Professiogrammada muhim hislatlarning borgan sari birmuncha ortib borishini hisobga olgan holda o‘qituvchining quyidagi hislatlari ko‘rsatib berilishi lozim:
O‘qituvchining shaxsiy hislatlari:
Kasbiga xos bilimi:
O‘z kasbiga xos hislatlari:
Shaxsiy pedagogik uddaburonligi
Tashkilotchilik malakalari:
Kommunikativ malakalari
Gnostik malakalari:
Ijodiy hislatlari:
Pedagogik faoliyat tezligi va muvaffaqiyati asosida N.V.Kuzmina o‘qituvchilarni uch guruhga bo‘ladi va N.V.Kuzmina pedagogik faoliyatga murakkab dinamik sistema sifatida qaraydi.
1. Kasbiy malakalarni tez o‘zlashtiradi, o‘z faoliyatida tezda muvaffaqiyatga erishadi, dars qoldirmaydi.
2. Kasbiy sifatlarni sekin o‘zlashtiradi, ba’zan dars qoldiradi, ammo pedagogik xususiyatlarni sekin-asta bo‘lsa-da o‘zlashtirib oladi.
3. Ko‘p yillik faoliyati davomida ham o‘qituvchilik qobiliyatini egallamaydi.
N.V.Kuzmina pedagogik faoliyatga murakkab dinamik sistema sifatida qaraydi.
O‘quv jamoasini boshqarishning psixologik asoslari.
Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqida shunday deydi: "Shirin so‘z ko‘ngillar uchun bamisoli asaldir."
O‘qituvchilik kasbi - axloqiy xarakterga ega bo‘lgan insonparvar kasblardan biri bo‘lib, o‘quvchilarga insoniy munosabatda bo‘lish o‘qituvchi faoliyatining asosiy tamoyili hisoblanadi. Bu o‘qituvchidan bolalarni sevish, ularni qadr-qimmatini hurmat qilish, sho‘xliklariga bardoshli bo‘lish, ularni jismoniy va axloqiy majruh etuvchi narsalarga murosasiz bo‘lishni talab etadi. Muallimning odob-axloqi, insonparvarligi – bolalarning kelajagi uchun g‘amxo‘rlik qilish, ularni hayotga ijtimoiy va mehnat faoliyatiga tayyorlashga intilishida namoyon bo‘ladi. Xushyorlik, pedagogik muomala, diqqat-e’tiborli bo‘lish, bolalarni sevish, ularga yaxshilik qilish, o‘qituvchilik burchini anglash, mas’uliyatli, talabchan va adolatli bo‘lish, bilimdonlik, halollik, rostgo‘ylik kabilar o‘qituvchiga xos kasbiy axloqiy fazilatlardir.
Bo‘lajak o‘qituvchilar o‘quv faoliyati (amaliyot, o‘quv jarayoni) davomida quyidagilarni amalga oshirmog‘i maqsadga muvofiqdir:
1) o‘qituvchi insoniyatning bugungi avlodi uchinchi ming yillikda xalqlarning mustaqillik, demokratiya, erkinlik, tinchlik, barqarorlik kabi umuminsoniy qadriyatlar ustivor bo‘lgan jamiyat qurish uchun jahon ahamiyatiga molik turmush tarzini yuzaga keltirish ehtiyoji kuchayishini o‘z o‘quvchilariga, tarbiyalanuvchilariga tushuntirishlari lozim.
2) hozirgi davrda kechayotgan jarayonlar kishilarning qadriyatlarga bo‘lgan munosabati, ishonchini o‘zgartirmokda. Ular bilan bog‘liq ehtiyojlar, talablar, qiziqishlarning ham o‘zgarib borishiga sabab bo‘lmokda. Bunday sharoitda fanlarni o‘qitishda umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatli bo‘lishini amaliy jihatdan o‘quvchilarga etkazish asosiy vazifalardan biriga aylanishi zarur.
3) umuminsoniy qadriyatlarga oid mavzularni targ‘ibot qilishda yurtimiz sivilizatsiyasi taraqqiyoti va madaniyati rivojining asosiy davrlari hamda yutuqlariga, Al Xorazmiy, Al Farobiy, Al Beruniy, Ibn Sino, Al Buxoriy, At Termiziy, YAssaviy va Naqshbandiy, Jomiy, Ulug‘bek, Navoiy, Bobur va Mashrablarning buyuk meroslariga aoslanmoq lozim. Bular O‘zbekistonda umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishida eng asosiy tarixiy manbalar bo‘lishi shubhasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |