«Avlodlar uchrashuvi» loyihasi asosida ta’lim tashkilotdada el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan faxriy avlod vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi Uch yoshdan etti yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan oilalarga ma’naviy tarbiyani tashkil etishda ko‘maklashish maqsadida «Yosh ota-ona kitobi», bog‘cha tarbiyachilari uchun “Baxtli bola ma’naviyati”,
Tarbiyalanuvchilarga jamiyatda mehr-oqibatlilik muhitini yanada mustahkamlash maqsadida “Salomlashish odobi” mavzulari asosida faoliyatlar tashkil etilmoqda.Har haftaning juma kunlari “Ma’naviyat” kuni deb e’lon qilindi,hamda ma’naviyat soatlari tashkil etilmoqda. Tarbiyalanuvchilarga yo’l harakati qoidalari, yo’l belgilari hamda piyoda va transportlar harakat xavfsizligi borasida atroflicha tushunchalar berib kelinmoqda.Ona tabiatga bo’lgan mehrini yanada yuksaltirish,Ekologik javobgarlik hulqini tarbiyalash,Ekologik savodxonlik va dunyoqarashini shakllantirish,Ekologik madaniyatni oshirishga yonaltirilgan tavsiyalar asosida tarbiyalanuvchilar ongini hozirgi ekologik muammolar mohiyatini ochib beruvchi bilimlar bilan boyitish va shu bilimlarni amaliy faoliyati,ijtimoiy mehnati bilan mustahkamlash maqsadida faoliyatlarga qo’shimchalar kiritilib,olib borilmoqda. Maktabgacha ta`lim tashkilotida pedagoglar va tarbiyalanuvchilar ishtirokida tashkil etilayotgan turli xil ertaliklar, bayram tadbirlari, qo`g`irchoq teatrlari va teatrlashtirilgan sahna ko`rinishlarida ajdodlarimiz, onalar siymosini aks ettiruvchi spektakllar namoyishlari,she’r va qo’shiqlar,faoliyatlar davomida onalarni e’zozlash va ularni tarbiyasini olish,ustozlarni hurmat qilish ularni mehnatini e’zozlash kabi hislari shakllantirilib kelinmoqda. Tashkilotda yanvar oyi SIFATLI OVQAT,SOG’LOM BOLA oyligi deb e’lon qilindi.06.01.2022 yil Sifatli ovqat,sog’lom bola oyligi uchun chora-tadbirlar belgilandi. San Q va N №0016-21 ning umumiy qoidalariga rioya qilinib kelindi. Taomnomalarni o’rtacha energetik quvvati,normalari ga rioya qilgan holda tuzilmoqda. Turli yuqumli kasalliklarini,ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish maqsadida ruhsat etilmagan oziq – ovqat mahsulotlarini ishlatmaslikka qat’iy rioya qilinib kelinmoqda.Mineral moddalarining tavsiya etilgan o’rtacha kunlik fiziologik normalariga rioya etilib, oziq- ovqat mahsulotlari va ovqat tayyorlash sifatini brakeraj a’zolari tomonidan nazorat qilinmoqda. Ovqatlanish jaroyonlarini tashkilotning Kundalik va ota-onalar telegram saytlarida yoritib borilmoqda.14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag’shlab tadbirlar o’tkazildi.Tashkilot ayollari erkak xodimlarni bayram bilan tabrikladilar. Birinchi Prezidentimiz I.Karimovni xotirlab tadbir tashkil etildi.Tashkilotda “Sifatli ta’lim-yuksak tarbiya va ota-onalar hamkorligi yili”da amalga oshiriladishlar ishlar yuzasidan chora-tadbirlar tuzildi. MTT uslubchisi
M.Jalilova “Eng faol metodist” ko’rik tanlovida faol ishtirok etib.Hududlar aro o’tkazilgan bosqichada 2-o’rinni egallab,tuman bosqichiga chiqdi. MTT da tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar o’rtasida A.Navoiy ,Z.M.Bobur bobolarimiz tavalludiga G’azalxonlik kechalari tashkil etildi.Bahor fasli kirib kelishi munosabati bilan tashkilot faslga mos bezatildi.2022 yil 03 mart kuni Xotin –qizlar bayramiga bag’ishlangankatta bayram tadbiri o’tkazildi. Tuman tashkilotlarida o’tkaziladigan tadbirlar jadvaliga asosan pedagog xodimlarning seminarlarda ishtiroki ta’minlanib kelinmoqda. 17-mart kuni tashkilotda Navro’z umumxalq bayramiga bag’ishlangan tadbir ko’tarinki ruhda o’tkazildi.
28-MTT direktori: N.Jalilova
Do'stlaringiz bilan baham: |