Payvandlash jihozlari


Payvandlash uzellarini ratsional konstruksiyalash



Download 3,1 Mb.
bet44/166
Sana10.04.2022
Hajmi3,1 Mb.
#541005
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   166
Bog'liq
qolda yoyli payvandlash jihozlari

Payvandlash uzellarini ratsional konstruksiyalash. Payvand konstruksiyalarining ish chizmalarini payvandlashdagi kuchla- nish va deformatsiyalarni kamaytirishga doir choralarni nazarga olgan holda tayyorlash kerak. Buning uchun payvand birikmalar shunday konstruksiyalanadiki, bunda eritib qoplangan metall haj- mi minimal bo‘lsin. Masalan, metall qalinligi 12 mm dan ortiq bo‘lganda payvandlanadigan chekkalarni X-simon qilib tayyorlash kerak. Bu maqsadda uzilishli (uzuq-uzuq) chokli birikmalarni kichik kesimli tutash choklar bilan almashtiriladi. Uchma-uch choklarni ochilish burchagi va oralig‘i minimal holda payvand- lanadi. Kesimlar keskin o‘tadigan qilinmaydi, ko‘pincha uch- ma-uch biriktiriladi va payvand choklarining bir joyiga to‘planib qolishga, bir-birini kesib o‘tishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yig‘ish va payvandlash texnologiyasi. Payvandlash uchun yig‘ish, payvandlash usuli, payvandlash rejimi va uning uzun- ligi va kesimi bo‘ylab choklarning ketma-ketligi payvandlashda hosil bo‘ladigan deformatsiya va kuchlanishlar kattaligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Konstruksiyalar va buyumlarda qoldiq deformat- siyalar va kuchlanishlarni kamaytirish uchun ularni yig‘ishda ilo- ji boricha bir-biriga mahkamlab bog‘langan uzellar va ulanish joylari bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Mahkamlangan detallarning harakatlanuvchanligini ta’minlash uchun ponasimon markaz- lovchi va boshqa tur yig‘ish moslamalaridan foydalaniladi.
Qoldiq deformatsiyalar va kuchlanishlarning hosil bo‘lishiga payvandlash usuli katta ta’sir ko‘rsatadi.
Payvandlash kuchlanishlar va qoldiq deformatsiyalarning kat- taligi va xarakteriga pogon energiya va payvandlash rejimi ta’sir ko‘rsatadi. Chok kesimining kattalashishi, odatda, deformat- siyalarning ortishiga sabab bo‘ladi. Qoldiq deformatsiyalar va kuchlanishlarning kattaligi choklarning birikma bo‘yi va kesim bo‘ylab qay tartibda tushirilishiga ham bog‘liq. Masalan, list kon- struksiyalarni payvandlashda dastlab alohida poyaslarni ko‘nda- lang choklar bilan birlashtirib olinadi va so‘ngra poyaslar o‘zaro birlashtiriladi (payvandlanadi).

Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish