so`mdan to`g`ri keladi va shahar byudjetiga yakunda jami 5000 so`m daromad
keltiradi. Mushakbozlikni tashkil etish harajatlari jami 1000 so`mga to`g`ri keladi.
405
so`m) ko`proq ekanligi inobatga olinsa, Bayramda mushakbozlikni o`tkazish
shaharcha uchun daromadli faoliyatdir.
Xo`sh, xususiy sektor mazkur faoliyatni samarali yo`lga qo`ya oladimi?
Yo`q. Aytaylik, shaharchada yashovchi tadbirkor Farhod shaharcha uchun
mushakbozlik o`tkazishni tashkil etishga bel bog`ladi.
Farhodda, shubhasiz, chiptalarni sotish bilan bog`liq muammolar yuzaga
keladi, sababi uning salohiyatli mijozlari bilishadiki, mushakbozlikni chipta
sotib olmasdan ham ko`rish mumkin. Sababi, mushakbozlik iste’moldan mahrum
qilinish xususiyatiga ega bo`lmagan mahsulotdir, chunki kishilarda chiptasiz
ham mushakbozlikni tomosha qilishga rag`bat bor. “Tekinxo`rlar” bu shunday
kishiki – yaxshi narsadan foyda oladi, ammo unga haq to`lamaydi. Kishilar
bunda rag`batga ega bo`lishadi, turgan gapki, agar chipta sotib oluvchilar
mavjud bo`lmasa bozor samarali natijaga ega bo`lmaydi.
Bozorda mazkur muvaffiqqiyatsizlikni ko`rib chiqish yo`llaridan biri bu
mazkur holatga sabab bo`layotgan tashqi ta’sirlarni ko`rib chiqish.
Agarda, Farhod mushakbozlik marosimini shahar markazidagi displeyda
namoyish etsa, bu narsa “tekinxo`r” tomoshabinlar uchun samara keltiradi,
ammo Farhodga emas. Marosimni ekranda namoyish qilish to`g`risida qaror
qabul qilish bilan Farhod tashqi ta’sirlarni e’tibordan chetda qoldiradi.
Mushakbozlik aholi tomonidan katta qiziqishga sabab bo`lgani bilan, yakunda u
daromadli faoliyat bo`lmay qoladi. Natijada, marosimni displeyda namoyish
etmasdan Farhod o`zi uchun ratsional qaror qabul qiladi, biroq aholini
mushakbozlik zavqidan mahrum etadi.
Xususiy bozor shaharcha aholisi hohishiga ko`ra mushakbozlik tashkil
etishga tayyor emasligiga qaramay ushbu holatni echimi juda oddiy: to`rtinchi
iyul tadbirlarini mahalliy hukumat moliyalashtirishi zarur. Shahar hokimiyati
aholidan olinadigan soliqni 2 so`mga oshirib, kelib tushgan mablag`lar hisobiga
Farhodni mushakbozlik o`tkazish uchun yollashi mumkin. Shaharchada 8 so`m
barcha uchun yaxshi echim, 10 so`mdan esa, 2 so`m soliq to`lovini ayirib
tashlagan holda, daromad hosil bo`lmoqda. Shunday qilib, Farhod shaharchaga
406
tadbirkor sifatida yordam bera olmagan bo`lsada, unga jamiyat a’zosi sifatida
yordam berishi mumkin.
Shaharcha hikoyasi sodda bo`lsada real hayotni aks ettiruvchi o`ziga xos
voqe’likdir.
Aslida
ko`pgina
mahalliy
hukumatlar
bayramlardagi
mushakbozliklar uchun pul to`lashadi. Undan tashqari mazkur hikoya ommaviy
mahsulotlarning umumiy xususiyatini ochib beradi: ommaviy mahsulotlar
iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega emas, “tekinxo`rlar” muammosi
esa ommaviy mahsulotlarni xususiy sektor tomonidan taqdim etilishiga
to`sqinlik qiladi. Shu bilan birga, davlat bu masalani mahsulotlardan kelayotgan
daromad ularga sarflanayotgan harajatlarni qoplashi mumkin bo`lgan darajada
hal etishi, soliqlar bilan birga umumiy harajatlarni qoplashi, barcha masalalarni
ijobiy hal etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: