III bob. Kengashninghuquqvamajburiyatlari
11. Kengash o‘z faoliyatini amalga oshirishda:
Davlat organi faoliyati bilan bog‘liq qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga amal qilishi;
Davlat organi va uning mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatiga aralashmasligi;
Davlat organi va uning mansabdor shaxslari faoliyat ko‘rsatishi uchun to‘sqinlik qilmasligi;
Fuqarolarning or-nomusi va qadr-qimmatini tahqirlashga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘ymasligi;
o‘z faoliyatini amalga oshirish davomida olingan axborotning, agar bunday axborotni tarqatish qonun bilan cheklangan bo‘lsa, maxfiyligiga rioya qilishi shart.
Kengashining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
12. Kengashning huquq va majburiyatlari:
o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatish;
mazkur Nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshirish.
o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga va Kengash nizomiga muvofiq amalga oshirish;
o‘z faoliyatida oshkoralikni ta’minlash;
Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |