Konflikt strukturasi quyidagilarga bo‘linadi:
obyekt (predmet spora);
subyekt (otdelniye individi, gruppi, organizatsii);
konflikt kechadigan sharoit yoki vaziyat;
konflikt masshtabi (mejlichnostniy, lokalniy, regionalniy, globalniy);
tomonlar harkatidagi strategiya va taktika (povedeniya storon);
konfliktli vaziyat xulosasi (asoartlari, natijasi, tomonlarning va tomonlarning xulosasi, ix osoznaniye).
Har qanday konflikt murakkab dinamik jarayon bo‘lib, u quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
predmetli jarayon — konfliktning obyektiv sabablarini yuzaga kelishi
konfliktli o‘zaro ta’sir — insident (nedoruzemeniye, stolnoveniye) ili rivojlanuvchi konflikt
konflikt yechimi (to‘liq yoki qisman). Konflikt, o‘z tabiatidan qat’iy nazar, qator vazifalarni bajaradi. Ular orasida quyidagilar muhim hisoblanadi:
dialektik vazi falar — nizoli o‘zaro ta’sirning sabablarini ochishga yordam beradi;
konstruktiv vazifalar — konflikt yuzaga keltirgan bosim maqsadga erishishga yo‘naltirilishi mumkin;
destruktiv vazifalar — muammoni hal bo‘lishiga to‘sqinlik qiladigan o‘zaro munosabatlarning shaxsiy va emotsional jihatlarida namoyon bo‘ladi.
Konfliktni boshqarishni 2 aspektda ko‘rish mumkin: ichki va tashqi. Ichki boshqaruv – bu konfliktli vaziyatda o‘z xulqini, xatti-harakatini boshqarish. Tashqi aspektida boshqaruv subyekti sifatida rahbar (menedjer, lider i t. p.) chiqishi mumkin.
Konfliktni boshqarish — bu konflikt aloqador bo‘lgan ijtimoiy tizimni rivojlantirish yoki barbod qilish maqsadida dinamikasiga obyektiv qonunlarga asoslangan va maqsadga muvofiq ta’sir etish jarayoni. .
Ziddiyatdan chiqib ketish uchun qilinadigan eng birinchi qadam har doim mana shu ziddiyatni keltirib chiqargan manfaatlarni o‘zaro muvofiqlashtirish mumkinligiga bo‘lgan ishonch va harakatdan boshlanadi. Manfaatlarni o‘zaro yaqinlashtirish va muvofiqlashtirish ziddiyatni yengishning eshigini ochishdir. Demak, konfliktning ikki tomoni mavjud. Konflikt kelib chiqqanidayoq, mana shu uning mavjud ikki tomoni ham vujudga keladi. Bir tomon - ziddiyatni kuchaytirish, ikkinchi tomon – ziddiyatni pasaytirish. Bir tomon – ziddiyatni buzg‘unchilikka olib kelish, ikkinchi tomon – ziddiyatni murosaga, yaratuvchanlikka va osoyishtalikka olib kelishdir. Konflikt faqat bir tomondan iborat bo‘la olmaydi. Konfliktda, uning qanchalik murakkab bo‘lishiga qaramay, har vaqt ikki tomon – buzg‘unchilik va yaratuvchanlik mavjud bo‘ladi.
Shu bois, konfliklarning murakkab xususiyatlari ularda vayron etish va yaratuvchanlik, zo‘ravonlik va hamkorlik qirralarining ham mavjudligini ko‘rsatadi.
Konfliktning kelib chiqishi va ishtirokchilariga ko‘ra turlari: shaxslararo, millatlararo, xalqaro, guruhlararo, dinlararo.
Do'stlaringiz bilan baham: |