Reja : 1 Nizoli vaziyatlar haqida tushuncha


Raqobat – yana o’zini manfaatlarini, haѐtini, oilasini himoya qilish,  yuqoriga intilish zaminida ham yuzaga keladi. Hamkorlik –



Download 183,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana30.06.2022
Hajmi183,61 Kb.
#719954
1   2   3   4   5
Bog'liq
wHgUrp4HBgAslObHXO1G2AoKTCJ7XRGJG5aXVhjz (1)

Raqobat –
yana o’zini manfaatlarini, haѐtini, oilasini himoya qilish, 
yuqoriga intilish zaminida ham yuzaga keladi.
Hamkorlik –
nizoni bartaraf qilishga nisbatan ham har ikkala tomonni
manfaatlarini qondirish muhimroq. Hamkorlik degani bir tomonni manfaatlari 
qondirilmasa, ikkinchi tomonni ham manfaatlari qondirilmaydi. Bitta tomon 
ikkinchi tomonni hisobidan maqsadiga erishishga intilmaydi.
Shunday qilib, nizolarni bartaraf qilish vositalari va uni 
muvaffaqiyatli xal qiinishi raqiblarning xarakteridan, davomiylik darajasidan, 
janjallashmaѐtgan tomonlarni strategiyasi va taktikasidan kelib chiqqan holda 
belgilangan.
Ko’pincha nizoli vaziyatning o’zi uni bartaraf qilishning qaysi 
usulidan foydalanish kerakligini ko’rsatadi. Agar nizoli vaziyatda maqsad 
ham, tomonlar munosabatlari ham juda muhim bo’lmasa, bunday nizoli 
holatga e’tibor bermaslik kerak. Agar maqsad juda muhim bo’lib, 
munosabatlar unchalik muhim bo’lmasa, bunday vaziyatdan chiqish yo’li 
xukmronlik. Shuningdek, maqsadga nisbatan munosabatlar muhimroq bo’lsa, 


―tekislash ‖ taktikasidan foydalanish ma’qulroq. Bunday vaziyat haqida 
ko’pincha shunday deyishadi: ―Arzimagan narsalarga janjallashish nimaga 
kerak?‖.
Agar nizoli vaziyatda ham maqsad, ham tomonlar munosabatlari 
muhim bo’lsa, unda ―hamkorlik‖ uslubidan foydalanish kerak bo’ladi.
Agar siz ―hamkorlik‖ uslubidan foydalanishga qaror qilgan 
bo’lsangiz, unda siz tengsizlikka va tomonlarni bir-biridan ajratib 
qo’yilishiga olib keladigan o’zini himoya qilishdan voz kechishingiz kerak.
Sheriklar bilan munosabat ijobiy bo’lishi va ularni birlashtirilishiga 
katta e’tibor berilishi kerak.
Hamkorlik qilish yo’llari juda ko’p.
N.N.Obozov tomonidan tavsiya etilgan usulga to’xtalamiz. Uni nuqtai 
nazaridan nizoli vaziyatni hal qilish 7 bosqichdan iborat bo’lib, har bir bosqich 
sizdan ma’lum kuch-quvvatni talab qiladi.
Nizo mavjud ekanini tan oling. Jamoaga nizo mavjudligi haqida 
ma’lumot berish orqali, muhitni mish-mishlardan tozalaysiz va kelishuv uchun 
yo’l ochisiz.
Amalga oshiriladigan ishlarni kelishib oling. Qaerda, qachon va siz 
birgalikdagi boshlaydigan ishingizni kelishib oling. Bu masalani hal qilishi 
uchun bir qadam tashlash bo’lib hisoblanadi. Yaxshisi muhokamada kimlar
qatnashishini oldindan kelishib olingani ma’qul. Uchrashuvni neytral joyda ѐ 
har bir tomon bilan navbati bilan tashkil qilish kerak.
Nizoni aniqlang. Nizoni, xal qilinishi kerak bo’lgan muammo 
doirasida aniqlash kerak. Bu stadiyada ―bizning‖ muammo sifatida 
ѐndashilishi kerak-ki, bu o’sha zahoti hamkorlik ruhini yuzaga keltirsin.
Ikkala tomon ham quyidagilar haqida fikrlarini bildirishlari kerak: 
ular nizoli vaziyatdagi o’z hissasini qanday baholayapti. Tomonlarni har biri 
ko’rmayaptimi, tan olmayaptimi, tasodifiymi ѐki maqsadlimibularni aniqlash 
juda muhim. Imkon qadar ―yashirin manfaatlarga‖, shaxsiy xafagarchiliklarga 
kamroq e’tibor bering, aks holda bu nizoni bartaraf qilishni qiyinlashtiradi. 
Shu maqsadda asosiy e’tiborni, tomonlarni shaxsiyatlariga tegmagan holda 
konkret harakatlarga, tomonlarning ehtiѐjlariga va munozarali predmetlarga 
qarating.
Muammoni hal qilish variantlarini izlang. Bu bosqichda ―aqliy 
xujum‖ taktikasini qo’llash maqsadga muvofiqroq, chunki bu usul muammoni 
xal qilishni juda ko’p variantlarini topish imkonini beradi. O’zaro 
muhokamadan so’ng, ba’zan umuman aqlga to’g’ri kelmaydigan fikr bo’lib 
ko’ringan g’oya juda samarali bo’lib chiqishi ham mumkin ѐki qarama-qarshi 
fikrdagi odamlarni yagona fikrga kelishlari bir-birlarini tushunishlari va 
yaqinlashishlari mumkin.
O’zaro kelishuvga erishing. Ilgari surilgan takliflarni baholash, har 
ikkala tomon uchun ma’qul keladiganini tanlash ya’ni kelishishiga erishish 
kerak. Ba’zan kelishuv uchun bitta uchrashuvni o’zi ham etarli bo’lishi 
mumkin, ba’zan esa bir nechta uchrashuvlarni tashkil qilish kerak bo’ladi.


Rejani haѐtga tatbiq eting. Tomonlar kelishuvini ifodalovchi xujjatda
nima qilinishi kerakligi, kim tomonidan qachon va qaerda qilinishi kerakligi 
ko’rsatilishi kerak. Bu ishlarni bajarilishiga tez kirishish kerak, muddatni 
o’zgartirilishi esa ishonchsizlikni vujudga keltiradi.
Qabul qilingan qarorni baholang. Eng muvaffaqiyatli bo’lgan 
kelishuvda ham qaysidir tomon xafa bo’lib qolishi mumkin. Bu suhbatlarda, 
gapirish ohanlarida, qatnashchilarning jestlarida namoѐn bo’lishi mumkin.
Ularni har biriga ochiq gapira olishlari uchun imkon yaratib, ulardan so’rang: 
―Kelishuvni borishi sizni qay darajada qoniqtirdi? Qabul qilingan qaror sizga 
tiqishtirilaѐtganga o’xshamayaptimi? Nima deb o’ylaysiz, har ikkala tomonni 
ham manfaatlari hisobga olindimi? Sizni nazaringizda bu qarorga yana nimani 
qo’shsa bo’ladi?

Download 183,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish