Partiya ichidagi «yot unsurlar» bilan kurash


Stalin qatag‘onlarining oqibatlari



Download 22,12 Kb.
bet6/6
Sana30.06.2022
Hajmi22,12 Kb.
#719524
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
сталин катагонлари

Stalin qatag‘onlarining oqibatlari
Xalqaro «Memorial» tashkiloti hisobotlariga ko‘ra, Stalin qatag‘onlari tufayli 10–12 milliondan 38–39 million nafargacha odam halok bo‘lgan.
4,5–4,8 million nafar odam siyosiy ayblar bilan qamalgan va ulardan 1.1 million nafari otuvga hukm qilingan.
6,5 million kishi deportatsiya qilingan.
4 milliondan oshiq odam saylov huquqidan mahrum qilingan.
6–7 million kishi turli yillarda ro‘y bergan ocharchilik tufayli halok bo‘lgan.
17 ming 961 nafar kishi majburiy mehnat natijasida halok bo‘lgan.
1954 yil KPSS Markaziy Komiteti Birinchi Kotibi Xrushchyov nomiga tayyorlangan ma'lumotnomaga ko‘ra, 1921 yildan 1954 yilgacha NKVD «troyka»lari va harbiy tribunal tomonidan 3 mln 777 ming 380 nafar odamga hukm e'lon qilingan.
Ulardan 642 ming 980 nafari otuvga hukm qilingan.
2 mln 369 ming 220 nafar odam 25 yilgacha qamalgan.
765 ming 180 nafari surgun qilingan.
SSSR IIV qoshidagi 1-maxsus bo‘linma ma'lumotlariga ko‘ra, 1921 yildan 1954 yilgacha SSSR bo‘ylab 4 mln 60 ming 306 nafar odam sudlangan.
Ulardan 799 ming 455 nafari otuvga hukm qilingan. 2 mln 631 ming 397 nafari qamoqxonalarda saqlangan. 413 ming 512 nafari surgun qilingan. 215 ming 942 nafariga yengil jazo qo‘llangan.
Umuman olganda, bugun tarixchilar va ekspertlar Stalin qatag‘onlari haqida berilgan rasmiy statistikaga ishonmaydi.
Ularning fikriga ko‘ra, rasmiy ma'lumotlar ancha kamaytirib ko‘rsatilgan. Masalan, tarixchi V.Popovning bildirishicha, 1923-1953 yillarda Stalin tuzumi tomonidan qatag‘on qilingan shaxslarning umumiy soni 40 milliondan kam emas.
Stalin qatag‘onlarining ijrochilari
Stalin qatag‘onlarining asosiy ijrochilari NKVDning rahbarlari G.Yagoda, N.Yejov hamda L.Beriya bo‘lishgan. Keyinroq ularning taqdiri ham ayanchli yakunlanadi.
Yagoda 1934-1936 yillarda NKVDga rahbarlik qiladi. 1936 yil 26 oktyabrda vazifasidan ozod etiladi. 1937 yil 28 martda qamoqqa olinib, tergov qilinadi va 1938 yil 15 martda sud hukmiga ko‘ra otib tashlanadi.
1936 yil 26 sentyabrda Yagodaning o‘rniga NKVD rahbari etib N.Yejov tayinlanadi. Yejov NKVD rahbari sifatida bor-yo‘g‘i ikki yil ishlaydi. 1938 yil 24 noyabrda uni bo‘shatishadi va suv transporti komissari lavozimiga o‘tkazishadi.
1939 yilda Yejovni o‘z kabinetidan qo‘liga kishan taqib uning o‘rniga NKVD rahbari bo‘lgan Beriyaning o‘zi olib chiqib ketadi.
1940 yil 3 fevralda SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi Yejovni ham otuvga hukm etadi. 4 fevral kuni hukm ijro etiladi.
Stalin qatag‘onlarining eng yovuz ijrochilaridan biri Lavrentiy Beriya 1938 yil 22 avgustda NKVD rahbari etib tayinlanadi.
Stalin vafotidan keyin, uning sodiq xizmatkori sifatida Beriyaning boshida ham qora bulutlar aylana boshlaydi. 1953 yil 26 iyunda Xrushchyov SSSR Ministrlar Sovetining maxsus yig‘ilishini chaqiradi.
Yig‘ilishda Beriya masalasi ko‘riladi va uni «mamlakatning sotsializm yo‘lidan rivojlanishga to‘siq bo‘layotgan shaxs» sifatida va yana bir qator ayblar bilan ayblashadi va o‘sha yerning o‘zida qamoqqa olishadi.
Beriyaning qo‘liga kishanni shaxsan marshal Jukovning o‘zi taqadi. Beriya 1953 yil 24 dekabrda SSSR Oliy sudi tomonidan otuvga hukm qilinadi va hukm o‘sha kunda ijro etiladi.
Shu tariqa, Stalin qatag‘onlarining asosiy ijrochilaridan yana biri o‘z jazosini oladi. Stalin vafotidan keyin uning insoniyatga qarshi qilgan jinoyatlariga munosib baho beriladi.
Bugun aksariyat tarixchilar Stalinni Adolf Hitler bilan bir safga qo‘yadi. Hitler urush tufayli millionlab insonlarning o‘limiga sababchi bo‘lgan bo‘lsa, Stalin tinch zamonlarda millionlab insonlarni yostig‘ini quritgan va insoniyatning katta bir bo‘lagiga barcha yomonliklarni qo‘llab ko‘rgan.
Bugun Stalinning yovuzliklaridan gap ketganda, tarafdorlari uning qattiqqo‘llik bilan fashizm ustidan g‘alaba qozonganini dastak qilishadi. Stalin fashistlar Germaniyasini yenggan bo‘lsa-da, SSSRga hujum qilgunicha u boshliq davlat Germaniyaga ittifoqdosh bo‘lgan. Qolaversa, o‘sha urushda bolalarini urushga jo‘natib, kamiga bir burda nonini o‘zi yemay, frontga jo‘natgan xalqning ham hissasi katta bo‘lgan. Shuni unutmasak bas.
Download 22,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish