DEKANAT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BO ‘YICHA ME’YORIY HUJJATLAR
Dеkanat o'z faоliyatini "Ta’lim to`g’risida'gi qonun; Оliy va o'rta maхsus ta’lim vazirligining buyruqlari, Оliy ta’lim muassasa ustavi,
ma’muriyatning buyruqlari va tоpshiriqlari, fakultеt farmоyishlari, Оliy ta’lim muassasa va fakultеt Ilmiy Kеngashi uslubiy Kеngashi qarоrlari asоsida tashkil etadi. Dеkanat o'z faоliyatiga dоir Оliy ta’lim muassasa Kеngashi, Uquv-uslubiy Kеngashi qarоrlarini, buyruqlarini ijrо qabul qiladi va ijrоsini ta’minlaydi. Dеkanat o'z faоliyati mоbaynida Оliy ta’lim muassasa
tuzilmasiga kiradigan o'quv jarayoniga оid va bоshqa tuzilmalariga bo'ysunadi.
O'quv-uslubiy, ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ishlarga bеvоsita raхbarlik qilish, muassasa Ilmiy kеngashi, O'quv-uslubiy Kеngashi qarоrlarining bajarilishini nazоrat etish va ta’minlash: tarbiyaviy jarayon, talabalarning malakaviy ishi va nazоratni amalga оshirish; Dars jadvalini tuzishga raxbarlik qilish va uning bajarilishini nazоrat qilib bоrish, talabalar va magistrantlar davоmatini muntazam nazоrat qilish. Talabalarning fanlardan mustaqil ishlashi.
Fakultеt dеkani fakultеt Ilmiy Kеngashiga raхbarlik qiladi, kafеdralar arо yig’ilishlar, ilmiy-amaliy kоnfеrеntsiyalarni tashkil etadi, o'quv, o'quv-uslubiy, ilmiy, ilmiy-tadqiqоt va ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bеvоsita raхbarlik qiladi, talabalarga stipеndiya kоmissiyasi qarоriga asоsan stipеndiyalar bеlgilash va kursdan kursga o'tkazish хususidagi buyruqlarni tayyorlaydi va amalga oshiradi.
Fakultеtning namunaviy namеnklaturasi Dеkanatning ish faоliyati uchun quyidagi yig’ma jildlar va ularda quyidagi хujjatlar bo'lishi lоzim:
1. O'zbekiston respublikasi qonunlari, O'zbekiston respublikasi prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari
Fakultetning O'zbekiston respublikasi qonunlari, O'zbekiston respublikasi prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari nomli fayllar to'plamida O'zbekiston respublikasi prezidentining Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish bo'yicha chiqarilgan uchta qarorlari, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining buyrug'lari mavjud ekan
Prezidentimizning birinchi qarorlarida oliy ta’lim tizimidagi bo'layotgan isloxotlar keltirilib o'tilgan va bu bo'layotgan isloxotlar, ijtimoiy soxalardagi yangilanishlarda oliy ta'lim muassalariga to'siq bo'layotgan bir qator muammolar haqida bayon etilgan.
Jildda keltirilgan ikkinchi qarorda Oliy ta'lim tizimidagi bo'layotgan o'zgarishlar muxandislik, ishlab chiqarish va qurilish yo'nalishlari va iqtisosliklari bo'yicha kvota uning umumiy soniga nisbatan 23 foizdan 33,2 foizga oshganligi, oliy ta'lom tizimidagi kamchiliklar O'zbekiston respublikasining 2016-yil 8-oktabrdagi F-4724-son tashkil qilingan ishchi guruh tomonidan oliy ta'lim tizimidagi xolatni o'rganish natijalariga ko'ra bir qator oliy ta'lim muassalarida kamchiliklar aniqlangan va olit ta'lim tizimini takomillashtirish mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan xolda kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta qurish xalqaro standart darajasiga mos oliy malumotli mutaxasislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadidagi vazafalar haqida malumotlar keltirilgan
Uchunchi qaror Oliy malumotlor mutaxasislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot soxalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida malumotlar keltirilgan. Jilddagi O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining buyrug'ida Oz'bekistondagi bir qator Universitetlar va institutlarda Suniy intelekt ni rivojlantirish bo'yicha kerakli ko'rsatmalar berilgan ekan
2 .Farmoishlar
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Samarqand davlar universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti bo'yicha 11-farmoyishda fakultetda 1-yakuniy nazoratdan muvoffaqiyatli o'ta olmagan talabalar uchun ikkinchi qayta yakuniy nazoratlarni tashkil etish to'g'risida nazorat ishlari qanday tartibda, qanday grafik asosida nazorat ishlari shaffof va adolatli o'tishi haqida malumotlar kiritilgan
3 .Buyruqlar
Ushbu jildda Samarqand davlat universiteti tomonidan chiqarilgan buyrular o'rin olgan ekan
4 .Modemogrammalar
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining oliy ta'lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga yuborgan murojatnomasi mavjud ekan
5. Bakalvriat ta`lim yo`nalishlar va magistratura mutaxasisliklari DTS lari
Oliy ta`lim yo`nalishlari va mutaxasisliklari bo`yicha takomillashtirilgan DTSlari , o`quv rejalarida belgilangan fanlar bo`yicha o`quv dasturlani ishlab chiqish va tadbiq etish tartibi bo`yicha huquqiy-meyyoriy hujjatlarni o`rganib chiqdim.
O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni, 2011-yil 20-maydagi “OTM larning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora tadbirlar to`g`risida”gi qonuni,
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi hamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirliklarining 2010-yil 31-martdagi “Umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb hunar va oliy ta`limning DTSlari o`uv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini ta`minlash to`g`risida”gi 1234-sonli qo`shma buyrug`i va DTS bo`yicha bir qancha buyruqlar va qonunlar bilan tanishib chiqdim.
6 . O`quv rejalar
Men o`quv rejalari meyyoriy hujjatlarini o`rganib chiqdim. Unga ko`ra o`quv jarayonini tashkil etish bo`yicha jadval va o`quv rejasi jadvallarini o`rganib chiqdim.
2019-yil rejasi asosida 2-kurslar uchun tasdiqlangan o`quv rejasi bilan tanishib chiqdim. Unga ko`ra o`tiladigan barcha fanlar, fanlarning umumiy soatlari, olinadigan imtihonlar, ma`ruza, amaliyot, seminar, labaratoriya, kurs ishi, mustaqil ta`lim ,jami soatlar aniq qilib yozilgan ekan.
7 . Bakalvriat yo`nalishlari namunaviy fan dasturlari
Har bir oliy va o'rta maxsus ta’lim muassasida kafedra professor o'qituvchilari tomonidan o'tiladigan fanning “Fan dasturi” ishlab chiqilib u kafedra mudiri va tegishli kengash raislari muhokama qilib uni tasdiqlashadi. Fan dasturi hujjat sifatida kafedraning tegishli papkasida turishi uchun u o'quv bo'limi tomonidan ro'yhatga olinib o'quv ishlari bo'yicha prorektor tomonidan tasdiqlanishi bilan tanishib chiqdim.
8 . Magistratura mutaxassisliklari namunaviy fan dasturlari
Har bir oliy va o'rta maxsus ta’lim muassasida kafedra professor yoki fan doktorlari tomonidan o'tiladigan fanning “Fan dasturi” ishlab chiqilib u taqrizga topshiriladi va o'quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash bayonnomasida ma’qullanadi. Fan dasturi hujjat sifatida kafedraning tegishli papkasida turishi uchun u O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ro'yhatga olinib tasdiqlanishi bilan tanishib chiqdim.
Bakalavriat yo'nalishlari ishchi fan dasturlari;
Men bu papkada Amaliy matematika va informatika fakulteti “Axborotlashtirish texnologiyalari” kafedrasi Avtomatlashtirilgan ishchi oʻrinlarini yaratish tanlov fanidan ishchi oʻquv dasturini oʻrgandim. Bu fanning bilim sohasi-Gumanitar soha , ta’lim sohasi-Matematika hisoblanib, ta’lim yoʻnalishi-Amaliy matematika va informatika ekan.
Magistratura mutaхasisliklari uchun ishchi fan dasturlari;
2015-yil 5A110701-Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi boʻyicha maxsus fanlardan magistraturaga kirish sinovlari dasturi va baxolash mezoni bilan tanishdim.Undan tashqari 2018-2019 oʻquv yilida Amaliy matematika va informatika fakultetiga xujjat topshirgan magistrantlarning fanlardan olgan ballarining qiyosiy taxlilini oʻrgandim.
11. Talabalar to'g'risida malumot
Ushbu jildda Samarqand davlat universiteti Raqamli texnologiyalari fakulteti talabarining ijara turar joyi to'grisida (Maxalla kesimida) malumotlari jadval ko'rinishda keltirilgan ekan
12. Fanlar bo'yicha reyting nazoratlari natijalari
Ushbu jildda Samarqand davlat universiteti Raqamli texnologiyalar fakulteti 2018-2019 yili uchun 2 semestr dars jadvalining texnologik xaritasi keltirilgan ekan.
13.O'quv uslubiy ishlar
Fakultet uslubiy kengashi yig’ilishida har xil masalalar ko'rib chiqiladi. Kengashda ko'rib chiqilgan masalalar muhokama qilinadi va maqullanadi. Uslubiy kengash ko'rib chiqilgan masala yuzasidan qaror qabul qilinadi.
14.Fakultet kengashi
Fakultet kengashida ko'rib chiqiladigan masalalar O'qituvchilarni kelgusida qilinadigan ishlarini rejalashtirish. Fakultet talabalarini pedagogik amaliyotga borishi va samaradorligini nazorat qilishi, magistrantlarning shaxsiy kalendar ish rejasida rejalashtirilgan ilmiy pedagogik ishi va boshqa ishlarni bajarilishi bo'yicha hisoboti.
Fakultеt sifat kоmissiyasi;
Men fakultetdagi ushbu papkada Amaliy matematika va informatika fakulteti Matematik modellashtirish va kompleks dasturlash kafedrasida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha xarakat dasturini bilan tanishib chiqdim.
Ilmiy ishlar;
Amaliy matematika va informatika fakulteti “Optimal boshqaruv usullari” kafedrasi professor oʻqituvchilarning 2017-2018 oʻquv yili davomidagi faoliyati boʻyicha ilmiy hisoboti va ustozlarmiz tomonidan Xalqaro va Respublika ilmiy konferensiyalarida tezis va maqolalari mavzulari va qaysi ilmiy jurnallarda chop etilgani bilan tanishdim.
17. Ma'naviy ma'rifiy ishlar
Fakultet uchun ajratilgan bu jildda Samarqand davlat universiteti 1-3-4-son talabalar turar joylarida 2018-yil 1 -martdan 31-martgacha tashkil qilingan navbatchilik jadvali shabloni mavjuda ekan. Bu jadval 5 ta ustundan iborat bo'lib bular binolar, navbatchilar ismi va familiyasi, telefon raqami, kunlar navbatchilik boshlanish vaqti, navbatchilik tugash vaqti haqidagi malumotlardan tashkil topgan ekan.
Bundan tashqari bu jildda Samarqand davlar universiteti fakultetlarining o'quv uslubiy marifiy, ilmiy tadqiqot va tashkiliy ishlari bo'yicha taqdimoti jadvali ham bor ekan. Bu jadval fakultetlar, taqdimot sanasi va vaqti, masullar kabi 3 ta usutndan iborat ekan
18 Fakultetning xamkorlik aloqalari
Fakultetning bu fayllar jildida Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalari fakulteti dekani A.Babayarov va Samarqand shahar 21-umumiy o'rta ta'lim maktabu direktori S.M.Radjabova o'rtasida tuzilgan xamkorlik shartnomasi keltirilgan ekan va bunda Fakultet majburiyatlari ikki bo'limga bo'lingan holda O'quv-uslubiy bo'yicha va Ilmiy-tadqiqot ishlar bo'yicha keltirilgan ekan
19-Davlat attestatsiya komissiyasi(DAK)
Fakultet ushbu papkasida Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirining 2009-yil 22-maydagi 160-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to'g‘risida NIZOM ga oid hujjatlar mavjud bo'lib unda bitiruvchi kurslarning yakuniy davlat attestasiyasi qarorlari farmoyishlari bildirishnomalari joy oladi
20 Jamoat tashkilotlari faoliyati
Fakultet o'qituvchilarini boshqa oliy ta’lim yoki jamoat tashkilotlari bilan tajriba almashish, hamda malakalarini oshirish bilan bog’liq hujjatlar jadvallar joy oladi.
21 Murjatlar, arizalar va javoblar
Bu jildda Raqamli texnologiyalar fakulteti dekani nomiga yozilgan tushuntirish xatlari mavjud ekan.
22 Amaliyot
Bu jildda Samarqand davlat universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi litsey o'rtasida tuzilgan pedagogik amaliyot bo'yicha hamkorlik shartnomasi mavjud ekan.
23 Bitiruvchilarning ishga taqsimoti
Bu jildda 2014/2015-o'quv yilida magistratura ta'lim yo'nalishlari I bosqichida ta'lim olayotgan magistlarning dissertatsiua mavzulari, ilmiy rahbarlari va ilmiy maslahatchilarini tasdiqlash haqida hujjat mavjud ekan
24 Stipendiya komissiyasi
Bu jildda Amaliy matematika va informatika fakultetida o'qiydigan talabalarga 2018-2019- o'quv yili o'quv rejasi to'liq bajarganligi sababli kursdan kursga o'tkazish va 02.10.2019 yilgan belgilangan tartibda stipendiya tayinlanishi haqida hujjat mavjud ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |