Passajirlar tashishning asosiy elementlari dars Oquv maqsadi


Haydovchilar mehnatini tashkil etish



Download 124,65 Kb.
bet4/18
Sana30.06.2022
Hajmi124,65 Kb.
#720092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
8-mavzu

Haydovchilar mehnatini tashkil etish. Avtobusda ishlaydigan brigadalar mehnatini tashkil etishning bir qancha shakllari bor. Mehnatni tashkil etishning uchlangan shakli, ya'ni har bir avtobusga uch haydovchi biriktirilganda har kuni avtobusda ikki haydovchi ishlaydi. Har ikki kun ishlaganlaridan so'ng, ular bir kun dam oladilar. Bir oylik ish soatlari yil davomida 155 dan 185 gacha (o'rtacha 174,6) soat atrofida bo'ladi. Mehnatni tashkil etishning uchlanganlik shakli ishni ertalab barvaqt boshlab va harakatni kech tugatuvchi avtobus marshrutlarida qo'llaniladi.
Mehnatni tashkil etishning bir yarimlik shaklida ikki haydovchi uchun ikki avtobus doimiy ishlash uchun biriktirilgan bo'lib, uchinchi haydovchi ularning ikkalasini galma-galdan almashtirib, ikkala avtobusda ham ishlaydi.
Mehnatni tashkil etishning ikki yarimlik shaklida har ikki avtobusda besh kishi ishlaydi. Bunda ikki haydovchi birinchi avtobusda va ikki haydovchi ikkinchi avtobusda ishlaydi. Beshinchi haydovchi galma-gal har ikkala avtobusda ishlaydi.
Yuqorida bayon etilgan haydovchilar mehnatini tashkil etishning shakllarini qo'llash avtobuslarning marshrutda ishlash vaqti 7 soatdan 19 soatgacha bo'lishiga imkon beradi va ulardan oqilona foydalanishni ta'minlaydi.

  1. Passajirlar oboroti va passajirlar oqimi.

Passajirlar oboroti deyilganda bajarilishi lozim bo'lgan ish hajmi yoki passajirlar tashish bo'yicha bajarilgan transport ishi tushuniladi. Passajirlar oboroti ko'rsatkichi bajarilgan passajir-kilometrlardan o'lchanadi. Bajarilgan passajir oboroti miqdori aholining serqatnovligi va passajirlar qatnovining o'rtacha masofa miqdoriga bog'liqdir. Aholining serqatnovligiga shaharning planirovkasi ko'lami, aholining asosiy passajirlar hosil bo'luvchi va passajirlar qatnovi magistrallariga nisbatan joylashuvi xarakteriga, transport shaxobchalarining rivojlanganlik darajasiga, harakatning muntazamligi, kira haqi miqdori va boshqalar bilan bog'liqdir. Passajirlar oborotining o'z qonuniyatlari bor va ularni passajirlar tashishni to'g'ri tashkil etish hamda aholi talablarini to'la qondirish maqsadida doimo o'rganilib turilishi lozim.
Passajir oboroti tushunchalarining barisi yuk oboroti tushunchalar bilan bir xil bo'lib, qo'shimcha aniqliklarni talab etmaydi. Aytilganlarga ko'ra passajirlar oborotini sutka soatlari, hafta va oy kunlari, ayrim punktlar, marshrutlar, tuman, shahar va avtobuslar yo'nalishiga bog'lab o'rganishlik zarurati bor.
Passajirlar oqimi deyilganda bir yo'nalish bo'yicha qatnayotgan passajirlar umumiy miqdori tushuniladi. Passajirlar oqimi tushunchalarining ham barisi yuk oqimi kabi epyura va sxema shakllarida berilib u ma'lum marshrut bo'lagi, marshrut va yo'nalish, tumandagi passajirlar tashish keskinligini bildiradi.
SHahar ichi passajirlar oboroti unda doimiy yashovchi, shahar atrofidan kelgan va shaharga kelib vaqtincha yashovchi passajir oboroti yig'indisidan iborat bo'ladi.
Yirik shaharlar atrofidan keladigan aholi uning passajirlar oborotiga katta ta'sir etadi va ular shahar ishlab-chiqarish kuchlari ob'ektlarida ishlaydigan va transportdan doimiy foydalanuvchi hamda transportdan onda-sonda foydalanuvchilarga bo'linadi.
Passajirlar oqimini o'rganishda barcha qatnovlarni ikki guruhga bo'lamiz: ishlab chiqarish bilan bog'liq va ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan passajirlar oqimi.
SHahardagi passajirlar oboroti yil mavsumi, xafta kunlari, sutka soatlari va yo'nalishlar bo'yicha o'zgaruvchanligi bilan xarakaterlidir.
Fasliy o'zgaruvchanlik ayniqsa kurort shaharlari va yirik madaniy markazlari uchun xarakaterli va ularda yaqqol ko'zga tashlanadi. Bunda passajirlarning eng ko'p miqdori yoz oylariga to'g'ri keladi.
Hafta kunlari o'zgaruvchanlikdagi eng ko'p passajirlar miqdori dam olish, bayram va bayram oldi kunlari bilan bog'liq bo'ladi.
Sutka soatlari bo'yicha passajirlar oqimini o'zgarish xarakateri ish boshlanish oldi va ishlar tamom bo'lish vaqti bilan bog'liq.
Avtobus marshrutlarida passajirlar oqimini o'rganishning turli uslublari bor va ular ichida avtobus xaydovchisi to'ldiruvchi chipta-hisob varaqasi ko'rsatgichlariga asoslangan statistika usuli alohida o'rin tutadi. Bu usuldan foydalanish uchun tashish jarayonida passajirlarga sotilgan chiptalar harfi belgisi va tartib raqamlar marshruti boshlang'ich va so'nggi, agar iloji bo'lsa marshrut ichidagi ko'p passajirlar amashish orqali punktida yozilib berilishi lozim. Bunda to'ldirilgan chipta-hisob ko'rsatgichlari har bir reys uchun bo'lishligi shart.
Ammo chipta-hisob varaqlari ko'rsatkichlariga asoslangan statistik usulni passajirlar oqimini o'rganishning juda aniq usuli deb bo'lmaydi, chunki bu usulda axborotlar cheklangandir. Bundan tashqari oylik chipta yoki chiptasiz yurish huquqiga ega passajirlar ham hisobga olinmaydi. Tashish hajmi va passajirlar oqimi o'zgarishini aniqroq bilish maqsadida ularni o'rganishning boshqa usullaridan foydalinadi. Ular ichida anketa to'ldirish, talon, jadval, ko'z bilan chamalash va avtomatik hisoblash usullari ko'proq qo'llaniladi.
Passajirlar oqimni o'rganishning eng qulay usulini tanlash uchun, avvalom bor qanday ko'rsatgichni o'rganishlik, u yoki bu usulni aniq sharoitda qo'llash mumkinligini bilish lozim. Passajirlar oqimini o'rganishda tekshiruv o'tkazish ko'lami va shakli turlicha bo'lishi mumkin. Qabul etilgan ko'lamga ko'ra tekshirish birdaniga, ya'ni barcha marshrut shoxobchalarida bir mahalda yoki tanlab o'tkaziladigan, masalan, ayrim marshrutlarda, sutkaning ayrim soatida yoki ish soatining boshidan oxirgacha, haftaning ayrim bir kunida yoki haftaning barcha kunlarida xillarga bo'linadi.
Passajirlar oqimi yo'ldagi boshqa transport turlari bilan kesishishi joylariga nisbatan, marshrut davomida yirik sanoat korxonalari va idoralar joylashuvi va shu kabilarga ko'ra marshrut davomida o'zgarib boradi. Va ular shahar markazlari yoki yirik to'xtov joylardagi aholi zich yashovchi joylariga nisbatan uzoqlashib borgan sari siyraklashib boradi.

  1. SHahar transport tarmog'i

SHahar mikrotumanlari yoki yirik transport uzellaridagi katta passajirlar oqimi passajir yo'llari yoki marshrutlarini tashkil etish asoslari bo'lib, ular birgalikda shahar transport tarmog'ini tashkil etadi. Transport tarmog'ini shahar hududlarida oqilona joylashtirish va turli xildagi shahar transportlari orasida passajirlar tashish ishini muvofiqlashtirishda marshrutlarni iloji boricha passajirlar qatnovi uchun zarur bo'lgan vaqtni tejash, ya'ni uni minimal bo'lishi, harakat muntazamligi va tekisligini hisobga olib, marshrutlarni to'g'ri chiziqli bo'lishiga erishish lozimdir. Aholi zich yashaydigan va markazni chetki tumanlar bilan birlashtiruvchi hamda turli xil, eng avvalo, metropoliten bilan tutashuvchi marshrutlar tashkil etilishi tavsiya etiladi.
Marshrut yo'nalishi va transport tarmog'ining joylashuvi passajirlar hosil etuvchi va passajirlarni ko'plab qabul etuvchi uzellarning shahar hududidagi taqsimlanishiga shuningdek shaharning transport harakatlari kommunikatsiyalarini joylashuvi, ko'chalarining alohida xususiyatlari, ulardagi harakat zichligi va jadalligi kabilarga ham bog'liqdir.
Amalda bor yirik shaharlardagi passajirlarga xizmat etish shahar transporti turlari ichida eng ko'p tarqalgan avtobus transportidir. Avtobus transporti kichik va o'rta shaharlarda yagona passajirlar tashuvchi transport turidir.
Passajirlar tashuvchi transportlarning u yoki bu turini qo'llash, eng avvola, uning tashish xususiyati, boshlang'ich kapital xarajatlar miqdori tashish tannarxiga bog'liqdir. Yirik shaharlarda passajirlar tashish transportining barcha turlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir (11-jadval).
Texnik ekspluatatsion ko'rsatgichlariga binoan passajirlar transportini har bir turining eng oqilona ishlatish joylari bor.
Juda katta quvvatli passajirlar oqimiga, ayniqsa markaziy joylarda yer usti transporti ishini yengillashtirishda metroning xizmati beqiyosdir: metroning bir yo'nalishi soatiga 50-60 ming kishi tashish quvvatiga ega bo'lgan passajirlar oqimiga xizmat qiladi.
Tramvay muhim ahamiyatli katta quvvatli passajirlar oqimiga xizmat qiladi, metro yo'nalishining davomi sifati shahar tumanlarini shahar atrofi bilan bog'lashda ko'pincha tramvaydan foydalaniladi. Bir tramvay yo'li, undagi vagonlar soniga ko'ra soatiga 15-18ming passajirlar oqimi quvvatiga ega yo'nalishga xizmat qila oladi. Sutkasiga kamimda 5 ming passajirlar oqimi bo'lgandagina tramvay yo'llarini ko'rish maqsadga muvofiqdir.
11-jadval

Download 124,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish