NENTALARNI ANIQLANISHI. TIZIMLI PLATANI O‘RNATISH.
Reja:
Tizimli platalar
Tizimli platani o’rnatish
Xotiraning bir xil turdagi va hajmdagi modullari juft-juft qilinib, bir xil rangdagi slotlarga o‘rnatilishi kerak. Bunda plataga DDR xotirasining 4ta modulini yoki DDR2 tipli xotiraning 2ta modulini o‘rnatish mumkin. Turli tipdagi xotiraning bir vaqtning o‘zida ishlashi qo‘llab-quvvatlanmaydi (Chunonchi, boshqa istalgan shunday tizimli platalarda ham xuddi shunday holat ro‘y beradi).
Bevosita operativ xotira slotlari ostida (chapda) to‘plov-chilar uchun IDE ajratish posti va iste’mol blokidan Tizimli plataga tok yuboradigan sim uchun ulanish joyi joylashtirilgan.
Pentium - 4 zamonaviy protsessorlari uchun qo‘shimcha elektr toki talab qilinishi sababli plataning o‘ng tomondagi yuqori burchagida iste’mol blokiga ulanish uchun tegishli ulanish joyi ko‘zda tutilgan.
"Janubiy ko‘prik" mikrosxemasi ostida qattiq disklar ulanuvchi to‘rtta Serial ATA ajratish joyini ko‘rish mumkin. ICH6R chipi tufayli vinchesterlardan disk osti tizimining ishini tezlashtiruvchi yoki ma’lumotlarni saqlashning ishonchliligini oshiruvchi RAID massivlarini tuzish mumkin.
"Janubiy ko‘prik"dan chapda vinchesterlar yoki an’anaviy ATA parallel shina bo‘yicha optik to‘plovchilarni ulash uchun yana bitta IDE ajratish joyi joylashgan.
Kirish-chiqish baza tizimining bir nomdagi dasturi saqla-nishi uchun javob beruvchi BIOS mikrosxemasi, shuningdek, bu mikrosxemani tok bilan ta’minlovchi batareyka.
Floppi-diskyurutuvchini ulash uchun ishlatiladigan ajratish joyi plataning chap chekkasida joylashgan. Garchi hozir disketlardan kamdan-kam odam foydalanayotgan bo‘lsada, tizimli platalarni ishlab chiqaruvchilarning ko‘pchiligi
bu o‘tmish qoldig‘idan voz kechishga shoshilishmayaptilar. Aftidan, ular bu platalarni boshqa zamonaviyroq vositalar bilan qo‘shib ishlatish mumkinligini hisobga olayotgan bo‘lsalar kerak. Biroq Apple kompyuterlariga floppi-disk yurutuvchilari bir necha yillardan beri qo‘yilmay kelayapti.
Tizimli plataning yuqori chap qismida kengaytirish platalarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan slotlar joylashgan. Chap chekkadagi ikkita kichik slot
- bu PCI Exspress x 1 (o‘tkazishning nazariy yo‘lkasi - 250 Mbayt/s.gacha) interfeysli platalar uchun ajratish joylaridir. Bunday
platalar amalda hozir bozorda yo‘q, lekin istiqbolda ishlab chiqaruvchilar odatdagi PCI lardan voz kechib, faqat mutlaqo yangi interfeysli kartochkalar chiqarishga o‘tishni mo‘ljallaganlar. Undan so‘ng uchta PCI sloti keladi, qora rang bilan esa videokartalarni o‘rnatish uchun ishlatiladigan PCI Express x 16 (o‘tkazishning nazariy yo‘lkasi - 4000 Mbayt/s.gacha) sloti ajratib ko‘rsatilgan.
Bu uncha katta bo‘lmagan mikrosxema tezkor, simli tarmoqlarga ulanish imkonini beruvchi gegabit tarmoqli nazoratchi.
Bu chip C-Media kompaniyasi ishlab chiqargan sakkiz kanalli tovushli kodek.
Bu mikrosxema - IEEE 1394 (Fire Wire) nazoratchi.
O‘ng tomondagi yuqori qismga turli xil ulanish joylari payvandlangan. Ular tizimli blokka plata o‘rnatilganidan keyin uning orqa devoriga chiqariladilar.
Ularni batafsilroq ko‘rib chiqamiz. Chap tomonda ustma-ust qilib sichqoncha va klaviaturani ulash uchun ikkita PS/2 porti joylashtirilgan. Undan so‘ng parallel port, S/PDIF raqamli audiointerfeys, monitorni ulash uchun VGA (15 kontaktli D- Sub ulanish joyi) analogli videochiqish, IEEE 1394 yoku Fire Wire (yuqorida) porti, ikkita USB 2.0 porti, tarmoq porti, yana ikkita USB 2.0 porti va, nihoyat, o‘rnatilgan ovoz nazoratchisidan oltita audioport keladi.
Umid qilamizki, bizning rasm orqali yoritilgan misolimiz sizga Tizimli platalar olamida mo‘ljalni faqat qutilar ustidagi ko‘pchilik hollarda xatolarga yo‘l qo‘yiladigan yozuvlarga qarab olmaslikka yordam beradi. Bundan tashqari, ulanish joylarning tashqi ko‘rinishini va ularning taxminiy joylashuvini (u turli xil mantiqiy to‘plamlardan tuzilgan platalarda bir-biridan jiddiy farq qiladi) ko‘rish yangi jihozni o‘rnatish vazifasini osonlashtiradi. Yangi butlovchi qismlarni o‘rnatganda diqqat va extiyotkorlik zarur: agar ajratish joyiga shteker yoki kengaytirish kartasi joylashmasa, bu mos kelmaydigan joy.
Nazorat savollari:
Floppi-diskyurutuvchi?
SHinalar?
Do'stlaringiz bilan baham: |