“Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kompaniyalar. Reja


partiya va sovetlarga qarshi tus olib bordi. Ana shunday favqulodda vaziyatda



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana22.06.2022
Hajmi0,59 Mb.
#691873
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
“Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kompaniyalar. Reja


partiya va sovetlarga qarshi tus olib bordi. Ana shunday favqulodda vaziyatda 
respublikada hukumat komissiyasi tuzldi. Farg‘onada 4-iyun kuni favqulodda holat 
e’lon qilindi. Shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qoshinlarining 
13 ming kishilik bo‘linmasi keltirildi. Janjal 7-iyun kuni yana takrorlandi va tez 
orada Qo‘qon shahriga, Rishton, O‘zbekiston tumanlariga tarqaldi. 8-iyunda 
Qo‘qonda aholining tinch namoyishi SSSR ichki ishlar vazirligi qo‘shinlari 
tomonidan o‘qqa turuldi, 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 200 dan ortig‘i yarador 
qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-yiqitlar natijasida jami 103 kishi halok 
bo‘ldi, 1011 kishi jarohatlandi va mayib bo‘ldi. SSSR ichki ishlar vazirligi 
qo‘shinlarining 137 harbiy xizmatchisi, 110 militsiya xodimi yarador bo‘ldi. 
Militsiya xodimlaridan biri vafot etdi. 757 uy, 27 davlat binosi, 275 avtotransport 
vositasi yondirildi va talon-taroj qilindi. Voqealarning keng miqoyosda fojeali tus 
olganligi sababli sovet va ma’muriy organlar mesxeti turklarini Farg‘onadagi harbiy 
qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati Asht 
tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinchi ko‘chirishni tashkil etdilar, ular 
qurolli askarlar tomonidan qo‘riqlandi, oziq-ovqatlar bilan ta’minlandi va tibbiy 
xizmat yo‘lga qo‘yildi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo‘lmas 
edi. Shuning uchun 16282 kishi Farg‘ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, 
Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko‘chirib olib borib 
joylashtirildi. 
Xo‘sh, Farg‘ona fojeasining sabablari nimada edi? Uni harakatga keltirgan 
kuchlar kimlar edi? O`z KP MQning 1989-yil 23-iyunda bo‘lgan XIV plenumida 
Farg‘ona fojeasi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish uchun maxsus komissiya 


tuzildi. Komissiya axboroti 29-iyulda bo‘lgan XV plenumda ma’qullandi. Farg‘ona 
viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotlarining, huquqni himoya qilish 
organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojeali voqealarga sabab 
bo‘ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatning kuchayish xavfiga 
yetarli baho bermadilar, millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan 
ekstremistlarga, poraga sotilganlarga o‘z vaqtida zarba bermadilar. Farg‘ona 
viloyatida o‘n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. Ana shunday 
keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan 
manfaatdor siyosiy kuchlar, ekstremistlar foydalandilar. Ular allaqachon ishlab 
chiqilgan, puxta tayyorgarlik ko‘rilgan reja asosida ig‘vogarona harakat qildilar
olomonga oldindan tayyorlangan varaqalarni tarqatdilar. Farg‘onada sodir bo‘lgan 
ig‘vogarlik Tbilisi, Tog‘li Qorabog‘, Bokuda tashkil etilgan ig‘vogarliklardan biri 
edi. Keyinchalik Bo‘ka, Parkent, O`sh, Andijonda ham shunday urinishlar bo‘ldi. 
Yovuz kuchlar harakatlari bostirildi, ig‘vogarlar o‘z maqsadlariga erisha olmadilar. 
O‘zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 
keskinlik bartaraf qilindi. 
Mustamlakachilarga qarshi ozodlik, erk, ijtimoiy-adolat va baxtli istiqbolni deb 
1989-yil iyun oyida Qo‘qonda shahid bo‘lgan Shuhrat Olimov (Qo‘qon taksomotor 
parkida shofyor, uch farzandning otasi), Abdumavlon Mahkamov («Tekstilmash» 
korxonasi ishchisi), Alijon Bobojonov (Qo‘qon Qishloq xo‘jalik texnikumining 
talabasi), Azizxon Dehqonboyev (Qo‘qon Lokomotiv deposi ishchisi), Alisher 
Rahmatullayev (mushtipar onaning yakkayu yagona o‘g‘li), Qodirjon Nurmatov 
(ikki bolaning otasi) va boshqalar tufayli sovetlarga va Kompartiyaga ko‘r-ko‘rona 
ishongan xalqning ko‘zlari ochildi, xalqimiz ongida jiddiy o‘zgarish yasadi. 
Farg‘onadan so‘ng Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan, Sirdaryo
Qashqadaryo viloyatlarida ham xalq g‘alayonlari bo‘ldi. Ammo bu g‘alayonlaming 
oldi olindi. Farg‘ona voqealari xalqimizga katta va achchiq hayotiy saboq berdi. 

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish