407
keladi. U yoki bu davlatning bilimlarni shakllantirishga yo`naltirilgan siyosatini
baholashda umumiy bilimlarni aniq texnologik bilimlardan farqlash zarur.
Uzoqroq muddat xizmat qiluvchi batareykalarni ixtiro qilish, kichikroq hajmdagi
mikrochiplarni yaratish yoki yaxshiroq musiqa eshitish asbobini ishlab chiqishga
o`xshagan aniq texnologik bilimlar odatda patentlangan bo`lishi mumkin. Patent
ixtirochiga ma’lum bir muddatda u yaratgan yoki ixtiro qilgan sohada faoliyat
yuritish uchun alohida huquqni beradi. Boshqa shaxslar patentlangan
ma’lumotlardan foydalanganlik huquqi uchun ixtirochiga haq to`lashadi.
Boshqacha so`z bilan aytganda patent ixtirochini bilimini iste’moldan mahrum
qilinish xususiyatiga ega qiladi.
Bunga qarama-qarshi ravishda, umumiy bilimlar ommaviy mahsulot
hisoblanadi. Masalan, matematik olim teoremani patentlay olmaydi. Teorema
isbotlanganidan so`ng bilim iste’moldan mahrum qilish xususiyatiga ega
bo`lmaydi. Teorema umumiy foydalanishdagi bilimlar sirasiga kiradi, har kim
biror-bir ayblovsiz undan foydalanish huquqiga ega. Teorema shuningdek,
iste’molda ta’qiqlangan ham emas, biror kishini teoremadan foylanishi boshqa
bir kishini undan foydalanish imkoniyatlarini kamaytirmaydi.
Daromad olishga intilgan firmalar keyinchalik ularni patentlash yoki qayta
sotish hisobiga ko`proq daromad olishni ko`zlab, tayyor ilmiy tadqiqotlar
hisobiga yangi loyihalarni ishlab chiqishga juda ko`p mablag` ishlatishadi, biroq
ular fundamental ilmiy izlanishlarga ko`p mablag` sarf etishmaydi.Bunda ularni
rag`batlantiruvchi omil - ilgari boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan umumiy
bilimlarga mablag`ni iqtisod qilish. Buning natijasi o`laroq, u yoki bu davlat
siyosatining mavjud emasligi tufayli jamiyat yangi fundamental ilmiy
izlanishlarga juda kam resurs sarflaydi.
Davlat ommaviy mahsulot hisoblangan umumiy bilimlarni turli xil usullar
bilan ta’minlashga harakat qiladi. Sog`liqni-saqlash milliy instituti va Milliy
ilmiy jamg`arma kabi davlat idoralari tibbiyot, matematika, fizika, ximiya,
biologiya va hatto iqtisodiyot kabi yo`nalishlarda fundamental tadqiqotlar uchun
turli xil subsidiyalar ajratadi. Ba’zi kishilar davlatning kosmik dasturlarni
408
moliyalashtirish siyosatini ularni jamiyatda umumiy bilimlarni kuchaytirilishiga
qo`shishi mumkin bo`lgan hissasi tufayli yoqlashadi (biroq ba’zi olimlar komik
sayoxatlarni amalga oshirishga qaratilgan loyihalarga skeptik yondoshishgan).
Olinayotgan foydani aniqlash qiyinligi hisobiga davlat tomonidan mazkur
urinishlarga mustahkam qo`llab quvvatlashni aniqlash qiyin. Bundan tashqari
mazkur tadbirlarga yo`naltirilgan moliyaviy mablag`larni tasdiqlab bergan
Kongress a’zolari ushbu yo`nalishlarda etarlicha bilim va tajribaga ega emas, bu
tadbirlarni samarali ekanligini aniqlab berishga qodir emaslar. Shunday qilib,
fundamental izlanishlar ommaviy mahsulot bo`lgan bir paytda davlatni ularni
kerakli hajm va yo`nalishlarda moliyalashtirishga qodir emasligiga hayron
bo`lishimiz kerak emas.
Do'stlaringiz bilan baham: