Pdf-faylidagi rasmiy manba O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Download 151,9 Kb.
bet1/4
Sana11.11.2022
Hajmi151,9 Kb.
#863918
  1   2   3   4
Bog'liq
256 13.09.2011




PDF-faylidagi rasmiy manba
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-sonli “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan hamda davolanishga va sog‘lomlashtirishga muhtoj bo‘lgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta’lim-tarbiya olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar)ning differensiallashgan tarmoqlarini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktab-internatlar) to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
faoliyat ko‘rsatayotgan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatini ikki oy muddatda o‘rgansin va ularni ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomlar talablariga muvofiqlashtirsin;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatining muntazam nazorat qilinishini ta’minlasin, ularga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 13-sentabr,
256-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-sentabrdagi 256-son qaroriga
1-ILOVA
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Ta’lim to‘g‘risida”, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tarzda jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarning ta’lim tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan, shuningdek jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari deb ataladi) maqomini belgilaydi va ularning faoliyatini tartibga soladi.
2. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga hamda o‘z ustaviga amal qiladi.
3. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya berish, korreksiyalash va davolash-sog‘lomlashtirish muassasalari hisoblanadi hamda jismoniy yoki psixik rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishda va ularni bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalashda, ularning jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuvida ko‘maklashish, shuningdek ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga farzandlarini tarbiyalash va ularga ta’lim berishda yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladi.
4. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari hamda ular asosida ishlab chiqilgan (aqli zaif bolalar uchun) maxsus ta’lim talablariga muvofiq bilim olishlarini ta’minlash;
shaxsga yo‘naltirilgan, ijtimoiy yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida o‘quvchilarning eng maqbul rivojlanishini ta’minlash maqsadida tabaqalashtirilgan va individual ta’limni tashkil etish;
shaxsiy, oilaviy, ijtimoiy hayotida va mehnat faoliyatida xulq-atvorning eng maqbul modelini shakllantirish orqali shaxsni tarbiyalash;
o‘quvchilarni umumta’lim muassasalarida inklyuziv (uyg‘unlashgan) ta’lim sharoitida o‘qishga tayyorlash;
o‘quvchilarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishlari, hayotiy qobiliyatlarining shakllanishi uchun zarur korreksion (tuzatuvchi) — rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish;
o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ularning psixik funksiyalari va salomatligi tizimli tarzda kuzatilishini tashkil etish.
5. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z ustaviga, g‘aznachilik bo‘limlarida shaxsiy hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtamplarga, blankalarga ega bo‘ladi.
6. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari akkreditatsiyasi attestatsiya asosida, vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
II. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etish tartibi
7. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
8. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining muassislari bo‘lishi mumkin.
9. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan mintaqadagi jismoniy va psixik rivojlanishda imkoniyati cheklangan, maxsus sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishga muhtoj bolalarning mavjud kontingentini birgalikda o‘rganib chiqish yakunlari bo‘yicha tashkil etiladi.
Bunday bolalar kontingenti aniqlangan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ekologik qulay sharoitlar mavjud joylarda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etish to‘g‘risida asoslangan taklif bilan murojaat qiladi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etish to‘g‘risidagi takliflar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etish rejalashtirilayotgan hududda oxirgi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolalar o‘rtasida tegishli kasalliklarning ko‘payganligini ko‘rsatadigan sog‘liqni saqlash organlarining rasmiy statistika ma’lumotlari bilan asoslanishi kerak.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalariga, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasiga bir oy muddatda o‘rganish va ekologik qulay mintaqadagi mavjud obyektlardan namunaviy binoni yoxud ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etishda qo‘yiladigan normativ talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan maxsus loyiha bo‘yicha yangi bino qurish uchun yer uchastkasi tanlash to‘g‘risida topshiriq beradi.
11. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tashkil etish to‘g‘risidagi qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalarining ijobiy xulosalari mavjud bo‘lgan taqdirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir hafta muddatda qabul qilinadi.
12. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, ularning ixtisoslashuviga muvofiq quyidagi (I—VIII) turlarga bo‘linadi:
I — kar (eshitmaydigan) bolalar uchun maktab-internatlar;
II — zaif eshitadigan va keyinchalik kar bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar (1, 2-bo‘lim);
III — ko‘zi ojiz (ko‘r) bolalar uchun maktab-internatlar;
IV — zaif ko‘radigan va keyinchalik ko‘r bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
V — nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
VI — tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
VII — psixik rivojlanishi sust bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
VIII — aqli zaif bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlar.
13. Zarur hollarda I va II turlar, shuningdek III va IV turlar aralash holdagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etilishi mumkin.
Aralash turdagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etishda kar va zaif eshituvchi (keyinchalik kar bo‘lgan) bolalar, ko‘r va zaif ko‘ruvchi (keyinchalik ko‘r bo‘lgan) bolalar sinflari bo‘yicha ta’limni alohida olib borish majburiy shart hisoblanadi.
14. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktab-internatlar) huzurida ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnamagan bolalar uchun ularni maktabga tayyorlash maqsadida bir va ikki yillik muddatli, o‘z faoliyatini ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida olib boruvchi tayyorlov guruhlari tashkil etilishi mumkin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
15. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar soni 250 nafardan oshmasligi kerak.
III. O‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi
16. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan maktab yoshidagi, tayyorlov guruhlariga esa — ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnamagan — maktabgacha yoshdagi bolalar qabul qilinadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
17. Bolalarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga yuborish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya (keyingi o‘rinlarda psixologik-tibbiy- pedagogik komissiya deb ataladi) xulosasiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi.
18. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga bolalar 7 yoshdan boshlab, tayyorlov guruhlariga esa — 6-7 yoshdagilar qabul qilinadi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablari uchun belgilangan yosh me’yoridan ikki yilga oshgan bolalarni qabul qilishga ruxsat etiladi.
19. Bolalarni qabul qilish o‘quv yili hamda o‘quv yili davomida amalga oshiriladi va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
20. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yo‘llangan har bir bolaga ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (chin yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun – vasiylik va homiylik organlari) tomonidan shaxsiy hujjatlar yig‘majildi rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.
Bolaning shaxsiy hujjatlar yig‘majildida quyidagi hujjatlar bo‘ladi:
1) ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasi;
2) psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosalarining ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yo‘llangan bola bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy va davolash-tuzatish bo‘yicha tavsiyalari aks etgan bayoni;
3) tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
4) ta’lim olganligi to‘g‘risidagi hujjatlar;
5) o‘qish joyidan ta’limning muddati, o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi va xulq-atvori, bolaga yakka tartibda ko‘mak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan ma’lumotnoma va tavsifnoma;
6) bolaning yashash joyidagi shifoxona bosh vrachi tomonidan imzolangan, uning rivojlanishi tarixidan mufassal ko‘chirma:
pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati to‘g‘risidagi xulosasi;
psixonevrologning tibbiy tashxisi va bolaning aqliy rivojlanishiga tavsifi;
otorinolaringologning quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulatsiyasida ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi (eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun — so‘zlashuv nutq va shivirlab aytilgan so‘zlarni idrok etish holati to‘g‘risidagi ma’lumotlari, audiogramma ma’lumotlari);
oftalmologning ko‘rish organiga tavsifi (ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun- batafsil tashxisi);
ortoped vrachning xulosasi (tayanch-harakatlanish apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun);
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning 7-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)
21. Ta’lim muassasalarida o‘qimagan bolalar uchun mazkur Nizomning 20-bandi 4 va 5-kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilmaydi.
22. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yo‘llangan chin yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun shaxsiy hujjatlar yig‘majildida mazkur Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari yana quyidagi hujjatlar ham bo‘lishi kerak:
tuman (shahar) hokimining bolaga vasiy tayinlash yoki uni ta’lim muassasasiga joylashtirish haqidagi qarori nusxasi;
ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlar (ota-onalarning pasportlari nusxalari yoki ularning vafoti haqidagi guvohnoma, sudning hukmi yoki qarori nusxasi, ota-onasining surunkali kasalligi hamda ota-onasining yo‘qligi yoki ularning o‘z farzandlarini tarbiyalay olmasligi haqidagi boshqa hujjatlar);
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
bolaning ota-onasidan qolgan mulki (agar bo‘lsa), uning qayerdaligi, uni saqlash uchun amalga oshirilgan choralar va bunga mas’ul shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan mulk ro‘yxati;
turar joyni bolaning nomiga o‘tkazish hujjatlari (order, uy daftarchasi, turar joy rejasi, tuman (shahar) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialidan turar joy egasi va xususiylashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma nusxalari);
(22-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
pensiya olayotgan bolaning pensiya daftarchasi, sudning bola foydasiga aliment undirish haqidagi qarori yoki buyrug‘i nusxasi (yoki aliment to‘lash haqidagi kelishuvning notarial tasdiqlangan nusxasi), jamg‘arma daftarchasi.
23. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi quyidagi toifadagi bolalar qabul qilinadi:
eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (karlar, zaif eshituvchilar, keyinchalik kar bo‘lgan bolalar);
ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (ko‘rlar, zaif ko‘ruvchilar, keyinchalik ko‘r bo‘lgan bolalar);
nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar (alaliya, dislaliya, afaziya, rinolaliya, dizartriya, psixik-nutqiy rivojidagi sustlik, duduqlanish);
tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar (bolalar tserebral falaji, skolioz, poliomiyelit, miopatiya, osteomiyelit, amputatsiya, bo‘y o‘sishining yetishmovchiligi — pakanalik);
psixik rivojlanishi sust bolalar;
aqli zaif bolalar;
murakkab nuqsonli bolalar (rivojlanishida 2 ta va undan ko‘p yetishmovchilik bo‘lgan bolalar).
24. Murakkab nuqsonli bolalarni (agar hamroh nuqsonlardan biri aqliy zaiflik bo‘lgan hollarda) qabul qilish psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi asosida, ota-onalari yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan, o‘quv-tarbiya jarayonida bolalar bilan bir yildan kam bo‘lmagan muddat davomida uning o‘zlashtirmasligi oligrofreniya darajasidagi aqli zaiflik bilan bog‘liqligi aniqlangan holda amalga oshiriladi.
25. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga quyidagilar qabul qilinmaydi:
a) aqli o‘ta zaif bolalar (imbitsil, idiotiya darajasidagi oligofreniya);
b) xulq-atvorida og‘ir buzilishlar, hissiy-irodaviy sohasida (organik) nuqsonlari bo‘lgan bolalar;
v) tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan, mustaqil ravishda harakatlana olmaydigan va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsata olmaydigan bolalar;
g) ko‘r-kar-soqov bolalar;
d) tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoqdan aziyat chekadigan (epileptik demensiya, kunduzgi va tungi vaqtlarda tutqanog‘i tez-tez takrorlanadigan) bolalar;
e) markaziy asab tizimiga shikast yetganligi tufayli siydik va najasini ushlab turolmaydigan bolalar.
Ushbu toifadagi bolalar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli muassasalariga yo‘llanadi yoki ularga yakka tartibda uyida o‘qitish tashkil etiladi.
(25-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori o‘quvchilarning qabul qilinishi uchun belgilangan tartibda shaxsan javob beradi.
IV. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quv-ta’lim jarayonini tashkil etish
26. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim olishi quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
ta’lim-tarbiyaning nuqsonlarni tuzatish (korreksiya)ga yo‘naltirilganligi;
ta’lim va tarbiya jarayonida tashxisning qo‘yilishiga maxsus yondashuv;
o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish.
27. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qitish va tarbiyalash jarayoni o‘quvchilarning alohida xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. O‘quvchilarning bilimlari ulardagi nuqsonlarning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda, belgilangan tartibda baholanadi.
Ta’lim-tarbiya jarayoni umumiy o‘rta ta’limning davlat standartiga muvofiq holda belgilanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, o‘quv rejalari va dasturlari asosida, maxsus korreksion tuzatish uslublaridan foydalanilgan holda olib boriladi.
28. O‘qish, ixtiyoriy ravishda ijtimoiy foydali mehnat va dam olishni ilmiy asoslangan holda uyg‘unlashtirishni ta’minlovchi kun tartibi bolalarning ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida yashashini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
29. Nuqsonlarni tuzatish (korreksiya) va ular bilan bog‘liq bola rivojlanishining o‘ziga xosliklarini bartaraf etish ta’lim jarayonidagi barcha darslarda, sinfdan tashqari va boshqa tadbirlarda amalga oshiriladi.
30. O‘quv xonalari zarur maxsus jihozlar bilan ta’minlanadi.
31. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida rivojlanishdagi nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida butun guruh bilan va yakka tartibda mashg‘ulotlar olib boriladi.
32. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida eshitishida, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan va maktab ta’limiga yetarlicha tayyorgarlikka ega bo‘lmagan bolalar uchun tegishli tayyorlov sinflari tashkil etiladi.
33. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida rivojlanishida murakkab nuqsonli (2 ta va undan ko‘p nuqsoni bor bo‘lgan) bolalar uchun maxsus tuzatuvchi (korreksion) guruhlar (sinflar) ochilishi mumkin. Ushbu guruhlarga ta’lim oluvchilar psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi va bolaning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan joylashtiriladi.
34. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida sinflarning soni, eng avvalo, ta’lim jarayoni uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablarini hisobga olgan holda tashkil etilishiga bog‘liq bo‘ladi hamda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi turiga, undagi o‘quvchilar kontingenti va sinflarning to‘ldirilishiga ko‘ra belgilanadi:


Download 151,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish