V BOB. NARX USTIDAN NAZORAT VA BOZOR FAOLIYATI
5.1. Maksimal va minimal narxlar
Bozor muvozanatini ta’minlashda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi
ortiqchaligidan foydalanish orqali, ya’ni narxlarni davlat tomonidan nazorat qilish
maqsadida maksimal va minimal narxlarni belgilashni ko`zda tutadi.
Davlat bozordagi narxlarni nazorat qilish orqali bozor mexanizmini tartibga
solishga harakat qiladi. Bunda davlat ikkita maqsadni ko`zlaydi: ishlab
chiqaruvchilarni qo`llab- quvvatlash yoki iste’molchilarni qo`llab-quvvatlash .
Iste’molchilarni narx tomondan qo`llab- quvvatlashda davlat qonuniy asosda ba’zi
tovarlarga muvozanat darajasidan pastroq narxlarni qayd etgan holda eng yuqori
narxni o`rnatadi. Bunda sotuvchilar ushbu qayd etilgan narxdan yuqori narxda
sotishlari taqiqlanganligi e’lon qilinadi. Narx muvozanat narxidan past
o`rnatilganda, bozorda tovar taqchilligi yuzaga keladi. Erkin bozor sharoitida bu
taqchillik tezda yo`qoladi, biroq narxlar qayd etilgan sharoitda, bozor mexanizmi
ishlamaydi va bozorda barqaror taqchillik paydo bo`ladi. Bu narx chegarasining
ijobiy tomoni , muvozanat narxida xarid qila olmagan iste’molchilarda bu
tovarlarni sotib olish imkoniyatining tug’ilishidir. Biroq, uning salbiy tomonlari
ko`proq:
ushbu tovarni ishlab chiqarish hajmining qisqarishi
ehtiyojlarning kamroq qismi qondirilishi
bozorda taqchil tovarlarga navbatning ortib ketishi, hattoki bu navbatda
turganlarga ham u etmasligi mumkin
“qora bozor”ning paydo bo`lishi va boshqalar.
Davlat ba’zida ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash maqsadida
narxlarning quyi chegarasini qonuniy ravishda o`rnatadi. Agar bu chegara
muvozanatli narxdan yuqori bo`lsa, bozorda barqaror tovar ortiqchaligi paydo
bo`ladi. Demak, davlatning bozor mexanizmiga muvozanat narxidan yuqori
darajadagi narxlarni o`rnatish yo`li bilan aralashuvi ham yo`qotishlarga olib keladi
va oqibatda u ham samarasiz hisoblanadi.
82
Davlat bozor mexanizmini tartibga solishda soliqlar va dotatsiyalarni ham
qo`llaydi. Bu aralashuv ham bozor mexanizmini amal qilishini samaradorligi
pasayishiga va sof yo`qotishlar paydo bo`lishiga olib keladi.
Ba’zi vaqtlarda bozor narxi davlat tomonidan o`rnatiladi. Agar o`rnatilgan
narx
P
~
muvozanat narxidan R
e
kichik bo`lsa
e
P
P
~
(
e
P
- muvozanat narx) va narxni
undan yuqori belgilash ta’qiqlansa, bunday narxlar maksimal narxlar, aksincha
o`rnatilgan narx
P
~
muvozanat narxidan R
e
katta bo`lsa,
e
P
P
( R
e
-muvozanat narx)
va narxni undan pastroq belgilash ta’qiqlansa bunday narxlar minimal narxlar deb
yuritiladi.
Maksimal narx ba’zi bir mahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan ma’lum
darajada ta’minlash maqsadida, minimal narx esa mahsulot ishlab chiqaruvchilarni
himoya qilish uchun davlat tomonidan o`rnatiladi.
Talab va taklif nazariyasiga ko`ra, maksimal narxning o`rnatilishi mahsulot
tanqisligiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |