Pedagogik etikasi



Download 14,33 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi14,33 Kb.
#598127
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word


PEDAGOGIK ETIKASI
Pedagog etikasi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi pedagog (o‘qituvchi va tarbiyachi) xodimlarning huquqlari, burchlari va vazifalari, ularni ijtimoiy himoya qilish O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Mehnat kodeksi va qonun osti me’yoriy hujjatlari bilan belgilanadi.
Akademik litsey o‘qituvchi (pedagog) xodimlari etikasi sifatida quyidagilar amal qilishi lozim:
- pedagog-o‘qituvchi o‘zi dars beradigan fanini yaxshi bilishi;
- jamoat orasida o‘z bilimi, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlari, ichki va tashqi madaniyatliligi, namunaviy turmush tarzi, kiyinish odobi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishlari, ijtimoiy hayotga zid bo‘lgan xatti-harakatlar qilishdan saqlanishlari, muassasa nufuzi, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida faollik ko‘rsatishlari;
- kasb mahoratining yuksak darajada bo‘lishi, ta’lim oluvchilarning o‘quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari darajasida o‘zlashtirishlarini ta’minlashlari;
- o‘quvchilar shaxsini hurmat qilishlari, ularni mavjud qonunlarga, mehnatga, ota-onalarga, ma’naviy, tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashlari, o‘sib-ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni bir-birini tushunish, xalqlar, millatlar va elatlar o‘rtasidagi tinchlik, ahillik va inoqlik ruhida tarbiyalashlari hamda ularni zo‘ravonlik, mahalliychilikning barcha ko‘rinishlaridan himoya qilishlari;
- o‘zlarining kasbiy mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari zarur.
Ta’lim-tarbiya ishlarida yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilar amaldagi qonun-qoidalarga binoan moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilib boriladi.
Akademik litsey pedagoglari har 5 yilda yoki ehtiyoj tug‘ilganda tegishli malaka oshirish o‘quv muassasalarida o‘z kasbiy mahoratlarini va malakalarini takomillashtiradilar.
Pedagog xodimlarning malaka toifalari malaka komissiyasi tomonidan tuzilgan va attestasiya to‘g‘risidagi tegishli Nizomga binoan o‘tkazilgan attestasiya natijalariga ko‘ra belgilanadi.
Pedagog xodimlar pedagogik kengashda, direktor huzuridagi ishlab chiqarish yig‘ilishlarida, fanlar uslubiy birlashmalarida, xodimlar jamoasining umumiy yig‘ilishlarida qatnashish yo‘li bilan akademik litseyni boshqarish jarayonida ishtirok etadilar.
Pedagog xodimlar o‘z vakolatlari doirasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar: o‘quvchilarga o‘qitilayotgan fanning o‘ziga xos xususiyatlarini va o‘quvchilarning yoshini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya berish, ularda umumiy madaniyatni shakllantirishga, o‘quvchilarning ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlarni ongli ravishda tanlashiga va o‘zlashtirishiga ko‘maklashish, o‘quv jarayonida xavfsizlik texnikasi me’yorlari va sanitariya qoidalariga rioya qilinish tartibini ta’minlaydilar.
Pedagog:
- mashg‘ulot o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radi, o‘z kasbiy malakasini muntazam ravishda oshiradi, litseyda tashkil qilingan fanlar uslubiy birlashmalarining faoliyatida, boshqa shakldagi uslubiy ishlarda va pedagogik kengash ishida ishtirok etadi;
- Akademik litsey direktori tomonidan tasdiqlangan navbatchilik jadvaliga binoan litsey bo‘yicha navbatchilik qiladi;
- o‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan doimiy aloqada bo‘ladi.
Akademik litsey tarbiyachi xodimlari:
- akademik litsey ish faoliyatining eng muhim kundalik vazifalarini muhokama qilish va hal etishda ishtirok etadilar;
- o‘z rejalari asosida mustaqil dars tayyorlash mashg‘ulotlarini tashkil etadilar va o‘tkazadilar, o‘quv-tarbiya ishlarini takomillashtirish masalalarida taklif va mulohazalar bilan chiqadilar, o‘quvchilarga xavfsizlik texnikasi va ko‘cha harakati qoidalariga rioya qilishlarini doimo tushuntirib boradilar;
- o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilar bilan muntazam shug‘ullanadilar;
- sinfdan tashqari ishlarga rahbarlik qiladilar, sinf o‘qituvchilari bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni tashkil etadilar, tarbiyaviy ishlarni yuqori darajada mahorat bilan olib boradilar, pedagoglik, insonparvarlik va kasb odobiga rioya qiladilar, o‘qituvchilar, ota-onalar va tibbiy xodimlar bilan muntazam ravishda yaqin aloqada ish olib boradilar;
- o‘quvchilar tomonidan sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilinishini muntazam nazorat qilib boradilar (shaxsiy gigiena va yotoqxona masalalarida), o‘quvchilarda ahloqiy sifatlarni, ularning o‘qishga, mehnatga, jamoat va shaxsiy mulklariga ongli munosabatda bo‘lishlarini ijobiy shakllantiradilar, o‘quvchilarning shaxsiy qobiliyatlari, qiziqishlarini o‘rganadilar va ularni mehnat, sport va badiiy-ijodiy faoliyatini rivojlantirishga qiziqtiradilar;
- o‘quvchilarning shaxsiy varaqalari va boshqa hujjatlarini belgilangan tartibda yuritadilar, belgilangan tartibda hisobotlar tayyorlaydilar.
O‘qituvchilar, tarbiyachilar va boshqa xodimlar muassasa ustavi, ichki tartib qoidalariga, “Xodimlarning odob-axloq qoidalari”ga hamda ichki tartib-qoidalarda belgilangan kiyinish madaniyati talablariga amal qilishlari lozim.
Download 14,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish