Paxtaobod pedagogika kolleji



Download 19,92 Mb.
bet76/298
Sana29.05.2022
Hajmi19,92 Mb.
#615573
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   298
Bog'liq
bol jismoniy tarbiyasi 2021

Tarbiyaviy vazifalar.
Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda rejimga rioya qilish, jismoniy mashqlar bilan har kuni shug’ullanish ehtiyojini hosil qilish, bu mashqlar bilan maktabgacha tarbiya muassasalarida va oilada mustaqil shugullanish malakalarini rivojlantirish, ulami o’z tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan o’tkazish.
Bolalarda sport mashg’ulotlariga muhabbat, ulaming natijalariga, sportchilaming yutuqlariga qiziqish tarbiyalash lozim. Jismoniy tarbiya jarayonida ahloqiy, aqliy, estetik va mexnat tarbiyasini amalga oshirishning hamma imkoniyatlari mavjud.
Jismoniy mashqlami bajarishda xarakteming ijobiy xususiyallari va ahloqiy fazilatlarini tarbiyalash shuningdek irodaviy fazilatlami namoyon qilish uchun juda qulay sharoit yaratadi. To’g’ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya bolalaming aqliy o’sishiga yordam beradi, chunki nerv sistemasi va boshqa organ hamda sistemalaming normal faoliyati uchun qulay sharoit yaratadi. Bu esa yaxshiroq idrok etish va eslab qolish xususiyatini rivojlantiradi.
Jisminiy tarbiya estetik tarbiyani amalga oshirish uchun qulaylik, yaratadi. Jismoniy mashqlami bajarish jarayonida estetik zavqni his qilish va idrok etish, go’zallikni, xarakatlaming ifodaliligini, qad-qomatning, nafisligini, kiyim-bosh, sport ihventarlari, tevarak-atrofning go’zalligini tuchunish va to’g’ri baholay olish qobiliyatini rivojlantirishda; estetik jixatdan ma’qul xulqqa untilishni, faoliyat, so’z va xatti - harakati!a qo’pollikka murosasiz bo’lishni tarbiyalash lozim. Jismoniy tarbiya jarayonida mehnat tarbiyasi ham amalga oshiriladi. Bolalar sog’lig’i mustahkamlanadi, harakat ko'nikmalari shaklanadi, mexnat qilish uchun zarur bo’lgan fazilatlari rivojlanadi. Bolalarga binoni, uchastkani jixozlash fizkultura jixozlarini yasash va remont qilishga o’rgatiladi.

  1. Jismoniy tarbiya uslubiyatining g’oyaviyligi jismoniy mashg’ulotlarni davlat manfaatlariga yo’nalganligi.

Jismoniy tarbiya tizimining asosiy xususiyatlari bu g’oyaviylik, xalqchillik va ilmiylikdir. Jismoniy tarbiya tizimining g’oyaviyligi jismoniy mashqlar mashg’ulotlarining bir maqsadga yo’naltirilganligi barkamol avlodni tarbiyalashga, ahloqiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan. Shug’ullanuvchilarda jismoniy tarbiyaning o’ziga xos vazifalarini hal qilish jarayonida ilmiy dunyoqarash shakllanadi va jamiyat quruvchisining yuksak axloq tamoyillari ruhidagi ahloqiy sifatlari tarbiyalanadi. Jismoniy tarbiya tizimi mustaqil jamiyat qurish bilan mashg’ul kishilarni jismoniy va ma’naviy jihatdan garmonik rivojlantirishdek oliy maqsadlarga xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya tizimining g’oyaviy mohiyati uning maqsadlari, vazifalari, tamoyillari, shuningdek, tashkiliy
asoslarida o’z aksini topgan. Bizning mamlakatimizda jismoniy tarbiya tizimini rivojlantirishda davlatimiz rahbari I.Karimov rahbarlik qilmoqdalar. Jismoniy tarbiya tizimining yanada rivojlantirish istiqboli davlat qabul qilgan hujjatlarda, qarorlarida o’z ifodasini topgan.
Jumladan, 2000 yil “Sog’lom avlod “yili deb e’lon qilinishi va 14 fevral kuni Oqsaroyda I.A. Karimov sog’lom avlodi kamol topishdagi yo’nalishlarning belgilab berishi barkamol avlod tarbiyasida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu yo’nalish quyidagilardan iborat:
1. Maktab yillardan boshlab qizlarning oilaviy hayotga ruhan, jismoniy va tibbiy tayyorgarligini yaxshilash, maqsadida maxsus qo’llanmalar asosida darslar tashkil qilish .
2. Sog’lom avlod faqat sog’lom oilada tug’iladi. Shu munosabat bilan sog’lom avlod salomatligini o’rganish, jismoniy kamoloti haqida tushunchalarni targ’ib qilish.
3. Onani homiladorlik hamda farzand tug’ilgandan keyingi salomatligini mustahkamlash va himoya qilish.
4. Bolaning 1 yoshgacha bo’lgan davri eng e’tiborga molik va xatarli bo’ladi, ushbu masala bo’yicha mas’ul tashkilotlarning harakatlarini aniqlash va ularning faoliyatini nazoratga olish.
5. 1 yoshdan 5-6 yoshgacha bo’lgan davrda bola so’g’lig’ini mustahkamlash, unga tarbiya berishni to’g’ri yo’lga qo’yish
6. Davlat tomonidan nogiron bolalar himoyasini kuchaytirish, ular jamiyatning to’laqonli a’zolarga aylanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish.
Bu davlat dasturini qabul qilishdan maqsad-kelajagimiz poydevori bo’lgan barkamol avlod hayotida o’z o’rniga ega bo’lgan, ma’naviy boy, axloqan yetuk, intelektual rivojlangan, yuqori bilimli, jismonan baquvvat, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirish. Bu esa davlatimizning asosiy g’oyalaridan biridir.
Jismoniy tarbiya tizimini xalqchilligi uning maqsadlarining xalq manfaatlariga mosligidir. Mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar aholisining sog’lig’ini mustahkamlash, jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligini yaxshilashga erishish va binobarin xalq farovonligini yaxshilashga yo’naltirilmoqda. Shuning uchun ham aholini jismoniy tarbiyalash davlat ahamiyatiga molik ishdir.
Mamlakatimizning barcha aholisi jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga jalb etiladi. Buning uchun zarur sharoitlar yaratilyapti: stadionlar, basseynlar, sport mashg’ulotlari xonasi va h.k. Barcha O’zbekiston fuqarolari millati, ma’lumoti, lavozimidan qat’iy nazar jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullanish huquqiga egadir. Jismoniy tarbiya jarayonida mavjud vositalar qatorida jismoniy mashqlarning ilmiy turlari foydalanilyapti hamda rivojlanyapti. Mamlakatimizda aholini jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga keng jalb qilish sportda katta yutuqlarga erishishga imkon yaratilgan. Bizning mamlakatimizda jismoniy tarbiyani boshqarishning rahbarlik organi davlat sport qo’mitasidir. Bunga taalluqli tarmoqlar viloyatlarda, shaharlarda, tumanlarda mavjud. Bundan tashqari, jismoniy tarbiya jamoatchilik asosida ham olib boriladi. Faqat oxirgi yillarda jamoatchilik jismoniy tarbiya tashkilotlarining tashabbusi bilan bir qator tashkiliy shakllari vujudga keldi. “Salomatlik guruhlari”, “Havaskor yuguruvchilar klubi”, “Aerobika”, “Salomatlik so’qmoqlari”, “Hamma birgalikda stadionga”, katta yoshdagi aholi uchun. Bolalar uchun “Quvnoq startlar”, “Charm to’p”, “Oltin shayba ” va ko’pgina boshqa musobaqalar.
O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportga ommaviy infarmasion manbalar: radio, matbuot, televideniyaga katta e’tibor berilib, jismoniy tarbiya sohasida maxsus bilimlar va axborotlar tarqatish imkoni yaratilgan. Maxsus sport kanali ajratilga. “Sport”, “Futbol” gazetalari, “Kurash” jurnallarida aholini jismoniy rivojlantirish orqali ularning sog’lig’ini saqlash va sportni targ’ib qilish borasida ish olib bormoqda.
Ilmiylik-jismoniy tarbiya tizimining xarakterli xususiyati hisoblanadi. Mamlakatimizda ilmiy tadqiqotlar asosida yagona davlat dasturlari, o’quv qo’llanmalari, darsliklar yaratilmoqda, har bir yosh bosqich uchun jismoniy rivojlanganlik, tayyorlanganlikning normativ ko’rsatkichlari ishlab chiqilmoqda, jismoniy tarbiya jihozlari, inventarlari, kiyimlari va poyavzallariga talablar qo’yilmoqda. Tadqiqotlar natijasida olingan barcha yangiliklar davlat muassasalari, jamoat tashkilotlari va oilalar ishiga tadbiq qilinmoqda.
Keyingi yillarda jismoniy tarbiya va sport bo’yicha ko’pgina kitoblar, maqolalar chop etildi. Masalan: Usmonxo’jayev T.S –“Sog’lom bola-el boyligi”, T. 2005 yil, “Milliy harakatli o’yinlar” T. 2000 yil, Usmonxo’jayev T, S. Islomova “Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya” T. 2000 yil, Jismoniy tarbiya. “Bolalar bog’chalari uchun dastur” T. 1996 yil va boshqalar. Chop etilgan adabiyotlar ota-onalar, keng aholini bolalarni jismoniy rivojlanishi, bola organizimining o’sish jarayonidagi qonuniyatlarini ochib, jismoniy tarbiya bo’yicha bilimlarni targ’ibot qilishga yordam beradi.

Download 19,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish