I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/384
Sana30.12.2021
Hajmi3,77 Mb.
#98806
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   384
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24-1-427

Dunyo neft bozoroda 

taklif ha»mining 

qisqarishi 

 

(a) Qisqa muddatli davrda neft bozori  



(b) Uzoq muddatli davrda neft bozori  


 

76 


mavjud. Biri shuki, giyohvand moddaga bog`lanib qolish odamlarning va ularning 

oilasining  hayoti  barbod  bo`lishiga  olib  keladi.  Boshqa  tomondan  esa  pul  topish 

maqsadida 

giyohvand 

odam 

o`g`irlikka 



va 

boshqa 


jinoyatlarga 

qo`l 


uradi.Noqonuniy  moddalardan  foydalanishni  cheklash  maqsadida  Qo`shma 

Shtatlar hukumati mamlakatga givohvand moddalarning oqimini qisqartirish uchun 

har  yili  milliard  dollar  mablag`  ajratadi.  Talab  va  taklif  mexanizmlaridan 

foydalangan holda bu narkotik moddalarni to`xtatish siyosatini tekshiramiz. 

Tasavvur  qiling  hukumat  giyohvand  moddalarga  qarshi  urushda 

qatnashadigan  federal  agentlar  sonini  oshirdi.  Noqonuniy  dorilar  bozorida  nima 

sodir bo`ldi? Odatdagidek biz 3 qadamda savolga javob beramiz. Birinchidan, biz 

talab  yoki  taklif  egri  chizig`ining  o`zgarganini    ko`rib  chiqamiz.  Ikkinchidan, 

o`zgarishning  qaysi  tomonga  bo`lganini  kuzatamiz.  Uchunchidan,  biz  o`zgarish 

muvozanat narxi va miqdoriga qanday ta’sir etganini ko`ramiz. 

Garchi  narkotiklarni  to`xtatishning  maqsadi  ulardan  foydalanishni 

qisqartirishga  qaratilgan  bo`lsa  ham,  uning  aniq  ta’siri  xaridorlarga  emas  balki 

sotuvchilargadir.Hukumat  mamlakatga  bir  necha  narkotik  moddalarni  kirishini 

to`xtatgan  va  ko`plab  kontrabandachilarni  hibsga  olgan  paytda,  bunday  moddalar 

narxi  oshadi  va  shu  sababli  ularning  miqdori  kamayadi.  Giyohvand  moddaga 

bo`lgan  talab,  ya’ni  istalgan  narxda  sotib  oladiganlar  soni  o`zgarmaydi.  9-

chizmada  ko`rsatilganidek,  taqiq  taklif  egri  chizig`ini  chap  tomonga  S

dan  S



2

  ga 


surdi,  talab  esa  o`zgarishsiz  qoldi.  Muvozanat  narxi  P

1

  dan  P



2

  ga  ko`tarildi, 

muvozanat  miqdor  esa  Q

1

  dan  Q



ga  pasaydi.  Muvozanat  miqdorining  kamayishi 

shuni 

ko`rsatadiki, narkotik moddalarning taqiqi ulardan foydalanishni qisqartirdi. 



Lekin  giyohvand  moddalarga  doir  jinoyatlarchi?  Bu  savolga  javob  berish 

uchun,  giyohvand  moddalardan  foydalanuvchilar  to`lagan  pullarining  umumiy 

qiymatini  hisoblaymiz.  Chunki  juda  kam  giyohvandlar  narxlar  oshganda 

odatlaridan voz kechadi, bu degani bunday moddalarga bo`lgan talab elastik emas. 




 

77 


 

Agar  talab  elastik  bo`lmasa,  giyohvand  moddalar  bozoridagi  umumiy 

daromad  ko`tariladi. Chunki  giyohvand  moddalardan  foydalanishga nisbatan  narx 

ancha ko`tarilgan bo`ladi. Bu esa giyohvandlar to`laydigan umumiy pul miqdorini 

oshiradi.  Giyohvandlar  o`zlarining  ehtiyojini  qondirish  maqsadida  o`g`irlik 

qilishga  ham  to`g`ri  keladi,  ularga  avvalgidan  ham  ko`proq  pul  zarur  bo`ladi. 

Demak,  giyohvand  moddalarni  to`xtatish  siyosati  unga  doir  jinoyatlar  sonini 

oshiradi. 

Bu  siyosatning  salbiy  ta’siri  sababli  bir  necha  mutahassislar  muqobil 

yechimini 

topishga 

bahslashmoqdalar. 

 

Giyohvand 



moddalar 

taklifini 

qisqartirgandan  ko`ra,  siyosatchilari  giyohvand  moddalar  haqida  ta’lim  berish 

orqali  ularga  bo`lgan  talabni  qisqartirishga  harakat  qilishlari  mumkin. 

Muvaffaqiyatli ta’limning ta’siri 9-chizmada ko`rsatilgan.  

Talab  egri  chizig`i  chapga  D

1

  dan  D


ga  surilgan.  Natijada  muvozanat 

miqdori  Q

1

  dan  Q



ga  va  muvozanat  narx  esa  P

dan  P


2

  ga  tushgan.  Umumiy 

daromad ham pasaygan. Shunday qilib, giyohvand moddalar kirishini  to`xtatishga 

farqli o`laroq, ta’lim ham ulardan foydalanishni, ham ularga doir jinoyatlar sonini 

kamaytirishni ta’minlaydi. 


Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   384




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish