18.2.Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) tovarlar
Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotlarni boshqa mahsulotlardan
farqini yaxshiroq tushunish va ular tufayli jamiyatga kelib chiqishi mumkin
bo`lgan muammolarni ko`rib chiqish uchun keling bir misolni ko`ramiz:
mushakbozlik. Bu mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega emas,
sababi mushakbozlik bo`lgan holatda biror kishini uni tomosha qilishdan
qaytarish mumkin emas. Shuningdek, bu cheklanganlik xususiyatiga ham ega
mahsulot emas, sababi biror kishini mushakbozlikdan zavq olishi boshqa bir
kishini undan olishi mumkin bo`lgan zavq darajasini kamaytirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |