6.2. Darslarni kuzatish va tahlil qilish
6.2.1. Aralash darsni kuzatish va tahlil qilishning pedagogik namunasi
1. Darsning mavzusi.
2. Darsning maqsadi (ta‟limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi) uning umumiy
dars tizimida tutgan o„rni.
3. Dars tuzilishi.
4. Darsning didaktik xususiyatlari.
5. Dars bosqichlari.
6. Darsni tashkiliy qismi: amaliyotchining (o„qituvchining) va o„quvchi-
larning darsga tayyorgarligi; ish rejasi, dars jihozlarining mavjudligi yoki yo„qligi;
dars xonasining holati; o„quvchilarning darsga psixologik jihatdan moslashishi;
sinfdagilarning tartibi; o„quvchilar diqqati; o„quvchilarning ishlashga tayyorligi;
dars maqsad va vazifalarining aytilishi; o„quvchilarni darsga qiziqtirish uchun
foydalaniladigan usullar.
7. O„tilganlarni takrorlash va o„quvchilarning malakaviy ko„nikmalarini
tekshirish: takrorlash maqsadi, o„rni, hajmi, metodi va turlari; o„quvchilarning
bilish darajasini rivojlantirish usullari; savollarning berilishi; javoblarni to„ldirish
va xulosalash; o„yin shaklida beriladigan misollarni qo„llash va h.k.
8.Yangi mavzu bayoni: yangi mavzuni o„rganishning maqsad va vazifalarini
o„quvchilarga etkazish; yangi mavzu mazmuni uning davlat ta‟limi standartlari,
o„quv dasturiga mos kelishi; foydalanilgan o„qitish metodlari va uning didaktik
asoslari, o„quvchilarda mavjud bilimlarga tayanish, muammoli, asoslangan
savollarning o„rtaga tashlanishi, ko„rgazmali va texnik vositalardan foydalanish;
yangi mavzuni tushuntirish paytida o„qitish tamoyillarining hisobga olinishi;
darsda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishi: o„quvchilarning mustaqil
ishlashlarini tashkil etish; darslik, qo„llanmalardan, gazeta va jurnallardan va
hokazolardan foydalanish, jadval, sxema va diogrammalar tuzish.
9. Uy vazifasining bajarilishishini nazorat qilish shakllari: uy vazifasi qay
vaqtda tekshirildi, tekshirishning maqsadga muvofiqligi; o„quvchilar javobi to„liq,
25
aniq chuqur va mushohadali javob berishi; eng asosiysi, ajratib olish va yechimni
topish malakasi, nutq madaniyati va hokazolar; bilimni baholashning odilona
bo„lishi;
o„tilganlarni takrorlash shakllari; yangi mavzuni o„tilganlar,
o„quvchilarning hayotiy tajribasi bilan bog„liq ravishda, mahalliy manba va
misollardan foydalanishi, mohirligi, material hajmi, uning dasturi va darsliklarga
muvofiqligi; materialning ilmiyligi, uning g„oyaviy yo„nalishi, loyiq rag„batni
amalga oshirishi, dasturiy o„qitish elementlari, muammoli vaziyatlar yaratish,
bilimning mustahkamligi, bolalarning yosh xususiyatlariga mos kelishi, amaliy
malakalar, ko„nikmalar bilan jihozlanishi; o„quvchilarda dunyoga ilmiy
dunyoqarashni, umuminsoniy va milliy fazilatlarni rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |