Tuxumni pishirish: tuxum po‘chog‘i bilan yoki po‘chog‘idan ajratib
pishiriladi va maxsus moslamalar bilan jihozlangan tuxum pishiruvchi idish,
kastryulka, chuqur temir tova, maxsus to‘rli qozonlardan foydalaniladi. Bu
moslamalar yordamida tuxumlarni suvga solish va suvdan olish osonlashadi. Bir
dona tuxumni pishirish uchun 250- 300 gramm suv ishlatiladi. Pishirish uchun
ketgan vaqtga qarab tuxum turlicha yumshoqlikda (yumshoq pishgan, chala
pishgan va to‘la pishgari) pishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |