Patogen anaeroblar. Ma’ruza mashg‘ulotini o‘qitish texnologiyasi



Download 36,17 Kb.
bet12/14
Sana14.04.2022
Hajmi36,17 Kb.
#549923
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
14-Patogen anaeroblar

Antigen tuzilishi. Ekzotoksinlarning bakrcha serologik tiplari maxsus immunologik xususiyatlarga ega bo’lib, ular neytralizasiya reaksiyasida aniqlanadi.
Immunitet botulizmda antitoksinlidir. Moyil havonlarda botulizmga tabiiy immunitet hosil bo’lmaydi. Kasallanib tuzalgan odamlarda, hayvonlar da ham immunitet paydo bo’lmaydi. Maxsus anatoksin yuborib, sun’iy emlash yo’li bilan botulizmga mustahkam antitoksik immunitet hosil qilish mumkin.
Diagnozi. Xarakterli klinik belgilari yoki anamnez va laboratoriya tekshiruvlari natijasiga asoslanib qo’yiladi.
Biopreparatlar. Botulizmning machsus oldini olish uchun anatoksinlar qo’llaniladi. Hayvonlardan faqat norkalar emlanadi.Oldini olish maqsadida norkalar botulizmga qarshi formol kvassli anatoksin vaksina bilan emlanadi. Vaksina songa, mushaklar orasiga 1 ml. miqdorda yuboriladi. Immunitet 2-3 haftadan keyin hosil bo’lib, bir yilgacha saqlanadi.


Botulizmning laboratoriya diagnostikasi

Laboratoriyaga tekshirish uchun gumon qilingan oziqalardan namunalar (silos, don, kombikorm, go’sht va baliq chiqindilari), shuningdek o’lgan hayvonlarning oshqozonidagi massa, jigar bo’lakchasi va kasal qayvonlarning qoni yuboriladi.


Patologik material hayvon o’lganidan keyin 2 soatdan kechiktirmasdan olinadi.
Materialni tekshirishga tayyorlash. 1. Keltirilgan patologik material bir vaqtda botulizm toksinlari va qo’zg’atuvchisiga tekshiriladi; qon esa faqat botulizm toksinlariga tekshiriladi.
2. Oziqa namunasi, oshqozon massasi, jigar bo’lakchalari 25-30 g miqdorda steril hovonchada steril qum bilan yaxshilab eziladi va teng miqdorda yoki ikki barobar ko’p hajmda fiziologik eritma quyib aralashtiriladi. Hosil bo’lgan bir xil gamogen massa 2 soat uy haroratida ekstraksiya bo’lishi uchun turadi. Uchdan ikki qismi toksinni ajratish uchun, bir qismi esa - qo’zg’atuvchini ajratish uchun ishlatiladi.
3. Kasal hayvonning qoni suyultirilmasdan tekshiriladi. Botulizm toksini qonda tez buziladi, shuning uchun uni joyida (xo’jalikda) tekshirish kerak.
Botulizm toksinini ajratish. 1. Patmaterial va oziqa namunalari paxtadan o’tkazib filtrlanadi yoki daqiqaiga 3000 aylanma tezlikda 30 min. sentrifuga qilinadi, keyin ikkiga bo’linib, uning bir qismi qaynoq suv hammomida 20-30 daqiqa qizdiriladi.
2. Tekshirilayotgan materialning har bir (qaynatilgan va qaynatilmagan) filtrati bilan 16-18 g vazndagi ikkita oq sichqon venasiga yoki qorin bo’shlig’iga 0,5-0,8 ml dozada yuborib zararlantiriladi. Dengiz cho’chqalari (300-350 g massali) terisi ostiga material 3-5 ml dozada yuboriladi (bittasiga qaynatilgan filtrat, ikkinchisiga - qaynatilmagani).
Materialda botulizm toksini bo’lsa, qaynatilmagan filtrat bilan zararlangan laboratoriya hayvonlari, 2-5chi sutkada botulizmga xarakterli klinik belgilari bilan (muvozanatni yo’qotish, nafas olishning tezlashishi, skelet mushaklarining bo’shashishi, qorin devorining tushishi «ari beli»dek) o’ladi . Qaynatilgan filtrat yuborilgan hayvonlar esa, sog’ qoladi.
3. Kasal hayvonlardan qon olingan zahoti ikkita oq sichqon yoki dengiz cho’chqalar qorin bo’shlig’iga 2 bandda ko’rsatilgandek dozada yuboriladi. Hayvonlar 5 sutka davomida kuzatiladi va klinik belgilar namoyon bo’lishiga qarab toksinning bor yo’qligi aniqlanadi.
4. Tekshirilayotgan materialdan toksin ajratilsa, maxsus botulizm toksinlari tiplari zardobi bilan neytralizasiya reaksiyasi qo’yiladi.

Download 36,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish