Ta’lim yo‘nalishlari turlari va bolalar toifalari
|
Maktabgacha tayyorlov guruhlaridagi bolalar soni
|
Tarbiya guruhlari va kuni uzaytirilgan guruhlarning minimal to‘ldirilishi
|
Boshlang‘ich sinflardagi bolalar soni
|
Yuqori sinflardagi bolalar soni
|
1. I-II tur:
| | | |
Kar (eshitmaydigan) bolalar uchun
|
8
|
8
|
12
|
Zaif eshituvchilar va keyinchalik kar bo‘lgan (1, 2-bo‘limlar) bolalar uchun
|
8
|
8
|
12
|
2. III-IV tur:
| | | |
Ko‘r (ko‘zi ojiz) bolalar uchun
|
10
|
10
|
12
|
Zaif ko‘ruvchilar va keyinchalik ko‘r bo‘lgan bolalar uchun
|
10
|
10
|
12
|
3. V tur:
| | | |
Nutqida og‘ir nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun
|
10
|
10
|
14
|
4. VI tur:
| | | |
Poliomiyelit xastaligi oqibatlari bo‘lgan bolalar uchun
|
8
|
12
|
14
|
Serebral falaji oqibatlari bo‘lgan bolalar uchun
|
8
|
8
|
10
|
5.VII tur:
| | | |
Psixik rivojlanishi sust bolalar uchun
|
8
|
12
|
16
|
6. VIII tur:
| | | |
Yengil darajadagi aqli zaif bolalar uchun
|
8
|
12
|
12
|
O‘rta va og‘ir darajadagi aqli zaif bolalar uchun
|
8
|
10
|
10
|
*Barcha turdagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan murakkab nuqsonli (rivojlanishida 2 va undan ko‘p nuqson bo‘lgan) bolalar uchun
|
6
|
6
|
8
|
37. O‘quv yilining boshlanishi, o‘quv mashg‘ulotlari va ta’tillarning davomiyligi, shuningdek yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish hamda davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni berish tartibi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
38. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi o‘quvchilarini bir sinfdan ikkinchi sinfga o‘tkazish pedagogik kengashning qarori asosida, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining tibbiy va pedagog xodimlari xulosasi asosida amalga oshiriladi.
39. O‘quvchilarni bir ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoki inklyuziv (uyg‘unlashgan) sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim muassasasiga o‘tkazish psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga ko‘ra, bolaning ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan amalga oshiriladi.
O‘quvchilarni bir ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoki inklyuziv (uyg‘unlashgan) sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim muassasasiga o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
40. O‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli muassasasiga o‘tkazish pedagogik kengashning qaroriga asosan, psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga ko‘ra, bolaning ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan amalga oshiriladi.
(40-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
O‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi muassasasiga o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
(40-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining ma’muriyati mazkur turdagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qishga layoqati bo‘lmagan o‘quvchilarni tegishli muassasalarga joylashtirishga ko‘maklashishi shart.
41. Ta’lim-tarbiya ishlari o‘quvchilarning oddiy o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishdan tortib ixtiyoriy ijtimoiy foydali mehnatning har xil turlarigacha bo‘lgan turli xil faoliyatlari asosida tashkil etiladi.
42. O‘quvchilarning jismoniy tarbiyasi kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish, o‘quv yuklamasi me’yoriga qat’iy rioya qilish, davolash tadbirlarini o‘tkazish, o‘quvchilarga gigiyena ko‘nikmalarini singdirish, jismoniy tarbiya darslari va sport bilan shug‘ullanish, sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
43. O‘quvchilarning mehnat ta’limi va tarbiyasi mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, ishchi kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj asosida, o‘quv ustaxonalarida, qishloq joylarda esa — ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining yordamchi xo‘jaligida tarbiyalanuvchilarning psixik va jismoniy rivojlanishining o‘ziga xosligi, sog‘lig‘i, imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
44. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning aqliy, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun turli to‘garaklar, klublar, studiyalar, seksiyalar tashkil etiladi.
45. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida majburiy umumiy o‘rta ta’lim 11 yillik (intellektual rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarda 9 yillik) muddatda amalga oshiriladi.
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar sog‘lig‘i va intellektining holati haqidagi ma’lumotlar hisobga olingan holda 11 yillik umumiy ta’lim dasturini quyidagi davrlar davomida o‘zlashtiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |