Markaziy bank raisi
|
(imzo)
|
X. Xxxxxxxxx
|
Toshkent sh.,
| | | |
2014-yil 15-mart
| | | |
770-son
| | | |
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 15-martdagi 770-son qaroriga
ILOVA
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlari talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Qarorning nomidan va 1-bandidan “kredit uyushmalari,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. Nizomda:
a) nomidan, muqaddimadan, 1-banddan, 3-bobning nomidan, 6 va 7-bandlardan “kredit uyushmalari,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
b) 4-bandda:
ikkinchi xatboshidan “kredit uyushmasi,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mikrokredit tashkilotidan mikrokredit tashkilotlari ustav fondining belgilangan eng kam miqdorining bir foizigacha bo‘lgan miqdorida jarima undirish;”;
v) 5-banddan “kredit uyushmasi,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
(11-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga
11a-ILOVA
NAMUNA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
QARORI
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi PQ-4400-son “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Rais X. Xxxxxxxxxx
Toshkent sh.,
2020-yil 17-sentabr,
70-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 17-sentabrdagi 70-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan qo‘shimchalar va o‘zgartirish
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 2000-yil 22-fevralda 429-son (ro‘yxat raqami 905, 2000-yil 2-mart) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 5-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomning 2.3-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Kredit siyosati banklarga taqiqlovchi quyidagi qoidalarni o‘z ichiga olishi kerak:
jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada kreditlar (qarzlar) berish va kreditlar (qarzlar) bo‘yicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olish;
ilgari olingan kreditlar (qarzlar) bo‘yicha so‘ndirilmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish.”.”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/3-son qarori (ro‘yxat raqami 1642, 2006-yil 23-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 470-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalarida:
a) 6-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada mikrokreditlar (mikroqarzlar) berish va mikrokreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olishga;
ilgari olingan mikrokreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha so‘ndirilmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga.”;
b) 71-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.”.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga
11b-ILOVA
NAMUNA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
QARORI
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri X. Xxxxxxxxxx
Toshkent sh.,
2020-yil 25-mart,
17-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi X. Xxxxxxxxxx
Toshkent sh.,
2020-yil 27-mart,
22-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 25 va 27-martdagi 17, 22-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligining 2010-yil 1-maydagi 2010-16, 36-son “Soliq to‘lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida (ro‘yxat raqami 2110, 2010-yil 31-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 22-son, 178-modda):
qaror nomi va 1-bandidagi “soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar” degan so‘zlar “soliqlar va yig‘imlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ilovaning nomi, muqaddimasi va 1-bandidagi “soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar” degan so‘zlar “soliqlar va yig‘imlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 20-iyuldagi 85, 2017-33-son qarori bilan tasdiqlangan (ro‘yxat raqami 2902, 2017-yil 24-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 30-son, 749-modda) Respublika iste’molchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni milliy valyutada sotishdan tushadigan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish manbasi sifatida belgilangan mablag‘larni hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“soliqlar va yig‘imlarning to‘lanishi;”.
(11a va 11b-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga
12-ILOVA
NAMUNA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING QARORI
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |