Misol: Talab va taklifning o`zgarishi.
Faraz qilaylik, issiq havo va
bo`ron bir yozning o`zida sodir bo`ldi. Bu kombinatsiyani tahlil qilish uchun
biz yana uch qadamga ergashamiz.
1. Biz ikkala chiziqning ham siljishini aniqlashimiz zarur. Issiq havo talab egri
chizig’iga ta’sir etadi, chunki bu iste’molchilarning istalgan narxda sotib
olishni xohlagan muzqaymoq hajmini o`zgartiradi. Bir vaqtning o`zida bo`ron
shakar narxini oshirsa, bu muzqaymoq uchun taklif egri chizig’ini o`zgartiradi,
chunki bu firmaning har qanday narxda muzqaymoq sotish hajmini
o`zgartiradi.
2. Egri chiziqlar biz avval tahlil qilganimizdek bir xil yo`nalishda o`zgaradi: talab
egri chizig’i o`ngga siljiydi va taklif egri chizig’i chapga siljiydi. 12-rasmda bu
o`zgarishlar tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |