PAYARIQ TUMAN XALQ TA’LIMI BO‘LIMIGA QARASHLI 1- UMUMTA’LIM MAKTAB DIREKTORINING BUYRUG’I
Xalq ta’limi tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining
hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat qurish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida ma’naviy-mafkuraviy ishlarning nazariy asosi bo‘lgan milliy g‘oyani rivojlantirish yo‘lida Xalq ta’limi tizimida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 19-yanvar kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining videoselektor tarzida o‘tkazilgan majlisining 3-sonli bayoni va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 29-yanvardagi 14-sonli buyrugʻi hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2020 yil 09-fevraldagi 13-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 29-yanvardagi 14-sonli hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2020 yil 09-fevraldagi 13-sonli buyrugʻi rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tuman xalq ta’limi bo‘limining ma’naviyat va ma’rifat kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb yuritiladi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
3. Kengashning Nizomi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 29-yanvardagi 14-sonli buyrugʻining 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi inobotga olinsin;
4. Tizimdagi ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligini manzilli o‘rganishni amalga oshirishuvchi Monitoring guruhi tarkibi
3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Kengash mas’ul kotibi Ma’naviy-axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoyalash sho‘ba rahbari (O.Ochilov)ga:
Kengashning muntazam ravishda faoliyat yuritishi, uning yig‘ilishlarini tashkil etish va tizimda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini doimiy nazorat qilib borish;
ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar tarbiyasi va ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash kabi masalalarni Kengash yig‘ilishi kun tartibiga kiritib borish;
umumta’lim muassasalaridagi yoshlar siyosati, ma’naviy-axloqiy tarbiya yo‘nalishi bo‘yicha ishlarni monitoring qilish va umumta’lim maktablarining
bu boradagi reytingini aniqlash vazifalari yuklatilsin.
6. Tuman xalq ta’limi boʻlimi tasarrufidagi barcha umumiy o’rta ta’lim maktab direktorlariga:
bir hafta muddatda boʻlimning ma’naviyat va ma’rifat kengashi nizomidan kelib chiqqan holda har bir umumta’lim maktabining ma’naviyatva ma’rifat kengashini tuzish;
ta’lim muassasasidagi yoshlar siyosati va ma’naviy-axloqiy tarbiya yo‘nalishi bo‘yicha barcha ishlarni 4-ilovadagi ish reja asosida bajarilishini ta’minlash;
bu borada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakunida (keyingi chorakning 3-sanasiga qadar) boʻlimning ma’naviy-axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoyalash sho‘ba rahbariga ma’lumot kiritib borishni ta’minlash vazifalari yuklatilsin.
7. Ma’naviy-axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoyalash sho‘ba rahbari (O.Ochilov)ga: boʻlim metodisti (O.Tursunbayev)ga:
Do'stlaringiz bilan baham: |