Paxtaobod pedagogika kolleji



Download 19,92 Mb.
bet239/298
Sana29.05.2022
Hajmi19,92 Mb.
#615573
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   298
Bog'liq
bol jismoniy tarbiyasi 2021

I - KOMPLEKS.
Dastlabki holat: qo’llar pastda, tik turish.
Bajarish: qo’llarni yon tomonga uzatish, kaftni yuqoriga qilib ochish, barmoqlarni yozib, so’ng dastlabki holatga qaytish.
Dastlabki holat: qo’llarni belga qo’yib, tik turish.
1.x-t chambarak yuqorida
Bajarish: 1 o’ngga qarash, 2 - chapga qarash, 3 -- chapga qarash so’ng dastlabki holatga qaytish.
Dastlabki holat: qo’llarda bayroqcha tutib tik turish.
Bajarish:
yuqoriga ko’tarish, qo’llarni yondan pastga tushirish.
Dastlabki holat: qo’llar belda, tik turish.
Bajarish: yarim ho’qqayib o’tirish, qo’llami erkin holda tushirish.
O’rta guruhlarda umumrivojlan­tiruvchi mashqlarni amaliy bajarish.
O’rta guruhda 5-7 umumrivojlantiruvchi xususiyatga ega mashqlar tanlanadi, ularning har biri 4-6 martadan takrorlanadi.
O’rta guruhda buyumsiz bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar hajmi ortib boradi. Lekin, baribir bu mashqlarning kattagina qismi buyumlar bilan bajariladigan harakatlarga asoslangan bo’ladi. Ilgari, sanab o’tilgan jihozlardan tashqari, bunday mashqlarda kichkina koptoklar, arqonchalar, tayoqchalar, chambaraklar va ichi to’ldirilgan to’plar qo’llaniladi.
O’rta guruhdagi bolalar zarur jihozlarni mutlaqo mustaqil ravishda olib keladilar. Har bir bola davradan chiqib sxosxilmasdan chambarakni, koptokni va boshqa shunga o’xshagan zarur narsalarni oldida, yana o’z joyiga borib turadi. Bunday vaqtlarda jihozlarni bir kichik jamoa bolalari, keyin esa ikkinchi kichik jamoa bolalari olishi qulaydir.
Ikkinchi yarim yillikda jihozlarni tarqatish ishiga kichik jamoa boshliqlari ham jalb qilinadi. Mashqlarni bajarib bo’lgandan keyin, bolalar colonna bo’lib saflanib turadilarda va buyumlarni joy-joyiga qo’yib o’tadilar.
Tayoqlar va chambaraklar bilan bajariladigan mashqlar o’rta guruhda asosan ikkinchi yarim yillikda, bolalar mustaqil saflanishni ancha bilib olganlaridan hamda qo’llarining asosiy holati va harakatini yaxshi o’zlashtirib olganlaridan keyin uncha ko’p bo’lmagan miqdorda o’tkaziladi. Tayoq bilan bajariladigan mashqlar ichida eng ahamiyatlilari qo’l-oyoqni yozish uchun uzatib, kerib qilinadigan harakatlar hisoblanadi. O’rta guruhda polda yotgan tayoqlardan hatlab o’tish va aylanib o’tish mashqlaridan foydalanmaslik kerak.
Yurish vaqtida bolalar chambarakni o’ng yoki chap qo’llarida osiltirib yoki yelkalariga osib ko’taradilar. Chambarakni, shuningdek bir qo’llab yuqoriga ko’targan holda olib yurish ham mumkin. O’rta guruhda tarbiyachi chambarak va tayoqni holatlari, hamda harakat yo’nalishlarida yuksak darajadagi aniqlikka erishini talab qilmaydi.
O’rta guruhda uzun arqoncha bilan bajariladigan mashqlar keng tarqalgan bo’ladi. Uzun arqoncha bilan bajariladigan mashqlarni o’rganish vaqtida tarbiyachi ko’pincha og’zaki izohlash va ko’rsatma berib turish usulidan foydalanadi.
Oddiy koptoklardan tashqari og’irligi 1 kgdan ortiq bo’lmagan to’ldirma to’plardan foydalanish ham mumkin. Bunday mashqlar turli muskul guruhlarni qamrab oladigan bo’lishi lozim. O’rta guruhda to’ldirma to’plarni bir joydan ikkinchi joyga olib borish, yumalatish tashish, gavdani tuli tomonga engashtirish va burish tavsiya etiladi. To’ldirma to’plarni bir-biriga irg’itish, o’ynash o’rta guruhda qo’llanilmaydi.
Tarbiyachi bolalarning nafas olishini kuzatib boradi, nafasni to’la chiqarish zarurligini eslatib, buni qay vaqtda amalga oshirilishini aytib turadi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni ishlanmasini tuzishda quyidagi talablarga amal qilish kerak:
1. Mashqlarni tanlashda bolalarni yoshini, psixik xususiyatlarini hisobga olish kerak.
2. Mashqlarni tanlashda ko’prok bolalarni qaddi-qomadini to’g’ri shakllanishiga qaratilgan mashqlar bo’lishi kerak.
3. Kichik va o’rta guruh bolalariga mashqlar tanlashda ular taqlidiy xarakterga ega bo’lishi lozim.
4. Umumrivojlantiruvchi mashqlar tanlashda bolalarni gavdasini hamma qismlarini rivojlantirishga qaratilgan bo’lishi kerak: qo’l va yelka umrov, oyoq va gavda muskullarini mustahkamlovchi mashqlar.



Download 19,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish