Ta’lim yo‘nalishlari turlari va bolalar toifalari
|
Tayyorlov guruhlari
|
Boshlang‘ich sinflar
|
Yuqori sinflar
|
Jami (yil)
|
I-II turlar:
|
Kar bolalarning umumiy o‘rta ta’limi
|
1
|
1 — 4
|
5 — 11
|
11
|
Zaif eshituvchi va keyinchalik kar bo‘lgan 1-bo‘lim bolalarining umumiy o‘rta ta’limi
|
1
|
1 — 4
|
5 — 11
|
11
|
Zaif eshituvchi 2-bo‘lim bolalarining umumiy o‘rta ta’limi
|
1
|
1 — 4
|
5 — 11
|
11
|
III-IV turlar:
|
Ko‘zi ojiz bolalarning umumiy o‘rta ta’limi
|
1
|
1 — 4
|
5 — 11
|
11
|
Zaif ko‘ruvchi bolalarning umumiy o‘rta ta’limi
|
1
|
1 — 4
|
5 — 11
|
11
|
V tur:
|
Nutqida og‘ir nuqsoni bo‘lgan bolalarning umumiy o‘rta ta’limi
|
—
|
1 — 4
|
5 — 11
|
11
|
VI tur:
|
Tayanch-harakat apparatida nuqsonlari bo‘lgan bolalarning umumiy o‘rta ta’limi
|
—
|
1 — 4
|
5 — 11
|
11
|
VII tur:
|
Psixik rivojlanishi sust bolalarning boshlang‘ich ta’limi (tenglash sinflari)
|
—
|
1 — 4
|
—
|
4
|
VIII tur
|
Aqli zaif bolalar uchun to‘liqsiz umumiy o‘rta ma’lumot
|
—
|
1 — 4
|
5 — 9
|
9
|
* Barcha turdagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan murakkab nuqsonli (rivojlanishida 2 ta va undan ko‘p nuqsoni bo‘lgan) bolalar toifasi uchun
|
Murakkab nuqsonlari bo‘lgan bolalarning (rivojlanishida 2 ta va undan ko‘p nuqsoni bo‘lgan) to‘liqsiz umumiy o‘rta ta’limi
|
—
|
1 — 4
|
5 — 9
|
9
|
46. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida ta’lim jarayoni korreksion pedagogika va defektologiya sohasi (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya) bo‘yicha oliy ma’lumotli, shuningdek, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining faoliyat sohasi bo‘yicha qayta tayyorlashdan o‘tgan pedagog xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
(45-46-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
47. Ta’lim-tarbiya jarayonini, uning korreksion yo‘nalishi sifat va samaradorligini oshirish maqsadida ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida tayyorlov va I—IV sinflarda faqat ko‘rishi sog‘lom o‘qituvchi-tiflopedagoglar dars berishi mumkin.
48. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ko‘zi ojiz o‘qituvchilar jami pedagog xodimlar sonining nisbati 30 foizidan oshmagan va bitta fandan dars beruvchi ko‘zi ojiz o‘qituvchilar uchun 50 foizdan ko‘p bo‘lmagan tarzda belgilanadi.
49. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ko‘zi ojiz o‘qituvchilar ona tili va adabiyot, xorijiy tillar, tarix va (geografiyadan tashqari) ijtimoiy fanlardan, matematika va musiqadan ta’lim berishi mumkin.
50. Zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ko‘zi ojiz o‘qituvchilar tarix va (geografiyadan tashqari) ijtimoiy fanlardan, musiqadan ta’lim berishi mumkin.
51. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini psixologik jihatdan ta’minlash muassasa shtatiga kiruvchi psixolog tomonidan amalga oshiriladi.
V. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida davolash-sog‘lomlashtirish jarayonini tashkil etish
52. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan davolash-sog‘lomlashtirish, reabilitatsiya qilish, sanitariya-gigiyena va profilaktika tadbirlari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari shtatidagi tibbiyot xodimlari yoki mazkur muassasalarga biriktirilgan sog‘liqni saqlash muassasalarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
53. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari bolalarni davolash-sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya qilish, kasallik va unga hamroh xastaliklar xurujining oldini olishga va salomatligini yaxshilashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
54. Tibbiyot xodimlari pedagoglarga o‘quvchilarning sog‘lig‘i va rivojlanish xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularga individual va tabaqalashtirilgan yondashishga ko‘maklashadilar, ularga o‘quvchilarni tibbiy-pedagogik korreksiyalash, kasbga yo‘naltirish, keyinchalik ish bilan ta’minlanishi bo‘yicha, shuningdek ota-onalarga va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga kasalliklarning oldini olish maqsadida uy sharoitida himoyalovchi (maxsus) tartibga amal qilish bo‘yicha tavsiyalar beradilar.
55. Tibbiy sog‘lomlashtirish protseduralari, muayyan davolash kurslari har bir bola uchun mashg‘ulotlar jadvali bilan muvofiqlashtirilgan holda individual ravishda tuziladi.
56. Davolash davrida bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida tibbiyot xodimlari ishga layoqati past bolalarga hafta davomida qo‘shimcha dam olish kunlari berish orqali ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish tartibiga amal qilishni, shuningdek haftaning bir kunini ochiq havoda, jismoniy mashqlar, sport tadbirlari bilan shug‘ullanish hamda sayr qilishni tavsiya etishi mumkin.
57. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida har bir bolaga tibbiy karta yuritiladi, bolaning muassasada bo‘lish muddati tugagach ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga undan ko‘chirma beriladi.
58. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida dori-darmon va fizioterapiya yordamida davolash hamda psixoterapiya, massaj, jismoniy mashqlar, chiniqtirish ishlari olib boriladi.
59. Davolash jismoniy tarbiya mashqlari davolash jismoniy tarbiya instruktori yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘qituvchi tomonidan o‘tkaziladi.
60. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida olib borilayotgan barcha tibbiy sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya tadbirlarini tashkil qilish va olib borishning to‘g‘riligi ustidan nazorat muassasa joylashgan hududdagi sog‘liqni saqlash organlariga yuklanadi.
61. Sog‘liqni saqlash organlari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tibbiyot xodimlari shtatlari bilan to‘ldirishda, ushbu xodimlarning malakasini oshirishda hamda davolash-sog‘lomlashtirish ishlarining zamonaviy uslublarini mazkur muassasada keng joriy qilishda, ularga malakali mutaxassislarni maslahat yordami berish uchun jalb etishda ko‘maklashadi.
VI. Ta’lim jarayonining ishtirokchilari
62. O‘quvchilar, ota-onalar yoki ota-onalar o‘rnini bosuvchi shaxslar, pedagogik, tibbiy va boshqa xodimlar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi.
63. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari bepul maktabgacha ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim olish, tibbiy xizmatdan foydalanish hamda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun belgilangan norma va qoidalar asosida bepul oziq-ovqat bilan ta’minlanish, turli tadbirlarda (konferensiyalar, olimpiadalar, ko‘rgazmalar va tanlovlarda) qatnashish huquqiga ega.
64. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga yo‘llangan chin yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar maqomi bo‘yicha “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilariga tenglashtiriladi va ularga nisbatan mazkur Nizom “Mehribonlik” uylari to‘g‘risidagi tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘zda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda qo‘llanadi.
65. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida chin yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, shuningdek turli sabablarga ko‘ra yakshanba, bayram va ta’til kunlari uylariga keta olmaydigan o‘quvchilar uchun sutka davomida ishlaydigan guruhlar tashkil etiladi.
66. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining o‘quvchilari muassasaning ustavi va ichki tartibiga, shuningdek sanitariya normalari va qoidalariga amal qilishlari shart.
67. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘quvchilarning boshqa huquq va majburiyatlari qonun hujjatlariga va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining ustaviga muvofiq belgilanadi.
68. Tegishli soha bo‘yicha oliy ma’lumotli, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega shaxslar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida pedagogik va tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egadir.
69. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining pedagog-o‘qituvchilari o‘zlariga yuklangan majburiyatlardan tashqari, shaxsni shakllantirish va nuqsonlarini korreksiyalash, jismoniy va psixik nuqsonlarini bartaraf etish, nuqsonlar bilan bog‘liq bo‘lgan bilish faoliyatidagi o‘ziga xosliklarini me’yorga keltirish, bilimga oid qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish sohasida ish olib boradilar.
70. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining tarbiyachisi rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiyalash ishlarida o‘qituvchi ishlarini davom ettiradi, jismoniy yoki psixik nuqsonlar sababli yuzaga keladigan psixik yoki jismoniy rivojlanish xususiyatlarini e’tiborga olgan holda o‘quvchilarga individual yondashuvni amalga oshiradi, o‘z guruhidagi o‘quvchilarning hayoti va salomatligi saqlanishi uchun javob beradi.
71. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari muassasa ma’muriyati bilan birgalikda bolalar salomatligini himoya qilish va o‘quvchilarning psixofizik holatini mustahkamlash, dispanserizatsiya, profilaktika chora-tadbirlarini va epidemiyalarga qarshi sanitariya-gigiyena tartibini, bolalarni chiniqtirish, ovqatlanishi, shu jumladan parhez taomlar bilan ovqatlanishini nazorat qilish uchun javob beradilar.
72. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiya faoliyati va bu yerda farzandiga ko‘rsatilayotgan tibbiy va ijtimoiy yordam bilan tanishish huquqiga ega.
VII. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini boshqarish
73. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari hamda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori bilan bir yil muddatga mehnat shartnomasi tuziladi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori lavozimiga qo‘yiladigan malakaviy talablar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
(73-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
74. Direktor ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi nomidan ish yuritadi va uning manfaatlarini ifodalaydi, ixtisoslashtirilgan tarbiya muassasasi mol-mulkini qonunda belgilangan tartibda boshqaradi va shartnomalarni imzolaydi.
75. Direktor:
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi hamda ularning o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning javobgarlik darajasini belgilaydi;
o‘z vakolatlari doirasida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
moddiy-texnik bazani mustahkamlash, o‘quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, malakali pedagogik kadrlar bilan ta’minlash hamda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi faoliyatining boshqa masalalarini hal qilish bilan bog‘liq takliflarni tegishli xalq ta’limi organlariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
pedagoglar va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Direktor har chorakda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni tegishli fuqarolar yig‘iniga taqdim etadi.
(75-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
76. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida pedagogik, uslubiy hamda kuzatuv kengashlari tashkil etiladi va faoliyat yuritadi. Ularning faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
(76-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
VIII. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining mol-mulki va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati
77. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayr-ehsonlari va maqsadli badallari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
78. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tegishli moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida moliyalashtiriladi.
79. Shtatlar jadvali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
80. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari xodimlarining ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
81. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilishning o‘rtacha sutkalik normalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
82. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni ta’minlash va o‘qitish qonun hujjatlariga muvofiq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash uchun ota-onalardan yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan to‘lov undirilmaydi.
83. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
84. Moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
IX. Yakunlovchi qoidalar
85. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim masalalari bo‘yicha xalqaro faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
86. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
87. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish, qoidaga ko‘ra, o‘quv yili tugagach amalga oshiriladi, bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan kelishgan holda o‘quvchilarni boshqa ta’lim muassasalariga ko‘chirish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-sentabrdagi 256-son qaroriga
2-ILOVA
Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktab-internatlar) to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Ta’lim to‘g‘risida”, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq alohida sharoitlarda davolanish va sog‘lomlashtirishga, ta’lim va tarbiya olishga muhtoj bolalar huquqlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan hamda sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
2. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek o‘z ustaviga amal qiladi.
3. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish muassasalari hisoblanadi va davolanish, sog‘lomlashtirishga muhtoj bolalarga ularning bilim olish imkoniyatlariga muvofiq ravishda umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lish va tarbiya olishida yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladi.
4. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
shaxsning aqliy, hissiy va jismoniy rivojlanishiga yordam beradigan shart-sharoitlar yaratish;
barkamol, jismonan va ma’naviy sog‘lom shaxsni voyaga yetkazish, o‘quvchilarda madaniy-estetik qadriyatlarni, fuqarolik va vatanparvarlik hislarini shakllantirish;
davlat ta’lim standartlari asosida sifatli ta’lim olish, shu jumladan kasbga yo‘naltirish, bolalarning individual qobiliyatlarini rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli bolalarni taqdirlash va qo‘llab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
bolalarning psixofiziologik yosh xususiyati, moyilligi, qobiliyati, qiziqishi, hayoti va sog‘lig‘i muhofazasi talablariga muvofiq ravishda reabilitatsiya hamda davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazishni ta’minlash.
5. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z ustaviga, g‘aznachilik bo‘limlarida shaxsiy hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtamplarga, blankalarga ega bo‘ladi.
6. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari akkreditatsiyasi attestatsiya asosida, vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
II. Ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarini tashkil etish tartibi
7. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi muassislar tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari muassislari bo‘lishi mumkin.
9. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan salomatligida nuqsonlari bo‘lgan, davolanish, sog‘lomlashtirish va maxsus sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishga muhtoj bolalar kontingentini birgalikda o‘rganib chiqish yakunlari bo‘yicha tashkil etiladi.
Davolanish, sog‘lomlashtirish va maxsus sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishga muhtoj bolalar kontingenti mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ekologik qulay sharoitlar mavjud joylarda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tashkil etish to‘g‘risida asoslangan taklif bilan murojaat qiladi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tashkil etish to‘g‘risidagi taklif ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etish taklif etilayotgan hududda keyingi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolalar o‘rtasida tegishli kasalliklarning ko‘payganligini ko‘rsatadigan sog‘liqni saqlash organlarining rasmiy statistika ma’lumotlari bilan asoslangan bo‘lishi kerak.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, tegishli viloyat va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasiga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifni bir oy muddat ichida o‘rganib va ekologik qulay hududda mavjud obyektlardan namunaviy bino yoxud ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etishga qo‘yiladigan normativ talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan maxsus loyiha bo‘yicha yangi bino qurish uchun yer uchastkasi tanlash to‘g‘risida topshiriq beradi.
11. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tashkil etish to‘g‘risidagi qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalarining ijobiy xulosalari mavjud bo‘lgan taqdirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir hafta muddatda qabul qilinadi.
12. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, ularning ixtisoslashuviga muvofiq, quyidagi turlarga bo‘linadi:
skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlar;
sil va nafas olish organlarining surunkali kasalliklari xavfi bo‘lgan guruh bolalari uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlar.
13. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning eng ko‘p soni 250 nafardan oshmasligi kerak.
III. O‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi
14. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga ularning turiga muvofiq holda:
I—IV daraja skolioz bilan kasallangan;
sil va nafas olish organlarining surunkali kasalliklariga chalingan, alohida shart-sharoitlarda davolash va sog‘lomlashtirishga muhtoj bo‘lgan maktab yoshidagi bolalar qabul qilinadi.
15. Bolalarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yuborish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya (keyingi o‘rinlarda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya deb ataladi) xulosasiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi.
16. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga bolalar 7 yoshdan boshlab qabul qilinadi.
17. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yo‘llangan har bir bolaga ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (chin yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun — vasiylik va homiylik organlari) tomonidan shaxsiy hujjatlar yig‘majildi rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.
Bolaning shaxsiy hujjatlar yig‘majildida quyidagi hujjatlar bo‘ladi:
1) ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasi;
2) psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosalarining ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yo‘llangan bola bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy va davolash-tuzatish bo‘yicha tavsiyalari aks etgan bayoni;
3) tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
4) ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlar;
5) o‘qish joyidan ta’limning muddati, o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi va xulq-atvori, bolaga yakka tartibda ko‘mak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan ma’lumotnoma va tavsifnoma;
6) bolaning yashash joyidagi shifoxona bosh vrachi tomonidan imzolangan, uning rivojlanishi tarixidan mufassal ko‘chirma:
pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati to‘g‘risidagi xulosasi;
psixonevrologning tibbiy tashxis bilan asoslangan va bolaning aqliy rivojlanishiga tavsifi bilan xulosasi;
otorinolaringologning quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulatsiyasida ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi bilan xulosasi;
oftalmologning ko‘rish organiga tavsifi bilan xulosasi;
ortoped vrachning xulosasi (tayanch-harakatlanish apparatida nuqsoni bo‘lgan, skoliozga chalingan bolalar uchun);
vrach-ftiziatrning xulosasi (tuberkulez va nafas olish organlarining surunkali kasallanishi xavfi ostidagi bolalar guruhlari uchun);
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning 7-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)
18. Ta’lim muassasalarida o‘qimagan bolalar uchun mazkur Nizomning 17-bandi 4 va 5-kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilmaydi.
19. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yo‘llangan chin yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun shaxsiy hujjatlar yig‘majildida 17-bandda ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari yana quyidagi hujjatlar ham bo‘lishi kerak:
tuman (shahar) hokimining bolaga vasiy tayinlash yoki uni ta’lim muassasasiga joylashtirish haqidagi qarori nusxasi;
ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlar (ota-onalarning pasportlari nusxalari yoki ularning vafoti haqidagi guvohnoma, sudning hukmi yoki qarori nusxasi, ota-onasining surunkali kasalligi hamda ota-onasining yo‘qligi yoki ularning o‘z farzandlarini tarbiyalay olmasligi haqidagi boshqa hujjatlar);
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
bolaning ota-onasidan qolgan mulki (agar bo‘lsa), uning qayerdaligi, uni saqlash uchun amalga oshirilgan choralar va bunga mas’ul shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan mulk ro‘yxati;
turar joyni bolaning nomiga o‘tkazish hujjatlari (order, uy daftarchasi, turar joy rejasi, tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limidan turar joy egasi va xususiylashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma nusxalari);
pensiya olayotgan bolaning pensiya daftarchasi, sudning bola foydasiga aliment undirish haqidagi qarori yoki buyrug‘i nusxasi (yoki aliment to‘lash haqidagi kelishuvning notarial tasdiqlangan nusxasi), jamg‘arma daftarchasi.
20. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga murakkab nuqsonli bolalar (rivojlanishida 2 ta va undan ko‘p yetishmovchilik bo‘lgan bolalar) qabul qilinmaydi.
21. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga quyidagilar qabul qilinmaydi:
a) aqli zaif bolalar;
b) xulq-atvorida og‘ir buzilishlar, hissiy-irodaviy sohasida (organik) nuqsonlari bo‘lgan bolalar;
v) yurak-qon tomiri kasalliklari bor bolalar;
g) tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan, mustaqil ravishda harakatlana olmaydigan va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsata olmaydigan bolalar;
d) ko‘r-kar-soqov bolalar;
e) tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoqdan aziyat chekadigan (epileptik demensiya, kunduzgi va tungi vaqtlarda tutqanog‘i tez-tez takrorlanadigan) bolalar;
j) markaziy asab tizimiga shikast yetganligi tufayli siydik va najasini ushlab turolmaydigan bolalar.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori o‘quvchilarning qabul qilinishi uchun belgilangan tartibda shaxsan javob beradi.
IV. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quv-ta’lim jarayonini tashkil etish
22. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qitish umumiy o‘rta ta’lim o‘quv rejalari va ta’lim dasturlari asosida olib boriladi.
23. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi umumiy o‘rta ta’lim davlat standartlariga muvofiq 1—9 — sinflar hajmida o‘quvchilarga majburiy umumiy o‘rta ta’lim beruvchi sog‘lomlashtirish ta’lim muassasasi hisoblanadi.
24. Davolanish, sog‘lomlashtirish va ta’lim olishga muhtoj bolalar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 1—9 — sinflariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi yo‘llanmalari asosida, psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga ko‘ra, shuningdek ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan qabul qilinadi.
25. Bolalarni qabul qilish o‘quv yili boshlangungacha amalga oshiriladi va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
26. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida bolalarning bo‘lishi muddati tibbiy ko‘rsatmalarga muvofiq va psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan, lekin 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga belgilanadi.
27. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida sil va nafas olish organlarining surunkali kasalliklari rivojlanishi xavfi mavjud guruhdagi bolalar uchun sinflar va tarbiyalanuvchilar guruhi to‘ldirilishi kamida 25 nafarni, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sinflar va tarbiyalanuvchilar guruhi to‘ldirilishi esa — kamida 20 nafarni tashkil qiladi.
28. O‘quv yilining boshlanishi, darslar va ta’tillarning davomiyligi, shuningdek yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish va ta’lim olganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlarni berish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
29. Ta’lim olish, ixtiyoriy ravishda ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanish, davolanish va dam olishni asosli ravishda uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan kun tartibi bolalarning ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida bo‘lishi muddatini hisobga olgan holda tuziladi.
30. Birinchi yarim yillikda I sinfda darsning davomiyligi — 35 daqiqa, ikkinchi yarim yillikda I sinfda va boshlang‘ich ta’lim (maktab)ning II — IV sinflarida-40 daqiqa, V va keyingi sinflarda — 45 daqiqa bo‘ladi.
31. Bolalarning mehnat tarbiyasi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi pedagogik va tibbiy xodimlarining tibbiy ko‘rsatmalari hamda tavsiyalariga ko‘ra ta’limni egallangan mehnat ko‘nikmalari bilan uyg‘unlashtirish asosida amalga oshiriladi.
32. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun turli to‘garaklar, qiziqishlariga ko‘ra klublar, seksiyalar (jumladan, shifokorlar tavsiyalariga ko‘ra sport seksiyalari) va bolalarning intellektual hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga mo‘ljallangan studiyalar tashkil etiladi.
33. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida ta’lim jarayonining psixologik ta’minotini muassasa shtatidagi psixolog amalga oshiradi.
V. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida davolash-sog‘lomlashtirish jarayonini tashkil etish
34. Bolalarni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan davolash-sog‘lomlashtirish, reabilitatsiya, sanitariya-gigiyena va profilaktika chora-tadbirlari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining shtatdagi tibbiy va pedagog xodimlari hamda ta’lim muassasasiga biriktirilgan sog‘liqni saqlash muassasasining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
35. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tibbiyot xodimlari kasallikning qaytalanishi holatlari (retsidivlari), hamroh kasalliklar profilaktikasiga va bolalar sog‘lig‘ini yaxshilashga qaratilgan davolash-sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya chora-tadbirlarini amalga oshiradi. Tibbiyot xodimlari o‘z ishlarida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlariga amal qilishadi.
36. Davolash jismoniy tarbiya mashqlari davolash jismoniy tarbiya instruktori yoki tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘qituvchi tomonidan o‘tkaziladi.
37. Davolash kurslari bilan belgilangan tibbiy sog‘lomlashtirish protseduralari har bir bola uchun mashg‘ulotlar jadvali bilan muvofiqlashtirilgan holda individual ravishda rejalashtiriladi.
38. Davolash davrida bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida tibbiyot xodimlari ishga layoqati past bolalarga hafta davomida qo‘shimcha dam olish kunlari berish orqali ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish tartibiga amal qilishni, shuningdek haftaning bir kunini ochiq havoda, jismoniy mashqlar, sport tadbirlari hamda sayr qilishga tavsiya etishi mumkin.
39. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida har bir bola uchun tibbiy karta yuritiladi, bolaning muassasada bo‘lish muddati tugagach, ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga undan ko‘chirma beriladi.
40. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida barcha tibbiy-sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya chora-tadbirlarining to‘g‘ri tashkil etilishi hamda amalga oshirilishini nazorat qilish ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi joylashgan hududdagi sog‘liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
41. Sog‘liqni saqlash organlari tomonidan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga uning tibbiyot xodimlari shtatini to‘ldirishda, tibbiyot xodimlari malakasini oshirishda, konsultatsiya yordami ko‘rsatish va davolash-sog‘lomlashtirish ishlarining zamonaviy metodlarini joriy etishga malakali mutaxassislarni jalb etishda yordam ko‘rsatiladi.
VI. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidagi ta’lim jarayoni ishtirokchilari
42. O‘quvchilar, ota-onalar yoki ota-onalar o‘rnini bosuvchi shaxslar, pedagogik, tibbiy va boshqa xodimlar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining ta’lim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi.
43. O‘quvchilar bepul umumiy o‘rta ta’lim olish, tibbiy xizmatdan foydalanish hamda ixtisoslashtirilgan sog‘lomlashtirish ta’lim muassasalari uchun belgilangan normalar asosida bepul oziq-ovqat bilan ta’minlanish, qiziqishlariga qarab turli to‘garaklar, klublar, seksiyalarga (jumladan, shifokor tavsiyasi bilan sport seksiyalariga ham), bolalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan studiyalarga qatnash huquqiga ega.
44. O‘quvchilar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining ustavi va ichki tartibiga, shuningdek sanitariya normalari va qoidalariga amal qilishlari shart.
45. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi o‘quvchilarining boshqa huquq va majburiyatlari qonun hujjatlari va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining ustavi bilan belgilanadi.
46. Tegishli kasbiy ma’lumotga, tayyorgarlikka hamda yuksak axloqiy sifatlarga ega shaxslar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida pedagogik va tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egadir.
47. Ota-onalar va ota-onalar o‘rnini bosuvchi shaxslar bolalarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ixtisoslashgan ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiyaviy faoliyati, bolaga ko‘rsatilayotgan tibbiy va ijtimoiy yordam darajasi bilan tanishish huquqiga ega.
VII. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini boshqarish
48. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari hamda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan tayinlangan direktor ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik qiladi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori bilan bir yil muddatga mehnat shartnomasi tuziladi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
(48-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
49. Direktor ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi nomidan ish yuritadi va uning manfaatlarini ifodalaydi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassasa mol-mulkini boshqaradi va shartnomalarni imzolaydi.
50. Direktor:
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va mazkur muassasaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning mas’ullik darajasini belgilaydi;
o‘z vakolatlari doirasida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
moddiy-texnik bazani mustahkamlash, o‘quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash hamda maktab-internat faoliyatining boshqa masalalarini hal qilish bilan bog‘liq takliflarni tegishli xalq ta’limi organlariga kiritadi;
pedagog va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Direktor har chorakda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni tegishli fuqarolar yig‘iniga taqdim etadi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
51. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya, pedagogik, uslubiy hamda homiylik kengashlari tashkil etiladi va faoliyat yuritadi. Ularning faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
VIII. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining mol-mulki va moliya-xo‘jalik faoliyati
52. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayr-ehsonlari va maqsadli badallari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
53. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tegishli moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida moliyalashtiriladi.
54. Shtatlar jadvali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
55. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi xodimlarining ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
56. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishning o‘rtacha sutkalik oqilona normalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
57. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni ta’minlash va o‘qitish uchun o‘quvchilarning ota-onalari va ota-onalarining o‘rnini bosuvchi shaxslardan to‘lov undirilmaydi.
58. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
59. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
IX. Yakunlovchi qoidalar
60. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim masalalari bo‘yicha xalqaro faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
61. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
62. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish, qoidaga ko‘ra, o‘quv yili tugagach amalga oshiriladi, bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan kelishgan holda o‘quvchilarni boshqa ta’lim muassasalariga o‘tkazish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 37-son, 380-modda; 2014-y., 23-son, 269-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 35-son, 931-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)