“Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kompaniyalar. Reja



Download 76,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana22.06.2022
Hajmi76,05 Kb.
#691873
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
“Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kompaniyalar. Reja



Mavzu: 
“Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli 
kompaniyalar. 
 
 
Reja : 


Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kompaniyalar


O'zbekiston
ekologiyasining buzilishi 


“Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli 
kompaniyalar

O‘zbekistonda “O‘zbeklar ishi”, “paxta ishi” deb atalgan jinoiy ishlar to‘qib 
chiqarildi. Moskvadan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi O‘zbekistonning 
boshiga tushgan kulfat bo‘ldi. Guruh a’zolari hech kim bilan hisoblashib o‘tirmay 
odamlarni qamash bilan shug‘ullandilar. Oddiy dehqondan tortib O`zKP MQ 
kotiblari va hukumat a’zolarigacha bo‘lgan xodimlarni qamash uchun birovlardan 
zo‘rlab yozdirib olingan bir parcha qog‘ozning o‘zi kifoya edi. O‘zbekistonda 
qonunchilik buzildi, o‘zboshimchalik va qatag‘onchilikning yangi davri avj oldi. 
Ming-minglab iqtidorli, rahbarlik mahoratini puxta egallagan rahbar kadrlar, 
mirishkor paxtakorlar, ter to‘kib mehnat qilgan halol kishilar qamoqqa olindi. 
Hibsga olingan respublika partiya va davlat organlarining rahbarlari esa Moskva 
qamoqxonalariga tashlandi. Tergov xodimlari 30-yillarda ishlatilgan yaramas 
usullardan foydalanib, hibsga olinganlarni qiynab, boshqalar ustidan to‘qilgan 
aybnomalarni ularning qo‘li bilan qaytadan yozdirib olardi va “aybnoma” tobora 
ko‘p begunoh odamlarni qamashga asos bo‘lib xizmat qilardi. 
Butun SSSRda bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham kamchiliklar, qo‘shib 
yozishlar, poraxo‘rlik illatlari va boshqa jinoyatchiliklar bor edi, albatta. Lekin bu 
illatlarni O‘zbek xalqi emas, balki sovet hokimiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi 
keltirib chiqargan edi. 
O‘zbekiston fuqarolari o‘z haq-huquqlarini himoya qilishni so‘rab tuman, 
viloyat va respublika partiya va sovet organlariga murojaat qildilar. Yuz minglab 
fuqarolar O`z KP MQga, mahalliy hokimiyat organlariga o‘z haq-huquqlarining, 
qonuniy manfaatlarining buzilganlagini shikoyat qilib koridorma-koridor, eshikma-
eshik turtinib yurdilar. Norozilik ayniqsa xotin-qizlar orasida ko‘paydi. 1986-1987 
yillarda respublikada 270 nafar ayol o‘zini-o‘zi yondirib yubordi. Bu holat ularning 
sha’ni qadr-qimmatining toptalishi, haq-huquqlarining buzilishiga nisbatan songgi 
norozilik ifodasi edi. 


Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini, o‘lkaning o‘ziga xos noyob 
xususiyatlarini bilmagan va bilishni istamagan kelgindilar, ularga laganbardorlik 
qilgan ayrim mahalliy amaldorlar xalqning urf-odatlari, an’analarini oyoq osti qildi. 
Xalqimizning boy madaniyati va ma’naviy qadriyatlari kamsitildi. Ona tilimizning 
qo‘llanish doirasi sun’iy tarzda yanada cheklab qo‘yildi. Hatto milliy libos kiyib 
yurish ham qoralandi. Milliy an’analar bo‘yicha to‘y qilgan yoki vafot etgan 
qarindosh-urug‘larni milliy, diniy qadriyatlar asosida dafn qilganlar tanqid ostiga 
olindi, shafqatsiz jabzolandi. Bunday vaziyat xalqni ranjitdi, hafsalasini pir qildi, 
siyosiy loqaydlikni kuchaytirdi. Ko‘plab olimlar, yozuvchilar va boshqa ijodiy 
xodimlar mislsiz aziyat chekdilar. Ularning ko‘pchiligi mahalliychilikda, milliy 
cheklanganlikda, xurofot-bid’atga berilganlikda, sinfiy va partiyaviy tamoyillardan 
og‘ishlikda, o‘tmishni, xonlar va amirlar hayotini bo‘rttirib ko‘rsatishda ayblandilar. 
Respublika matbuoti xalq turmushiga doir masalalarni, noxush holatlarni, xalq 
dardi, orzu-armonlarini oshkoralik bilan yorita boshladi, xalqning o‘zligini 
anglashga ko‘maklashdi. 
Siyosiy va mafkuraviy zug‘umlarga qaramasdan ijtimoiy ong o‘zgara boshladi. 
O`tmish va hozirgi zamon muammolari to‘g‘risida munozaralar, turli qarashlar, 
nuqtai nazarlar bildiriladigan bo‘lib bordi. Jamoatchilik paxta yakkahokimligini 
tugatish, O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish, ekologik holatni 
sog‘lomlashtirish kabi masalalarni ko‘tara boshladi. Norasmiy guruhlar va 
tashkilotlar paydo bo‘la boshladi. Bularning norasmiy deyilishiga sabab, hali 
mamlakatda tashkilotlarni ro‘yxatga olish va ularga qonuniy maqom berishga asos 
bo‘ladigan qonun, huquqiy hujjatlar yo‘q edi. Norasmiy harakat asta-sekin siyosiy 
tusga kira boshla di. 1989-yilda tashkil topgan “Birlik” xalq harakati respublikadagi 
dastlabki norasmiy harakat edi. Shuningdek, “O‘zbekiston erkin yoshlar ittifoqi”, 
xotin-qizlarning “To‘maris” nomli tashkiloti, rusiyzabon ziyolilarning “Intersoyuz” 
deb atalgan harakati tuzildi. Bu harakatlar dastlabki paytlarda xalqning ma’naviy 
qadriyatlarini tiklash, Orol fojeasining oldini olish, O‘zbek tiliga davlat tili 
maqomini berish, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usulidan voz kechish kabi 
dolzarb masalalarni ko‘tardilar, biroq, bu harakatlar g‘oyaviy, siyosiy, tashkiliy 


jihatdan yetarli darajada uyusha olmadi. “Birlik” xalq harakati rahbarlari mamlakat 
manfaatlari dan kelib chiqadigan dasturlar ishlab chiqish va aniq maqsadlarni 
amalga oshiriash yo‘lida siyosiy kurash olib borish o‘rniga namoyishlar va mitinglar 
uyushtirish, ko‘cha va maydonlarga to‘plangan olomonda ehtiroslarni avj oldirish 
bilan shug‘ullandi. Oqibatda “Birlik” bo‘linib ketdi. 
1990-yil boshlarida “Birlik” harakati faollarining Muhammad Solih boshliq bir 
guruhi siyosiy partiya tuzishga kirishdilar. 1990-yil 30-aprelda “Erk” demokratik 

Download 76,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti