Paxta xomashyosini tashish uchun xajmi 20 kub metrdan ko’p bo’lgan universal tirkama konstruksiyasini liyihalash



Download 0,6 Mb.
bet1/8
Sana18.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#819318
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abbosga xisobot




Iqtisod
qismi.

Iqtisod qismi.
Bu bitiruv malakaviy ishida “Paxta xomashyosini tashish uchun xajmi 20 kub metrdan ko’p bo’lgan universal tirkama konstruksiyasini liyihalash” mavzusi bo’yicha iqtisodiy tomonlarin ko’rib chiqamiz.
Korxonalarning tashqi muhit bilan aloqasi ularning tashqi tizimga chiqishida ro’y berib (resurslarni jalb qilish, ularning qiymatini aniqlash, xom ashyo, material va yoqilg’ining o’z vaqtida yetkazib turilishi va hokazo), tashqi muhitga ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar oqimi yordamida ta’sir ko’rsatish jarayonida namoyon bo’ladi.
Korxonalar faoliyati samaradorligini aniqlab beruvchi tashqi muhit – bu, birinchi o’rinda mahsulot iste’molchilari, xom ashyo va boshqa material yetkazib beruvchilar, shuningdek davlat organlari hamda korxonaga yaqin joyda yashovchi aholi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

  1. bozor va uning rivojlanish istiqbollarini kompleks ravishda o’rganish yordamida, xaridorlarning mahsulot va xizmat turlariga mavjud va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan talablarini aniqlash;

  2. mahsulotning yangi modellari va namunalarini yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil qilish;

  3. xaridorlar talablariga mos keluvchi tovarlarni ishlab chiqarish;

  4. ishlab chiqarishni rejalashtirish, dasturlash, muvofiqlashtirish va moliyalashtirish;

  5. mahsulotni taqsimlash va sotish tizimini tashkil qilish va uni mukammallashtirish;

  6. korxonaning barcha faoliyatini, jumladan, ishlab chiqarish, sotish, reklama,

  7. texnik xizmat ko’rsatish va hokazolarni boshqarish



Albatta, zamonaviy korxonalarning ko’p qirrali faoliyati yuqorida sanab o’tilgan yo’nalishlar bilangina cheklanib qolmaydi. Amaliyotda ular fan-texnika taraqqiyoti va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning yangi talablari bilan to’ldirilishi mumkin. Biroq, yuqorida aytib o’tilganlardan qat’i nazar, xo’jalik rivojlanishining har bir bosqichida korxonalar faoliyati quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilishi zarur:

  • korxona egasining daromad olishi;

  • iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan ta’minlash;

  • xodimlarni ish haqi bilan ta’minlash;

  • korxonaga yaqin joylarda yashovchi aholi uchun ish joylari yaratish;

  • atrof-muhitni muhofaza qilish;

  • korxona faoliyatida to’xtab qolishga yo’l qo’ymaslik;

  • ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarini mukammallashtirish;

  • ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida tejamkorlikka rioya qilish.

Xo’jalik faoliyatining joriy va istiqboldagi vazifalarini bajarish korxonalardan quyidagi funktsiyalarni amalga oshirishni talab qiladi:
* ishlab chiqarish va shaxsiy iste’mol uchun mahsulotlarni tayyorlash;
* mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish va sotish;

  1. sotuvdan keyin xizmat ko’rsatish;

* ishlab chiqarishning moddiy-texnika asosini ta’minlash;
* xodimlar mehnatini tashkil qilish va boshqarish;
* soliqlarni to’lash, byudjetga to’lanuvchi ixtiyoriy yoki majburiy badal va to’lovlarni amalga oshirish ;
* amaldagi standartlar, normativlar va davlat tomonidan chiqarilgan qonun-qoidalarga rioya qilish.
Bu funktsiyalar korxonalarning hajmi, qaysi tarmoqqa mansubligi, ijtimoiy infratuzilmaning mavjudligi, mahalliy hokimiyat idoralari bilan munosabatlarga asoslanib aniqlashtiriladi. Bugungi bozor ištisodiyoti va fan-texnika taraqqiyoti korxonalarning amalga oshiruvchi funktsiyalarini kengaytirishi hamda ularning
faoliyatidagi ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini yanada yaxshilash uchun yangi vazifalar belgilab berishi mumkin.
Jamiyat uchun zarur bo‘lgan moddiy boyliklardan tashqari milliy daromadning ham asosiy qismi aynan korxonalarda ishlab chiqarilishi sababli korxonalar iqtisodiyotining holati butun xalq xo‘jaligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblanadi. Korxona qaysi tarmoqqa mansubligi va mulk shaklidan qat’i nazar qanchalik yaxshi va samarali ishlasa, iqtisodiyot ko‘rsatkichlari hamda aholining turmush tarzi shunchalik yuqori bo‘ladi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish