Mavzu: Alisher Navoiy ijodida insonparvarlik g’oyalarining talqini.
Maqsad:
1. O’quvchilarga Alisher Navoiy ijodida insonparvarlik g’oyalari haqida bilim berish.
2. Mumtoz dostonni o’qish va uqish ko’nikmalarini shakllantirish, badiiy haqiqatlarni hayotiy voqelikka bog’lay olish malakalarini o’stirish.
3. Bolalarni ajdodlar xotirasiga hurmat, adolat va haqiqat mezonlari hamda milliy davlatchiligimiz an’analri asosida, halollik, jasorat, mustahkam iroda va sadoqat ruhida tarbiyalash.
Darsning metodi: suhbat, mustaqillik.
Darsning jihozi: shoir ijodida insonparvarlik, mehnatsevarlik, odob – axloq singdirilgan g’oya va g’azallar.
Darsni o’qituvchi kirish so’zi bilan boshlaydi: O’zbek adabiyotining asoschisi, shoir, olim, ma’rifatparvar, faylasuf, musiqashunos, davlat arbobi Nizomiddin Alisher Navoiy Hirotda tug’ilib shu yerda yashab ulga’ydi. U turk va fors tillarida ijod qilgan. Navoiy o’ttizga yaqin she’rlar to’plami, yirik – yirik dostonlar va risolalarning muallifidir. Uning besh dostondan iborat “Hamsa” si butun dunyoga mashhurdir. “Hayrat ul – abror” (1483), “Farhod va Shirin” (1484), “Layli va Majnun” (1484), “Sab’ai sayyor” (1484), “Saddi Iskandariy” (1485). Uning qalamiga doir “Xazoyin ul – maoniy” (1491 – 1498), “Badoyi ul – bidoye” (1500), “Muhokamat ul – lug’atayn” (1499) kabi asarlar mavzud.
Hurmatli o’quvchilar sizlarga vatanparvarlik, odob – axloq va mehnat haqida aytgan bitiklarini topib kelish topshirilgan edi, marhamat:
— Alisher Navoiy barcha asarlarida feodallar yuritayotgan kuch va hukmronlikni tanqid qiladi. Uning fikricha mamlakatda ma’rifatchilik, insonparvarlik va adolatlilik hukm surishi zarur. Uning she’riy to’plamlari va boshqa asarlarida ta’lim – tarbiya masalalariga ham alohida o’rin berilgan.
— Ko’ngli bo’lib maskani mavoi ilm,
Qatra kabi paykari daryoi ilm.
Ilmni kim vositai joh etar,
O’zini – yu xalqni gumroh etar.
— Navoiy ta’kidlashicha, yer kurrasida yashayotgan barcha insonlar millatidan qat’i nazar tengdir. U insonlar mazmunini faqat tashkil etadi, deydi.
— Hunarni asrabon netkumdur oxir
Olib tuproqqamu ketgumdur oxir?…
Hunar mundog’ chu zohir qildiki ko’p,
Tushub ul tog’ aro el ichra oshub.
— A. Navoiy bola tarbiyasiga va uni shaxs sifatida shakllantirishga katta ahamiyat berib, bolani hayot “chirog’i» deb ta’riflaydi. Bola oilaga baxt va saodat keltiruvchi riyodir.
— Shoir bolalarga kichik yoshidanoq bilim, ma’lumot va tarbiya berishlikni ko’rsatib, o’g’il – qizlarni 6 yoshdan tarbiyachiga — mualimga berish lozimligini aytadi. Ana shu yoshlar ilk yoshidanoq fanlarni va hunarlarni egallab olmoqligi lozimligini ta’kidlaydi.
— Tif uchun ko’proq emasdur adab,
Pirlar ul ishni demasdur adab
Birisi qo’ymoqlik erur yaxshi ot,
Kim desalar yetmagan andin uyat.
Qilmoq erur biri muallik talab,
Qilgali ta’lim anga ilmu adab
— Shoir, eng avvalo, har bir kishi o’z xalqining tarixini bilishi shartligiga ahamiyat berib, uni chuqurroq o’rganishga da’vat etadi. Buyuk shoir har bir xalqning tarixi mamlakatni xarob ahvolga solgan nima – yu, uning ravnaq topishga imkon bergan nima, shuni ko’rsatib bermog’i lozim, deydi.
Chu din ilmiga komil bo’ldi ro’ying,
Hal etdi xotiri mushkul kushoying….
Va gar hikmatka bo’lsa iltifoting,
Ki bo’lsin nuh amricha hayoting
— Alisher Navoiy pedagog – mudarris. U ta’lim – tarbiya masalalariga alohida e’tibor berarkan, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarini ko’rsatdi. U ta’limga ilmiylik, asoslanganlik, tarixiylik kabi talablarni asos qilib oladi.
— O’z davridagi musulmon maktablarining yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. U o’qituvchi haqida gapirar ekan, muallim o’z shogirdlarini ham, o’zi ta’lim berayotgan fanini ham sevgan bo’lishi zarur, deydi
— O’ziga ham, o’quvchiga ham talabchan bo’lishni uqtiradi. Navoiy o’qituvchini jamiyatning obro’li va hurmatga loyiq inson deb bilib, shogirdlar muallimni Vatandek hurmat qilishlarini, e’zozlashlarini uqtiradi. Uning asarlarida axloqiy va mehnat tarbiyasiga doir qarashlari asosiy dinni tashkil etadi.
Oltin kumush etma kasb davlat kunidin
Kim tortar adab ulusni mehnat tunidin
Gar yo’qdur adab, ne sud oltin undin
Endi bobokalonimizning “Qanoat to’g’risida” yozganlari bilan sizlarni tanishtirmoqchimiz
— Qanoat buloqdir – suvi olgan bilan qurimaydi, ekinzordir urug’i izzat va shavkat mevasi beradi, daraxtdir – shoxi tortinchoqli va hurmat mevasi yetkazadi
— Nafs uyiga sabr ila imorat angla
Besabrligin sabr ila imorat angla
Ish sabr sori anga ishorat angla
Sabrni zafar sari bashorat angla
— Kimki qanoatga odatlansa, shoh va gadoy bordi – keldisidin ozod bo’ladi……. Qanoat qo’rg’ondir, u yerga kirsang nafs yomonligidan qutularsan, tog’likdir – u yerga chiqsang dushman va do’stga qaramlikdan xalos bo’larsan, tubanlashishdir – natijasi yuksaklik, zoriqishlikdir foydasi ehtiyotsizlik urug’ining mevasi farovonlik……
— Har kimning agar qanoatga nisbati bo’lsa
Barcha kishilar o’rtasida izzatli va hurmatli bo’lur
Kimniki taman xir bilan ulfati bo’lsa
Yaxshi – yomon oldida xor bo’lur va naxs ko’rinur
Do'stlaringiz bilan baham: |