I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/384
Sana30.12.2021
Hajmi3,77 Mb.
#98806
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   384
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24-1-427

Miqdor 

 

Narx 

 



 

71 


Fermer xo`jaligidagi yaxshi xabar fermer uchun yomon xabar bo`la oladimi? 

Tasavvur  qiling  siz  bug`doy  yetishtiradigan  fermersiz.  Sizning  barcha 

daromadingiz  bug`doyni  sotishdan  kelishi  sababli,  siz  yeringizni  iloji  boricha 

unumdorligini  oshirishga  ko`proq  harakat  qilasiz.  Ob-havo  va  turoq  holatini 

kuzatasiz,  daladagi  zararkunanda  va  kasalliklarni  yo`qotasiz  va  ilg`or 

texnologiyalardan  foydalanasiz.  Siz  bilasiz  qancha  ko`p  bug`doy  yetishtirsangiz, 

shuncha ko`p hosil olasiz va sizning daromadingiz ko`proq bo`ladi hamda turmush 

tarzingiz yaxshilanadi. 

Bir kuni, Kanzas davlat universiteti olimlari muhim kashfiyot qilishganligini 

e’lon qilishdi. Universitetning agronomlik bo`limi tadqiqotchilari fermerlar har bir 

akrdan(0.4 gektar) oladigan bug`doydan 20 % ko`p hosil beradigan yangi bug`doy 

navini  kashf  qilishdi.  Bu  xabarga  qanday  munosabat  bildirasiz?Bu  kashfiyot  siz 

uchun yaxshimi yoki yomon? 

Bu  savollarga  3  ta  qadamda  javob  beramiz.  Birinchi,  biz  talab  yoki  taklif 

egri  chizig`i  siljigan  yoki  siljimaganligini  tekshiramiz.Ikkinchi,  biz  egri  chiziq 

qaysi  tomonga  siljiganini  hisoblaymiz.Uchinchi,  biz  bozor  muvozanati  qanday 

o`zgarganligini ko`rish uchun talab-taklif chizmasidan foydalanamiz. 

Bu  holatda  kashfiyot  taklif  egri  chizig`iga  ta’sir  qiladi.  Chunki  yangi  nav 

hosildorlikni  oshiradi  va  endi  fermerlar istalgan berilgan narxda  ko`proq  bug`doy 

yetishtirishni  xohlashadi.  Boshqacha  qilib  aytganda  taklif  egri  chizig`i  o`ng 

tomonga  suriladi.  Talab  egri  chizig`io`zgarmaydi,  chunki  iste’molchilarning 

berilgan  narxda  bug`doy  mahsulotlarini  sotib  olishga  bo`lgan  istaklariga  yangi 

navning ta’siri yo`q. 7-chizmada bunday o`zgarish tasvirlangan. Taklif S

1

 dan S



ga 


siljiganda,sotilgan bug`doy soni 100 dan 110 ga ko`tarilgan, narx esa 3$ dan 2$ ga 

tushgan. 

 



 

72 


 

Kashfiyot  fermerga  ijobiy  ta’sir  qildimi?  Birinchi  navbatda,  fermerning 

umumiy  daromadiga  nima  bo`lganligini  hisoblaymiz.  Fermerning  umumiy 

daromadi  PxQ,  narxni  bug`doy  soniga  ko`paytiramiz.  Kashfiyot  fermerga  2  yo`l 

bilan  ta’sir  qild.  Yangi  nav  fermerga  ko`p  bug`doy  yetishtirishni  ta’minlaydi(Q-

soni oshadi), lekin endi har bir boshoq past narxda sotiladi(P-narx tushadi).  

Umumiy  daromad  oshadimi  yoki  oshmaydimi  bu  talabning  elastikligiga 

bog`liq.  Amaliyotda,  bug`doy  kabi    asosiy  oziq-ovqatlarga  bo`lgan  talab  elastik 

emas, chunki bular nisbatan arzon va o`rnini bosadiganlari juda kam. 7-chizmadagi 

kabi talab elastikbo`lmaganida, narxlarning tushishi daromadning kamayishiga olib 

keladi.  Chizmadan  ko`rinib  turibdiki  daromad  300  dan  220  ga  tushgan.  Shunday 

qilib,  yangi  navning  kashf  qilinishi  fermerlarning  daromadi  kamayishiga  olib 

keladi. 

Agar fermerlarga bu kashfiyot yomon ta’sir qilsa, kimdir qiziqishi mumkin 

nega ular buni qabul qilishadi.Javob raqobatbardosh bozor qanday ishlashiga borib 

taqaladi.  Chunki  har  bir  fermer  bug`doy  bozorining  kichik  bo`lagi,  u  bug`doyni 

berilgan  narxda  oladi.  Istalgan  berilgan  narx  uchun,  yangi  navdan  foydalanish  va 

ko`proq  bug`doy  sotish  yaxshiroq.  Lekin  buni  hamma  fermerlar  qilsa,  bug`doy 

taklif oshadi, narxi esa tushadi va fermerlarga aks ta’sir qiladi. 

Garchi bu misol gipoyezadek ko`rinse ham, o`tgan asr mobaynida Qo`shma 

Shtatlar iqtisodiyotidagi asosiy o`zgarishlarni tushunishga bu misol yordam beradi. 

200  yil  oldin  ko`plab  Amerikaliklar  fermalarda  yashashgan.  Ferma  metodlari 




Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   384




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish