Buyumlarsiz bajariladigan mashqlar.
1. D.h. Oyoqlar sal ochilgan, qo’llar pastga tushirilgan. Qo’llar yuqoriga ko’tariladi, qo’l uchlariga bir qarab, pastga tushiriladi. (Mashq 5 marta takrorlanadi).
2. D.h. Oyoqlar juftlangan, qo’llar belda. O’ngga (chapga) burilib, o’ng (chap) qo’l yon tomonga tortiladi va dastlabki holatga qaytariladi. (Mashq 4 marta takrorlanadi).
3. D.h. Oyoqlar sal ochilgan, qo’llar belda. O’ngga (chapga) engashiladi va gavda rostlanadi. (Mashq 4 marta takrorlanadi).
4. D.h. O’tirib orqada qo’llarga tayanib, oyoqlar oldinga uzatilgan. Oyoqlarni bukmasdan, galma - gal ko’tarib, tushiriladi. (Mashq 4 marta takrorlanadi).
5. D.h. Qorinda yotib, qo’llar tirsakdan bukilgan, yotma – yot qoýilgan, panjalar engak tagida. Boshni va yelkalarni yerdan ko’tarib, qo’llarni yon tomonlarga uzatib, oyoqlarni juftlab turiladi va dastlabki holatga qaytiladi.( Mashq 4 marta takrorlanadi).
Koptoklar bilan bajariladigan mashqlar.
1. D.h. Oyoqlar sal ochilgan, qo’llardagi koptoklar pastga tushirilgan. Qo’llar yon tomonlardan yuqoriga ko’tariladi, pastga tushiriladi. (Mashq 5 marta takrorlanadi).
2. D.h. Oyoqlar sal ochilgan, qo’llardagi koptoklar yon tomonlarga uzatilgan. Qo’llarni tirsakdan bukib, ko’krak oldida aylantiriladi.( Mashq 5 marta takrorlanadi).
3. D.h. O’tirib, oyoqlar kerilgan, qo’llardagi koptoklar pastga tushirilgan. Oldingi tomon engashib, koptoklar oyoq uchlariga tekkiziladi va dastlabki holatga qaytiladi. (Mashq 4 marta takrorlanadi).
4. D.h. Chalqancha yotib, qo’llar gavda boýlab uzatilgan. O’ng (chap) oyoqni ko’krakka tortib, o’ng (chap) qo’ldagi koptok tizzaga tekkiziladi, gavda rostlanadi.(Mashq 4 marta takrorlanadi.
5. D.h. Oyoqlar sal ochilgan, qo’llar pastga tushirilgan. Cho’nqayib, qo’llar oldinga uzatiladi va dastlabki holatga qaytiladi. (Mashq 4 marta takrorlanadi)
Arqoncha bilan bajariladigan mashqlar.
1. D.h. Oyoqlar sal ochilgan, arqoncha tutgan qo’llar pastga tushirilgan. Arqoncha yuqoriga ko’tariladi, pastga tushiriladi.(Mashq 5 marta takrorlanadi).
2. D.h. Oyoqlar sal ochilgan, arqoncha tutgan qo’llar pastga tushirilga. Arqoncha oldinga uzatiladi, pastga tushiriladi. (Mashq 5 marta takrorlanadi).
3. D.h. Oyoqlar yelka kengligida ochilgan, arqoncha pastga tushirilgan. Oldingi engashib, arqoncha yana ham pastlatiladi va gavda rostlanadi.( Mashq 4 marta takrorlanadi).
4. D.h. Asosiy tik turish, arqoncha o’ng (chap) qo’lda, qo’llar pastga tushirilgan. Chap (o’ng) qo’lni gavda boýlab pastga sirpantirib, chap (o’ng) tomonga engashib, o’ng (chap) qo’l yonga uzatiladi va dastlabki holatga qaytiladi.( Mashq 4 marta takrorlanadi).
5. D.h. oyoqlar sal ochilgan, arqoncha tutgan qo’llar oldinga uzatilgan. Cho’qqayiladi, turiladi. ( Mashq 4 marta takrorlanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |