaniyat va ma’rifat targ’ibotchisi
59. …. Bu o’quvchilarning qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishini, chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan holda ta’minlaydi. (103)
J: Akademik litsey
60. Ko’nikma - bu…. (45), (136)
J: Kishining bilim va malakalariga asoslangan holda ma’lum faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishga tayyorligi (45)
61. Darslikni qisman to’ldiruvchi muayyan fan dasturi bo’yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur o’zlashtirilishini ta’minlovchi, ayrim bob va bo’limlarni keng tarzda yoritishga yoki mashq va mashg’ulotlar yechishga mo’ljallangan nashr qanday o’quv adabiyoti? (130), (43)
J: O’quv qo’llanma
62. Bilim deganda nima tushuniladi? (23)
J: Insonning dunyoqarashi, hodisa va voqealarga bo’lgan munosabati
63. Qaysi hujjat fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan? (40)
J: “Ta’lim to’g’risida”gi qonun
64. M.N.Shalkinning qarashlariga ko’ra ta’lim metodlarining tasnifi nechta? (25)
J: 2ta

65. Malakalar – bu…. (44), (135)

J: uzoq vaqt davomida takrorlash natijasida paydo bo’ladigan kishining anglangan ish-harakatlarni bajarishdagi avtomatlashgan usullari
66. Muammoli o’qitish kim tomonidan va qaysi davrlarda tarqala boshlandi? (64)
J: D.Dion tomonidan 20-asrning 20-yili
67. O’zbekistonda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanishga undovchi hujjatlarni ko’rsating (144)
J: “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dastur”
68. Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quv rejasi nechanchi sinfdan boshlab fakultativ mashg’ulot kiritiladi? (31)
J: 1-sinfdan
69. …. O’qituvchining ta’lim jarayonini didaktika va metodika bilimlarini qo’llash orqali tashkil etish xatti-harakatlar tushuniladi. (50)
J: Didaktik xatti-harakatlar
70. … o’quv didaktik materiallardan foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun nazariy dars va amaliy mashg’ulotlar paytida qo’llaniladigan usullar majmuidir. (47)
J: O’qitish metodikasi
71. …. Bu kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo’yicha oliy va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshirishga imkon beradi (105)
J: Universitet
72. O‘zbekiston Respublikasida hozirgi kunda uzluksiz ta’limning qanday bosqichlari qabul qilingan? (41), (122)
J: Maktabgacha, boshlang’ich, umumiy o’rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy, oliy ta’limdan keyingi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, maktabdan tashqari
73. Darsning an’anaviy metodlarini ko‘rsating
J: Aralash darslar, bilimlarni mustahkamlash va takrorlash darslari, bilimlarni umumlashtirish darslari,
74. Ta’lim berish jarayonida o‘quvchilarni bilish jarayonining boshqarish nimadan iborat? (71)
J: Ta’lim jarayonida o‘quvchilar jamoasida o‘quvchilarning o‘zaro munosabatini tashkil etish, o‘quvchi shaxsini shakllantirishini boshqarish
75. “Ta’lim” to‘g‘risidagi qonun qachon qabul qilingan? (146)
J: 1997

76. Ta’lim berish metodlari o‘qitishda o‘quvchining harakatlar tavsifiga ko‘ra turlari qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan? (53)

J: Aktiv (laboratoriya, kitob bilan ishlash) passiv (ma’ruza, tushuntirish, suhbat) metodlari
77. … bu yetarli darajada akademik darajaga ega bo‘lgan shaxslarni o‘qitishda foydali mustaqil ishlar bir turi (108)
J: Ma’ruza
78. Topshiriqlar talabaning qaysi turdagi o‘quv faoliyati uchun tuziladi?
J: Joriy

79. …. ma’lum o‘quv materialini o‘tishda qo‘llanayotgan asosiy o‘qitish metodi bilan birga ikkinchi bir o‘qitish metodining ayrim elementlardan foydalanib ish ko‘rishdir. (59)

J: usul

80. Pedagogik ta’lim jarayonlari zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etilsa …. ? (5)

J: Barcha javoblar to‘g‘ri
81. …. aniq mutaxassislik bo‘yicha oliy kasbiy ta’lim bo‘lib, bakalavrlik negizida kamida 2 yil davom etadi. Undagi taxsil yakuniy kvalifikatsion davlat attestatsiyasi va magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish bilan nihoyasiga yetkaziladi. (102)
J: magistratura
82. Maktabgacha, umumiy o‘rta, uch yillik (akademik litsey, kasb-hunar), hamda oliy ta’lim tizimining asosiy me’yoriy-huquqiy hujjati bu ….? (22)
J: Davlat ta’lim standartlari
83. Umumiy o‘rta ta’lim davlat standartini joriy etish nechta usul yordamida amalga oshiriladi? (33)
J: 5ta

84. Individuallashtirilgan o‘qitishning afzalliklari? (63)

J: Pedagogik jarayonning talabalar qobiliyatiga moslashuvchanligi, zaruriy shartlar kiritish natijasida optimal pedagogik jarayonni tashkil etish
85. Ta’lim jarayoni mazmuni nimalardan iborat? (99)
J: Bilim, ko‘nikma va malaka
86. Bilim olish huquqi “Ta’lim” to‘g‘risidagi qonunning nechanchi moddasida keltirilgan? (107)
J: 4-moddasida
87. Kadrlarni tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bosqichlari necha bosqichdan iborat, qaysi yillar? (100)
J: 1997-2001y, 2001-2005y, 2005y dan keyingi yillar
88. …. bu bilimlarning bitta sohasi doirasida aniq yo‘nalishlar bo‘yicha oliy va qoidaga ko‘ra oliy o‘quv yurtidan keyin ta’lim dasturlarini amalga oshiradi. (106)
J: Institut
89. Magistratura talabasining bitiruv ishi nima? (125)
J: Magistrlik dissertatsiyasi
90. …. ta’lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir. (76)
J: ma’lumot
91. O‘quvchiga “pedagogik ta’sir ko‘rsatish” deganda tushuniladigan g‘oyani belgilang? (6)
J: Tarbiyalanuvchiga ongli intizom va mustaqil fikr yuritish
92. Ta’lim berish metodlari bilim manbaiga ko‘ra turlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? (52)
J: Og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy metodlar
93. … bu umumiy tasdiqlardan xususiy tasdiqlarga o‘tish. (94)
J: Deduksiya
94. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’rifi bo‘yicha ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlarimizning asosiy sharti hamda mezoni….? (21)
J: Yosh avlodning qalbi va ongini asrash, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash
95. Yangi bilimlarni bayon qilish nechta holatda amalga oshiriladi? (29)
J: 1ta

96. … shaxsni muayyan shaklda shakllantirish, qaror toptirish maqsadida turli odamlarning bir-biriga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy munosabati (84)

J: Tarbiya
97. O‘qitishning eng oxirgi oliy pog‘onasi qaysi o‘qitish hisoblanadi? (82)
J: Individual o‘qitish
98. O‘quv maqsadlari klasifikatsiyasini ko‘rsating. (145)
J: Hammasi
99. … bu o‘zaro bog‘liq fanlar muayyan majmui asosida hisoblanadigan va ular bo‘yicha yakuniy nazorat bilan tugallanadigan oliy ta’lim muassasasidagi o‘quv yilining yarmi. (109)
J: O‘quv semestri
100. “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fanining asosiy vazifasi….(62)
J: O‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarida o‘qitish jarayonini olib borish shakllarini hamda o‘quv dasturlari va rejalarini tahlil qilish usullarini o‘rgatish
101. … o‘qitishning ta’lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlarimazmuni usullari, vositalari bilan kishilarni qurollantiruvchi fan. (86)
J: Pedagogika
102. “Inson kamolotida uch narsa – irsiyat, muhit, tarbiya muhim rol o‘ynaydi” degan fikrlar muallifi kim? (20)
J: Abu Nasr Forobiy
103. Pedagogik texnologiyaning bosh vazifasi nimadan iborat? (140)
J: Ommaviy ta’lim sharoitida oddiy, o‘rtacha, pedagoglarga o‘qitishning samaradorligiga erishishni ta’minlash hisoblanadi.
104. Ta’lim jarayonini qayta ishlab chiqarishni va uning texnik jihozlanishini loyihalash, amalga oshirish, baholash tuzatishning tizimli uslubi (34)
J: Ta’lim texnologiyasi
105. Ta’lim jarayonida tushunchalarning shakllanishi bu… (70)
J: Muammoni qo‘yish va uning yechimi, taxminni shakllantirish va tekshirish
106. Ko‘rgazmali metodning nechta turi bor? (24)
J: 3ta

107. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi doimiy aloqa bo‘lmagan o‘quv jarayonini tashkil etish shakli (132)

J: Masofaviy o‘qish
108. “Avesto”da bolalarni o‘qitish va tarbiyalash qoidalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. (13)
J: Yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi amallarga ishonish
109. … o‘quvchilarning yangi muammoni hal qilishdagi mustaqil izlanishi va ijodiy faoliyatini tashkil etish usuli. (61)
J: Tadqiqot metodi
110. Oliy ta’lim yo‘nalishlardan biri bo‘yicha fundamental bilimlar beradigan tayanch oliy ta’lim? (128)
J: Bakalavriat
111. Pedagogik jarayonning vazifasi nimalardan iborat? (8)
J: Bilim, ko‘nikma, malaka hosil qilish
112. Ta’limning har bir oliy bosqich darajalarning mazmunini aniqlashda avvalgi bosqichda o‘zlashtirilgan bilimlar hisobga olingan bosqich? (35)
J: Ta’limning uzluksizligi
113. … deganda ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan ko‘rgazmali qurollar va texnik vositalarda ko‘p darajada bog‘liq bo‘lgan o‘quv materialini o‘zlashtirish shakllari tushuniladi. (56)
J: Ko‘rgazmali metodlar
114. O‘qitishga 3 xil yondashishni sanab o‘ting (46)
J: Tushuntirish – illutsiratsiyali yondashuv, pedagogik texnologiya, izlanuvchi yondashuv
115. … malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiquvchi (113)
J: Fan

116. … tizimi tuzilmasi va uni faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi. (112)

J: Uzluksiz ta’lim
117. O‘qituvchilar uchun yordam sifatida aniq kurs bo‘yicha o‘quv materialining namunali rejalashtirish metodik nashri (117)
J: Metodik tavsiyalar
118. Kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim darajasiga bo‘lgan talablarni, davlat ta’lim standarlari bajarilishini kim ta’minlaydi? (134)
J: Oliy ta’lim muassasasi
119. Qanday vositalar yordamida o‘qitish maqsadlari amalga oshiriladi? (119)
J: Didaktik vositalar
120. O‘qituvchi atamasiga berilgan ta’rifning qaysi biri mukammal? (3)
J: O‘qituvchi – murabbiy, ustoz

Ishontirish - o‘quvchilarga xatti-harakatlarning to‘g`riligi va zarurligini, shuningdek, ayrim xulq-atvorlarning noto‘g`riligini tushuntirish va isbotlashdir. Ishontirish jarayonida o‘quvchilarda yangi bilim, ko‘nikma, malaka hamda axloqiy sifatlar shakllantiriladi. Bular esa o‘quvchilar va ularning atrofidagilar uchun me’yor (mezon) bo‘lib xizmat qiladi.


O‘qituvchining har qanday tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi, oqibat natijada o‘quvchi ruhiyatiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatishga, ya’ni o‘quvchilarda ijobiy hissiyotlarni: xulq-atvor, munosabatlar, xatti-harakatlarni shakllantirish va mustahkamlashga yo‘nalgan bo‘ladi. Lekin ishontirish va uqtirishning texnologik mexanizmlari turlichadir.
O‘sib borayotgan yoshlar ijtimoiy muhit va tabiat bilan ham o‘zaro ta’sirlanadilar. Bu o‘zaro ta’sir natijasida ularda ishonch, yangi bilimlar va munosabatlar, axloqiy me’yorlar majmui vujudga keladi.
Ishontirish haqiqiy va soxta bo‘lishi mumkin. Haqiqiy ishonch real voqelikka mos keladi va shaxsning jamiyat oldidagi qadr-qimmatini oshiradi. O‘zining haqiqiy ishonchiga sodiq bo‘lishi uchun kishi hatto o‘limiga ham rozi bo‘ladi. Masalan, Vatanga sodiqlik ruhida tarbiyalangan askarlarimizning jang maydonida ko‘rsatgan matonatlari.
Soxta ishonch esa, avvalo sinf jamoasi, qolaversa, jamiyat uchun zararli bo‘lgan odatlarning shakllanishiga olib keladi. Soxta ishonch o‘quvchilarning o‘zi va atrofidagilar ta’sirining umumlashuvi natijasida vujudga keladi.
Ayrim o‘quvchilarda soxta ishonch hosil bo‘lishining sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  1. faqat a’lo bahoga o‘qish - bu bilim olishda ko‘r-ko‘ronalik, quruq yodlashga olib boradi;

  2. o‘zini o‘ta itoatkorona tutish - bu o‘quvchi faoliyatini nihoyatda past bo‘lishiga olib keladi. Me’yordagi o‘quvchi o‘qituvchidan ba’zan tanbeh olib turishi kerak;

  3. o‘qituvchini aldash-bu o‘quvchini o‘ta aqlli va topqirligidan dalolat beradi;

  4. maktab ichki tartib-qoidasini buzish faqat kuchli xarakterga ega bo‘lgan o‘quvchigagina xos bo‘lib, u o‘qituvchi tomonidan tanqid qilib turiladi;

  5. haddan tashqari ko‘p mehnat qilish - bu kerak bo‘lmagan tirishqoqlikdir.

Yuqorida keltirilgan ishonchning bunday turi o‘quvchida shakllanib, asta-sekin boqimandalik, o‘qish va mehnat faoliyatida sustkashlik kayfiyatini sodir qiladi.
Soxta ishonchni bartaraf qilish uchun o‘qituvchi quyidagi uch yo‘nalishda ish olib borishi kerak:

  1. Sinf jamoasida sog`lom ijtimoiy fikrni shakllantirish.

  2. Muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxsiy hayotiy tajriba yaratish.

  3. Soxta ishonchni asosiy tarzda inkor qilish.

Soxta ishonchni o‘zgartirishning quyidagi usullari mavjud:

    1. o‘quvchini o‘zini boshqalar bilan taqqoslashga undash. Uning fikriga qarama-qarshi fikrda bo‘lgan kishi bilan yaqindan tanishish (masalan, bola o‘qishni xohlamaydi, lekin uning tanish o‘rtog`i ko‘p o‘qiydi va biladi, ammo o‘zining “quruq yodlovchi” yoki “o‘ta bilimdon” qilib ko‘rsatmaydi);

    2. noto‘g`ri qarashlar va ishonch oqibatda nimalarga olib kelishini ko‘rsatish (masalan, ana shunday xislatlarga ega bo‘lib, o‘z hayotini barbod qilgan, o‘z erki, g`ururi va vijdonini yo‘qotgan kishilar haqida so‘zlab berish. Buning uchun hayotiy misollar, badiiy asarlar, kinofilmlar va boshqalardan foydalanish mumkin);

    3. soxta ishonchni yoqlab, himoya qiluvchi o‘quvchi fikrini mantiqiy rivojlantirib, uni hayratga soluvchi holatga yetkazish. Masalan, barcha o‘quvchilar o‘qituvchilarni aldash, ichki tartib-qoidalarga rioya qilmaslik nimalarga olib borishi mumkin).

Ishontirishning biron tashkil etuvchisiga amal qilmaslik ham tarbiyaviy ish samaradorligini pasaytirib yuboradi. Bunday holatda o‘quvchida faqat bilish shakllangan xolos. Inson o‘zini qanday tutishi lozimligini bilishi, aynan shunday tutishi lozimligini tushunishi, lekin o‘zini bunga majbur qilolmasligi mumkin.
Demak, bu uning irodaviy sifatlari rivojlanmaganligini, xulq-atvor qoidalariga amal qilish malakasi tarkib topmaganligini anglatadi.
Ishontirish bilimlar, qarashlar va xulq-atvor me’yorlari tizimi bo‘lib qolmay, balki ularni shakllantirish usullari hamdir. Ishontirish yordamida yangi qarashlar, munosabatlar shakllanadi yoki noto‘g`ri fikrlar o‘zgaradi.
Munozara, tortishuv, suhbat, o‘qituvchi hikoyasi va uning shaxsiy ibrat namunasi ishontirish shakllari bo‘lib hisoblanadi. Ishontirish o‘quvchilarga ta’sir etish metodi sifatida yuqori samara berishi uchun u quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  1. ishontirishning shakli va mazmuni, o‘quvchilar yosh davriga mos bo‘lishi lozim (kichik maktab yoshida ertak, rivoyat va fantastik hikoyalar misolida, so‘ngra esa borliq dunyoni o‘rganish inson ma’naviy dunyosini o‘rganish);

  2. ishontirish o‘quvchilarning individual xususiyatlariga mos bo‘lishi lozim. Buning uchun o‘quvchining haqiqiy hayot tarzini o‘rganish zarur;

  3. ishontirish umumiy tarzdagi qoida va printsiplardan tashqari aniq dalil va misollarni ham o‘z ichiga olishi zarur (o‘qitishdan ko‘rgazmalilikka e’tibor berish);

  4. ishontirish jarayonida ba’zi holatlarda barcha bir xil xabardor bo‘lgan dalil va xulq-atvorni muhokama qilishga to‘g`ri keladi. Bu, o‘z navbatida dalilning haqqoniyligi to‘g`risidagi ikkilanishlarni yo‘qqa chiqarishga va umumiy to‘g`ri xulosa chiqarishga yordam beradi;

  5. boshqalarni ishontirar ekan, o‘qituvchi o‘z fikriga qat’iy ishonishi zarur.

Ishontirish jarayonini tashkil etishda o‘quvchi ruhiy qiyofasining o‘ziga xosligini e’tiborga olish lozim. Buning uchun pedagog o‘quvchi oliy asab tizimining tipini, uning ta’lim-tarbiya va kamolotining rivojlanish doirasini bilishi zarur. Masalan: bola kuchli muvozanatlashgan (sangvinik) asab tizimi tipiga ega bo‘lsin. Unda tormozlanish jarayoniga nisbatan qo‘zg`alish jarayoni kuchliroq bo‘ladi. Bu holda o‘qituvchi ishontirish jarayonini o‘quvchi asab tizimini ortiqcha qo‘zg`alishiga yo‘l qo‘ymaydigan, qo‘shimcha hissiyot sodir qilmaydigan tarzda olib borishi kerak.
Fikr, sezgi va irodaviy xislatlar bir butun yaxlitlikni tashkil etgandagina, ishontirish metodi haqiqiy harakatlantiruchi kuchga aylanishi mumkin. Bu metodni qo‘llashda ishontirish tarkibi bilish, sezgi, hissiyot, xulq-atvorga amal qilish maqsadga muvofiq.
Ishontirish natijasi o‘qituvchining so‘z mulkiga ham bog`liqdir. Pedagogning so‘zi va ishi ham bir bo‘lishi kerak. So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazish o‘qituvchining madaniy saviya­sida va o‘quvchi muloqotida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki inson­ning “aql-zakovati, fikr-tuyg‘ulari, bilimi va madaniyat saviyasi, tafak­kuri ma’lum darajada so‘zda ifoda etiladi. Muomala madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi” (Aziz Yunusov). So‘z bilan og‘zaki ta’­sir o‘tkazishni amalda o‘z pedagogik faoliyatida qo‘llovchi o‘qituvchi o‘z hissiyotlarini, ijodiy ta’sirlanishini boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi va o‘z his-tuyg‘ularini faqat ta’lim–tarbiyaviy maqsadni amalga oshirish uchun ifodalashi hamda o‘quvchi qalbini noo‘rin so‘zlar bilan jarohatlab qo‘ymasligi, so‘zlarni aniq ifodalashda pedagogik takt norma­laridan chiqib ketmasligi lozim. So‘z qudrati haqida R.Dekartning quyidagi fikrlari o‘qituvchilarga ham bevosita taalluqlidir: “So‘zlarning ma’nolarini, qudratini odamlarga aniq ifodalab tushuntirib bering, shunda siz insoniyat olamini barcha anglashilmovchiliklarning yarmi­dan xalos qilgan bo‘lasiz”.
O‘qituvchining imo-ishoralari va yuz harakatlari so‘z bilan og‘zaki ta’sir qilishni kuchaytiradi. Yuz harakatlari va imo-ishoralar nutqda ovozning baland-pastligi bilan mos kelishi kerak. Ogohlantiruvchi so‘zlar, notiqlik san’ati asosida ta’sir etish, vazifani ijro etishga undovchi buyruqlar, ta’qiqlangan iboralarni ishlatmaslik, hazil orqali fikrini anglatish, o‘quvchining erkin mulohazalarini ma’qullash yoki nojo‘ya harakatlari uchun ayblash so‘zning og‘zaki ta’sir etuvchi komponentlaridir. So‘z bilan imo-ishoraning va yuz harakatlarining birligi ma’lum qilinayotgan axborot hajmdorligi va ta’sirchanligini kuchaytirishi lozim. Har qanday sharoitda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan sinfda uchrashishga maxsus hozirlik ko‘rishi lozim.
Ishontirish metodini qayta tarbiyalash, ya’ni qarash va munosabatlarni shakllantirishda qo‘llash, u yoki bu xislatlarni namoyish qilish zarur bo‘lgan maxsus vaziyatlar yaratish orqali amalga oshirilishi ham mumkin. Tasodifiy vaziyatlar quyidagi yo‘llar bilan yaratiladi: darsda o‘quvchiga kutilmagan savol berish, darsdan tashqaridagi noto‘g`ri xatti-harakatiga iqror bo‘lishiga majbur qilish, o‘yinda esa harakat qilishga undash. Maktab hayotida tasdiqlanganidek, ba’zan o‘quvchi o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga sharoit bo‘lmagani uchun ham tarbiyasi og`irlar qatoriga qo‘shilib qolar ekan. Undan darsda onda-sonda so‘rashadi: o‘qituvchi uning bilimiga ishonmaydi, dars paytida unga e’tibor berishga vaqtdan qizg`anadi. Agar o‘quvchiga tez-tez murojaat qilinsa, unga o‘z fikrini bayon qilish taklif etilsa, uning xulqida shakllanib qolgan stereotiplar asta-sekin o‘zgara boshlaydi.
Uqtirish – kishilarning muloqot faoliyati jarayonida o‘zaro ta’sir etishlari vositalaridan biridir. Uqtirishning o‘ziga xosligi, inson ruhiyatiga uning o‘ziga sezdirmasdan ta’sir etishi, shaxs psixikasi, tarkibiy tuzilishiga beixtiyor kirib borish va kundalik hayotdagi qiliqlar, intilishlar, motivlar va yo‘l- yo‘riqlarda aks etishidir.
Har qanday pedagogik ta’sir etishda uqtirish elementi mavjud bo‘ladi. To‘g`ri tashkil etilgan uqtirish o‘quvchilarning ongli ravishdagi faolligini oshirishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
So‘z yordamida o‘quvchida tetiklik yoki qo‘rquv, xursandlik yoki xafalik, o‘ziga ishonch va ishonmaslik, qiziquvchanlik yoki zerikish, boshqalarga ishonish yoki ulardan hadiksirash kabi sezgilarni vujudga keltirish mumkin. O‘qituvchining yomon kayfiyati to‘lqin kabi bir zumda o‘quvchilarni qamrab olishini ham faqat uqtirish bilangina tushunish mumkin. Yoki asabiylashgan xarakterga ega bo‘lgan guruh rahbari tez orada asabiy holat guruhda muloqot me’yoriga aylanib qolganligidan taajjublanadi.
O‘qituvchi tarbiyachi sifatida tarbiyalanuvchi o‘quvchilarni o‘zi uchun hamisha tarbiya obyekti deb hisoblashi kerak. Biroq tarbiya­lanuvchi o‘qituvchi-tarbiyachi bilan erkin va ongli munosabatda bo‘lish­ga erishsagina, tarbiyaviy munosabatlar samarali xarakter kasb etadi. Tarbiyaviy faoliyatning kommunikativ munosabatlar jarayonida o‘ziga xos qator qoidalari ham mavjud bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchilarga peda­gogik ta’sir ko‘rsatishda ushbu qoidalarni mukammal bilishi lozim.

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish