bozorda qanday o`zgarish bo`lishini ko`rsating. Boshqa bir rasmda agarda
51
Xulosa: narxlar qanday qilib resurslarni jalb qiladi
Bu bobda bozordagi talab va taklif tahlil qilingan edi. Bizning qarorlarimiz
muzqaymoq bozorini o`z ichiga olgan holda chiqarilgan bo`lsada, bu dars boshqa
ko`pchilik bozorlar uchun ham o`rinlidir. Siz qachon bo`lsa ham do`konga xarid
qilgani borganingizda, siz biror tovar uchun talab bildirasiz. Siz qachon bo`lsa ham
ish qidirganingizda, siz mehnat xizmatiga talab bildirasiz. Chunki talab va taklif
shunday tarqalgan iqtisodiy hodisa, talab va taklif modeli tahlil uchun kuchli qurol.
Biz bu modeldan kelgusi boblarda takroran foydalanamiz.
O`nta iqtisodiy tamoyillardan biri, ya’ni bozorlar iqtisodiy faoliyatni tartibga
solib turishning yaxshi yo`li ekanligi 1-bobda muhokama qilingan edi. Bozorning
oqibati yaxshi yoki yomon ekanligini hal qilishga hali erta ekanligiga qaramasdan,
biz ushbu bobdan bozorning qanday qilib ishlashini ko`rishni boshladik. Har
qanday iqtisodiy tizimda cheklangan resurslar raqobatchilar o`rtasida taqsimlanishi
zarur. Bozor iqtisodiyotining tayanchi talab va taklifning o`zaro bir-birini to`ldirib
turishidir. Talab va taklifiqtisodiyotdagi ko`plab turli xil tovar va xizmatlarning
narxini aniqlab beradi, narxlar bir tomondan resurslarni taqsimlash uchun yo`l
hisoblanadi.
Misol uchun, sohil yerining taqsimlanishini olaylik. Ushbu yerning
cheklanganligi sababli hamma ham bu qimmat sohil yerida rohatlana olmaydi. Bu
resurslarni kim oladi? Javob kimda hohish va to`lash uchun yetarli puli bo`lsa
o`sha kishi. Sohil yeriga bo`lgan talab va taklifning balansi uning narxini tartibga
solib turadi. Shu sababli bozor iqtisodiyotida narxlar cheklangan resurslarni
tartibga soib turish uchun mexanizm hisoblanadi.
Shunga o`xshash, narxlar kim har bir tovardan qancha ishlab chiqarish
kerakligini aniqlab beradi. Masalan, firmalarni olaylik. Bizga ovqat yashash uchun
kerak, odamlarning firmada ishlashi bu muhim. Kim fermer va kim fermer
emasligi qanchalik muhim? Erkin jamiyatda, bu qarorni qabul qilish uchun
hukumat rejalashtirish agentliklari yo`q. Buning o`rniga, ishchilarni firmaga
taqsimlash millionlab ishchilarning ish qaroriga bog’liq. Bu markazlashmagan
tizim juda yaxshi ishlaydi, chunki bu qarorlar marxga bog’liq. Oziq-ovqat narxlari
52
va firma ishchilarining maoshi (mehnat narxi) yetarlicha insonlar fermerlikni
tanlash uchun tartibga solib turiladi.
Agarda biror shaxs bozor iqtisodiyotini harakatini biror marta ko`rmagan
bo`lsa, barcha g’oyalar o`rinsiz bo`lib ko`rinishi mumkin. Iqtisodiyot ko`pchilik
guruh odamlarining birgalikda faoliyat yuritishidir. Millionlab insonlarning hohish
va turli xil qobiliyatlari bilan bog’liq harakatlarini nima muvofiqlashtiradi? Nima
orqali biror narsaga bo`lgan ehtiyoj bilan qondiriladi? Javobi bir so`zda, ya’ni
narx. Agar Adam Smitning mashxur nazariyasiga ko`ra ko`rinmas qo`l bozor
iqtisodiyotini boshqarsa, unda narx tizimi bu iqtisodiy orkestrga dirijorlik qiluvchi
o`sha ko`rinmas qo`ldir.
Do'stlaringiz bilan baham: