Nega opek neftning yuqori narxini ushlab turishda muvaffaqiyatsizlikka
uchradi?
O`tgan bir necha o`n yillik mobaynida jahon iqtisodiyoti uchun eng ko`p
putur yetkazadigan hodisalar neft bozorida vujudga kelmoqda. 1970-yilda neft
eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) a’zolari daromadni ko`paytirish
maqsadida neftning jahon narxini oshirishga qaror qilishdi. Bu maqsadga ular
birgalikda neft miqdorini qisqartirish orqali erishishdi. 1973-yildan 1974-yilgacha
neftning narxi 50 % dan yuqoriroqqa ko`tarildi. Bir necha yildan so`ng, OPEK bu
ishni yana bir amalga oshirdi. 1979-yildan 1981-yilgacha neft narxi qariyb ikka
barobar ko`tarildi.
Biroq OPEK yuqori narxni ushlab turishni qiyin deb topdi.1982-yildan
1985-yilgacha neftning narxi yiliga 10% dan pasaydi. Tez orada esa OPEK
davlatlari o`rtasida qoniqmaslik va tartibsizlik keng yoyildi. 1986-yilda OPEK
a’zolari o`rtasidagi hamkorlik butunlay sindi va neftning narxi 45% ga keskin
pasaydi. 1990-yilda neftning narxi 1970-yildagi narx bilan bir xil edi va 90-yillarda
uning narxi deyarli o`zgarmadi( XXI asrning 1-o`n yilligida neftning narxi yana
oshdi, lekin OPEK uni kamaytirganidan emas, balki neftga bo`lgan talab
oshganligidan va Xitoy iqtisodiyoti shiddat bilan ko`tarilayotganidan).
1970-1980-yillardagi OPEK hodisasi qisqa muddatda va uzoq muddatda
talab va taklif qanday harakatlanishini ko`rsatadi. Qisqa muddatda neftga bo`lgan
talab va taklif nisbatan elastik emas. Taklif elastik emas, chunki ma’lum neft
zaxiralari va neft qazib chiqarish hajmi tez o`zgarmaydi. Talab ham elastik emas,
chunki sotib olish narxdagi o`zgarishlarga tez javob qaytarmaydi. Demak, 8-
chizmada ko`rsatilganidek, qisqa muddatdagi taklif talab tik qiya holda turadi.
Taklif S
1
dan S
2
ga o`zgarganda, P
1
dan P
2
ga narxning ko`tarilishi katta bo`ladi.
Uzoq muddatda vaziyat ancha farqlidir. Uzoq vaqt mobaynida, OPEK dan
tashqari neft ishlab chiqaruvchilar yuqori narxlarga javoban neft tadqiqotlarini
ko`paytiradilar va ishlab chiqarishning yangi kuchlarini barpo etishadi.
Istemolchilar esa tejashga harakat qilishadi, masalan eski samarasiz mashinani
yangisiga almashtirishadi. Demak, 8-chizmada ko`rsatilganidek, uzoq muddatli
75
talab va taklif egri chizig`ielastik hisoblanadi. Uzoq muddatda taklif egri
chizig`ining S
1
dan S
2
ga o`zgarishi narxning ozgina ko`tarilishiga sabab bo`ladi.
Bu tahlil nega faqatgina qisqa vaqt mobaynida OPEK neftning yuqori
narxini ushlab turishga erishganini ko`rsatadi. OPEK mamlakatlari neft ishlab
chiqarishni qisqartirishga kelishishganda, ular taklif egri chizig`ini chap tomonga
surishdi. OPEK mamlakatlarining har bir kam neft sotganligiga qaramasdan, ular
narxni ko`tarib daromadlarini ham qisqa vaqtda oshirishdi. Uzoq muddatda esa,
talab va taklif elastik bo`lganda, taklifning bir xil kamayishi taklig egri chizig`ini
gorizontal tomonga surdi va narxda biroz o`sish kuzatildi. Shunday qilib, uzoq
muddatda taklifni qisqartirish kamroq foyda keltiradi. Kartel uzoq muddatdan
ko`ra qisqa muddatda narxni oshirish oson ekanligini o`rgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |