saylandingiz. Shahar injeneri yoningizga shunday bir taklif bilan keldi: shahar
chorrahada svetofor o`rnatishi va uni keyinchalik boshqarishi mumkin.
Svetoforning ustun jihati - harakat havfsizligi oshiriladi. Injenerni ilgarigi
shunga o`xshash chorrahalardagi loyihalar tahlili asosidagi bahosiga ko`ra
hodisalari darajasini 1,6 foizdan 1.1 foizgacha tushiradi. Siz bunga mablag`
412
Ushbu savolga javob topish uchun siz harajatlar va daromadlar tahliliga
murojaat etishingizga to`ri keladi. Biroq siz darhol o`ziga xos qarshilikka duch
kelasiz: agar siz foydalilik darajasini hisoblamoqchi bo`lsangiz, harajatlar va
daromadlar bir xil kattaliklarda (o`lchovlarda) hsoblanishi lozim. Qiymat pul
birligida (so`mda) o`lchanadi, biroq svetofor keladigan foyda inson hayotini
saqlab qolish pul birligida o`lchanmaydi. Qabul qilinishi lozim bo`lgan qarorni
aniqlash uchun siz so`mni inson hayotidagi o`lchamini aniqlashingiz zarur
bo`ladi.
Dastavval siz inson hayoti bebaho deb o`ylashni hohlashingiz mumkin,
qolaversa siz o`zingizni yoki biror bir sevimli kishingizni hayoti uchun o`z
hohishingiz bilan sarflashingiz mumkin bo`lgan pulning qiymati yo`q. Bu
shundan dalolat beraDilshodi, inson hayoti pulda (so`mda) qiymatga ega emas.
Biroq bu javob harajatlar va daromadlar tahlili uchun o`ta mavhumdir. Agar
biz rostdan ham inson hayoti uchun cheksiz qiymatliklarni sarflamoqchi bo`lsak,
u holda har bir ko`cha burchagida svetor o`rnatib chiqishimiz va barcha yangi
yirik
yuk
avtomashinalariga
eng
so`nggi
havfsizlik
funktsiyalarini
joylashtirishimiz lozim bo`ladi.
Ustiga ustak, svetoforlar har bir burchakda emas va kishilar ko`p holatlarda
havfsizlik yostiqchasi yoki tormoz tizimini bloklanishiga qarshi mexanizmga ega
bo`lmagan, qimmat bo`lmagan avtomobillarga haq to`lashni afzal ko`rishadi.
Ommaviy mahsulotlar yoki xususiy mahsulotlar to`g`risidagi har ikki qarorda
ham ko`proq iqtisod qilish maqsadida hayotimiz bilan tavakkal qilishga tayyor
bo`lamiz.
Inson hayoti so`mdagi ekvivalentga ega emas degan qarorni qabul
qilgandan so`ng qanday qilib bu qiymatni aniqlab olishimiz mumkin?
O`lim to`g`risida da’vo qilgan taraf harajatlarini qoplab berish maqsadida
“agar vafot etgan shaxs tirik bo`lganda qancha mablag` ishlab topishi
mumkinligini aniqlash” usuli sudlar tomonidan qo`llanilib kelinadi. Iqtisodchilar
bu usulni ko`p holatlarda tanqid qilishadi, sababi bu usul hayotni yo`qotishning
boshqa qiymatliklarini e’tiborga olmaydi. Shunday qilib, bu usul g`alati
413
ko`rsastkichni o`zida aks ettiradi, go`yoki nogiron yoki pensionerning hayoti
hech qanday qiymatga ega emasdek.
Inson hayotini baholashning eng yaxshi usuli bu – inson o`z hayotini
yo`qotish uchun mavjud bo`lgan tavakkalchilik va bunga to`lanishi lozim
bo`lgan haq miqdorini bilishdir. O`lish tavakkalchiligi, masalan, ish joyiga qarab
baholanadi. Osmono`par binolardagi quruvchilar o`z ish joylarida ofis
ishchilariga qaraganda ko`proq tavakkalchilikka duch keladilar. Iqtisodchilar
ko`proq va kamroq tavakkalchililik darajasiga, ta’lim sifatiga, tajribaga va
boshqa ish haqini belgilab beruvchi faktorlarga qarab kishilar o`z hayotlarini
qanchaga baholashlari mumkinligi haqida ba’zi bir tushunchalarga ega
bo`lishlari mumkin. Ushbu usulni qo`llab o`tkazilgan tadqiqotlarga ko`ra inson
hayoti qiymati 10 million so`mga baholanishi to`g`risida xulosaga kelingan.
Endi biz, yuqorida keltirib o`tilgan misolimizga qaytib shahar injenerining
taklifiga munosabat bildirishimiz mumkin. Svetofor inson haytini saqlab qolish
tavakkalchiligi darajasini 0,5 foizgagina yaxshilaydi. Shunday qilib, svetovor
o`rnatilishidan kutilishi mumkin bo`lgan foyda 50 000 so`m (yoki 0,005*10
million so`m) ni tashkil etadi. Bu ko`rsatkich loyiha xarajjati bo`lgan 10 000
so`mdan bir muncha ko`p, demak siz loyihani tasdiqlashingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: