Reja : 1 Nizoli vaziyatlar haqida tushuncha



Download 183,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana30.06.2022
Hajmi183,61 Kb.
#719954
  1   2   3   4   5
Bog'liq
wHgUrp4HBgAslObHXO1G2AoKTCJ7XRGJG5aXVhjz (1)



Nizo va uning kelib chiqish sabablari.Nizoli 
vaziyatlarning oldini olish yo’lari 
 
Reja : 
1)Nizoli vaziyatlar nizoli vaziyatlar haqida tushuncha 
 2) Nizoli vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi sabablar 
 3) Nizoli vaziyatlarning oldini olish 
Xodimlar adaptatsiyasi/moslashuvini boshqarish. Xodimning 
o‘zgaruvchan sharoitlarga yoki yangi ish joyiga moslashishini va tez 
orada jamoa hayotiga qo‘shilib ketishni nazarda tutadi. 
Xodimlarni tashkilot maqsadi sari yetaklash, tashkilot 
maqsadlariga xodimlar faolligi va ishtiroki orqali erishish. 
Xodimlarni motivatsiyalash, ya’ni ularda tashkilot maqsadi 
yo‘lida mehnat qilish uchun ishtiyoq uyg‘otish. Motivatsiyaning 
asosiy mazmun- mohiyati tashkilot maqsadi va xodim manfaatlarini 
uyg‘unlashtirishdan iborat bo‘lib, aynan shu mas’uliyatli vazifa, 
odatda rahbar zimmasiga yuklanadi.lekin ayrim vaqtlarda korhona 
yoki tashkilotdagi nizoli vaziyatlar korhona yoki tashkilotning 
rivojlanishiga halaqt beradi yoki hodimlarning tashkilotga 
moslashishiga halaqt beradi 
Nizoli vaziyatlar
Nizo
-bu odamlarni shaxsiy va ijtimoiy masalalarni xal qilishi bilan 
bog’liq holda yuzaga keladigan qarama-qarshilikdir. Konfliktda tomonlarning 
biri tomonidan ikkinchi tomondagi odamni hulqini, fikrini, hislarini 
o’zgartirishini talab qiladi. Shuningdek, har qanday qarama-qarshilikni ham 
konflikt deb atab bo’lmaydi.
Masalan, odamlar har xil dunѐqarashga, ma’lum masalalar bo’yicha 
turlicha fikrga ega bo’lishlari, lekin bu ularni osoyishta ishlashlariga xalal 
bermasligi mumkin. Lekin, shaxsni ѐki guruhni manfaatlariga, qiziqishlariga, 
mavqelariga, shaxsiy g’ururlariga tegishli qaramaqarshiliklar konfliktlarni 
yuzaga keltiradi. Konfliktlar jamoada tarang munosabatlarni yuzaga keltiradi, 
xodimlar e’tiborini asosiy ishdan chalg’itadi, odamlar e’tibori ko’proq 
munosabatlarni oydinlashtirishga qaratiladi, natijada odamlar asabiy holatda 
bo’ladilar. Shuningdek, konfliktlar nafaqat buzuvchi kuchga ega bo’ladilar, 
balki bunѐd qiluvchi ham bo’lishlari mumkin. Ba’zan konfliktlarni hal 
qilinishi tufayli mehnat sharoitlari, texnologiyasi, boshqaruv munosabatlari 
yaxshilanishi mumkin. Yana konfliktlarning ijobiy roli- konflikt 
qatnashchilarini o’z-o’zini anglashini rivojlanishida, ma’lum qadriyatlarni 
shakllanishida ham ko’rinishi mumkin.
Konfliktlarni yuzaga keltiruvchi sabablarni 5 ta guruhga bo’lib 
ko’rsatish mumkin: axborot, struktura, qadriyatlar, munosabatlar va xulqatvor.


Ko’p qadriyatlar zaminida axborotlarni bir tomonga ma’qul bo’lib, 
ikkinchi tomonga ma’qul bo’lmasligi ѐtadi. Bu axborotlar aniq yoki to’liq 
bo’lmasligi, suhbatdoshlarni bir-biriga qarama-qarshi qiladigan mishmishlar 
bo’lishi, axborot manbalarini ishonchli emasligi, qonunchilik masalalarini, 
qonun-qoidalarini munozarali ekanligi. 
Struktura bilan bog’liq bo’lgan holda konfliktni yuzaga kelishi 
deganda jamoadagi formal va noformal guruhlarning mavjudligi, ijtimoiy 
mavqe, xokimiyat va mas’uliyat, turlicha ijtimoiy me’ѐrlar rag’batlantirish va 
tozalash, resurslarni, mahsulotlarni, daromadni taqsimlash bilan bog’liq 
bo’lgan holatlar tushuniladi.
Qadriyatlar bilan bog’liq bo’lgan omillar- bu ulug’laydigan Yoki 
inkor qiladigan tamoyillardir. Bu ijtimoiy, guruhiy va shaxsiy e’tiqodlar 
tizimi, ideologik, ma’naviy, diniy, ahloqiy, siѐsiy, kasbiy qadriyatlar va 
ehtiѐjlardir.
Munosabatlar omili- bu o’zaro munosabatdan qoniqishni his qilish ѐki 
his qilmaslik bilan bog’liq. Bunda munosabatlar asosini hisobga olish muhim 
(ixtiѐriy ѐki majburiy), uning mohiyatini (tobe bo’lmagan, tobe bo’lgan ѐki 
o’zaro tobe bo’lgan), munosabatlarning davomiyligi, qadriyatlarga 
munosabati, xulqi, shaxsiy va kasbiy maqsadlari bo’yicha mutanosiblik, 
tomonlarning munosabatlarga qo’shaѐtgan hissasi (umidlar, pul, vaqt, hislar, 
kuchquvvat, obro’), ma’lumot, haѐtiy, kasbiy darajadagi farqni hisobga olish 
kerak.
Xulqiy omil konfliktga olib keladi, agar manfaatlar zarar ko’rsa, 
kamsitilsa, xavf solinsa (jismoniy, moliyaviy, hissiy ѐki ijtimoiy), salbiy hissiy 
holatni yuzaga keltiruvchi vaziyat vujudga kelsa, agar inson xatti-harakatlarida 
xudbinlik, mas’uliyatsizlik, adolatsizlik namoѐn bo’lsa.
Nizolar quyidagi turlarga bo’linadi: Shaxsni ichidagi, shaxslararo, 
shaxs va guruh o’rtasidagi, guruhlararo.
Shaxsni ichidagi nizolar xodimlarni shaxsiy ehtiѐjlari va qadriyatlari 
bilan ishlab chiqarish talablari o’rtasidagi nomutanosiblik, xodimni ish bilan 
me’ѐrdan kam ѐki ko’p yuklanishi, qarama-qarshi talablarni qo’yilishi 
oqibatida kelib chiqadi.
Shaxslararo 
nizolar 
xarakterni to’g’ri kelmasligi, kapitalni, 
resurslarni, ishchi kuchini cheklanganligi, jihozlarni etishmasligi, vakant 
lavozimlarni mavjudligi natijasida kelib chiqadi.
Guruh va shaxs o’rtasidagi nizolar guruhda shakllangan ahloq va 
mehnat me’ѐrlariga alohida shaxs tomonidan qarshilik ko’rsatilishi sifatida 
namoѐn bo’ladi. Bunday nizo rahbarni rahbarlik qilish uslubini jamoa 
a’zolarini etuklik darajasiga mos emasligi, rahbar va xodimlarni soha bo’yicha
mutaxassislik darajasini nomutanosibligi, rahbarni xarakterini, ahloqiy 
qiѐfasini guruh tomonidan qabul qilinmasligi natijasida kelib chiqadi.


Guruhlararo nizolar-jamoaning rasmiy guruhlari o’rtasida (masalan, 
jamoa bilan kasaba uyushmasi); norasmiy guruhlar o’rtasida, rasmiy va 
norasmiy guruhlar o’rtasidagi nizolardir.
Nizolarning davomiyligiga ko’ra: qisqa muddatli va davomiylari 
bo’lishi mumkin.
Birinchisi ko’proq bir-birini etarli tushunmaslik oqibatida ѐki tez 
anglab etilgan xatolar hisobiga namoѐn bo’lishi mumkin.
Uzoq davom etadigan davomiy nizolar chuqur ahloqiy-psixologik 
jarohatlar va ob’ektiv qiyinchiliklar bilan bog’liq holda vujudga keladi. 
Nizoning davomiyligi qarama-qarshiliklarni xususiyatlariga va to’qnash 
kelgan odamlarni xarakteriga bog’liq. Davomiy nizolar xavfli bo’lib, undagi 
nizoli holatdagi odamlar o’zlaridagi salbiy ruhiy holatni mustahkamlab 
boradilar. Bu esa jamoada taranglik holatini tez-tez vujudga kelib turishiga 
olib keladi.
Nizoni vujudga kelish manbalariga ko’ra ham farqlash mumkin: 
ob’ektiv va sub’ektiv manba. Odamlarni murakkab qarama-qarshi vaziyatga 
tushib qolishlari ob’ektiv manba bo’lib hisoblanishi mumkin. Mehnat 
sharoitlarining ѐmonligi, xodimlar vazifalarini aniq belgilab berilmasligi 
kabilar jamoada tarang vaziyatlarni osongina vujudga keltiruvchi manba 
bo’lib hisoblanadi.
Agar odamlar ana shunday vaziyatlarga solib qo’yilgan bo’lsa, u 
holda ularni kayfiyatlari, xarakterlari, jamoada shakllangan munosabatlaridan 
qat’iy nazar nizolar kelib chiqish ehtimoli yuqori bo’ladi. Bu nizolarni bartaraf 
qilish uchun ob’ektiv vaziyatni o’zgartirish orqaligina erishish mumkin. 
Bunday vaziyatdagi nizolar jamoa haѐt va faoliyatidagi noxush xolatlar haqida 
signal beradi.
Xodimlarni ularni intilishlari, xohishlari va qiziqishlarini qondirilishi 
uchun to’sib bo’lib xizmat qilishini nizoli vaziyatni vujudga keltiruvchi
sub’ektiv manba bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Nizoli vaziyatlarda odamlar o’zlarini turlicha tutadilar: kimdir 
ko’pincha ѐn beradi, kimdir o’zini nuqtai nazarida qattiq turib oladi.
Psixologiya fanlari doktori N.Obozov nizoli vaziyatda 3 xil tipdagi odamlar 
bo’lishini ko’rsatadi: ―xujumkor‖, ―suhbatdosh‖, ―fikrlovchi‖.
―Xujumkor‖, ―Eng yaxshi himoya-xujum‖ degan shior ostida ish 
tutadi. Uning uchun eng muhimi muhitni o’zgartirish va har qanday ishni 
oxiriga etkazish. ―Xujumkor‖ning harakatlari nizoli vaziyatlarni uzoq davom 
etishiga olib keladi.
―Xujumkor‖ atrofidagi muhitni boshqa odamlarni pozitsiyasini
o’zgartirishni xohlaydi. Natijada turli to’qnashuvlar yuzaga keladi, nizoli 
vaziyatlar keskinlashadi.
―Suhbatdosh‖ uchun ―Yomon tinchlik yaxshi, yaxshi jangga 
nisbatan‖ shiori xarakterli. Uning uchun eng muhimi odamlar bilan bo’ladigan 
muloqot.


Bu ―suhbatdosh‖larni do’stlari, tanish bilishlari ko’p bo’ladi va 
yaqin munosabatlarga bo’lgan ehtiѐjni ish bilan qoplashga harakat qiladi va 
odamlar bilan yuzaki munosabatlarda bo’ladi.
Nizoli vaziyatlarda ular uzoq vaqt qarshilik ko’rsatishga qodir 
emaslar. Ular chuqur his –tuyg’ularga teginmagan holda nizolarni bartaraf 
qilishni uddalaydilar. Bu tipdagi odamlar o’zini sherigini kayfiyatdagi 
o’zgarishlarni tez sezadilar va qarama-qarshiliklar vujudga kela 
boshlagandaѐq, uni tinchitishga intiladilar. ―Suhbatdoshlar‖ o’zgalar fikrini
qabul qilishga ko’pincha tayѐrlar, ularni fikrlarini o’zgartirishga 
intilavermaydilar, boshidanoq hamkorlik qilishni ma’qul ko’radilar. Shuning 
uchun ular ko’pincha jamoaning hissiy raxbar shaxslari bo’lib qoladilar.
―Fikrlovchi‖ga ―Mayli, men g’alaba qildim, deb o’ylay qolsin‖ 
degan pozitsiya xos. ―Fikrlovchi‖ o’zini va atrofidagi olamni o’rganishga 
yo’nalgan bo’ladi, u nizoli vaziyatda o’zini haqligini va sherigini nohaqligini
isbotlovchi murakkab tizimni tuzadi. Nizoli vaziyatda bu odamlarni boshi 
berk ko’chadan uchinchi odamgina olib chiqishi mumkin ѐki haѐtiy 
shartsharoitlarni o’zgartirishigina ularga ѐrdam berishi mumkin.
―Fikrlovchi‖ o’zini hatti-harakatlarini mantig’ini yaxshilab o’ylab 
ko’radi, ―Suhbatdosh‖ga nisbatan kamroq sezgir bo’lsa ham harakatlari 
mobaynida masofa saqlaganlari uchun nizoli vaziyatga kam tushadilar.
―Fikrlovchi‖lar ma’naviy qonuniyatlar va g’oyalar sohasidagi 
nizolar va qarama-qarshiliklardan tez ta’sirlanadilar, ―Xujumkor‖lar 
faoliyatiga maqsadlar birligini, birgalikdagi faoliyatini ko’proq qadrlaydilar, 
―Suhbatdosh‖lar ularni hissiy-kommunikativ qobiliyatlariga beriladigan 
baholarga o’tkir reaktsiya qiladilar, lekin intellektual sifatlariga berilgan 
baholarga unchalik e’tiborsiz bo’ladilar.
Ba’zi mutaxassislarni fikrlariga ko’ra, har qanday katta jamoalarni 
o’zini ―janjalkashlari‖ va ―tinchliksevarlari‖ bo’ladi. ―Janjalkashlari‖ 
uchun nizoli vaziyatlar oddiy, tabiiy hol bo’lib hisoblanadi
―tinchliksevarlar‖ uchun esa hamkorlik oddiy, tabiiy hol bo’lib hisoblanadi. 
Agar ―janjalkash‖ doim janjal chiqarsa, ―tinchliksevar‖ esa qaysi yo’l bilan
bo’lmasin janjalni o’chirib turadi.

Download 183,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish