237
E'tibor berish kerakki, firmalarning xarajatlari turlicha, ba'zi firmalar uzoq
muddatda ham foyda ko`rishadi. Bu holatda, bozordagi narx chegarali firmaning
o`rtacha umumiy xarjatlarida aks etadi. Narx pasaysa firma bozordan chiqib ketishi
mumkin. Bu firma nol foyda topishi mumkin, ammo kam xarajatli firmalar ijobiy
foyda ko`rishi mumkin. Bozorga kirishda kiruvchilarning xarajatlari mavjud
firmalarning xarajatlaridan katta bo`lishi mumkin. Xarajati yuqori firmalar narxlar
yuqori va foydali bo`lsagina bozorga kirishadi.
Shuning uchun bu ikki sababga ko`ra, yuqori narxlar katta miqdordagi taklif
kerak bo`ladi, va bunda uzoq muddatli taklif egri chizig`i gorizontaldan ko`ra
yuqoriga yo`naladi. Shularga qaramasdan, bozorga kirish va chiqish haqidagi bilim
o`sha o`rganilganidek qoladi. Sababi bozorga kirish va chiqish qisqa muddatliga
qaraganda, uzoq muddatlida oson kechadi, uzoq muddatli taklif egri chizig`i qisqa
muddatli taklif egri chizig`iga ko`ra egiluvchandir.
Qisqacha xulosalar
Raqobatli firma bozor narxini qabul qiluvchi bo`lganligi sababli, uning
daromadi ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdoriga proporsional tengdir.
Tovarning narxi firmaning chekli foydasi va o`rtacha foydasiga ham teng
bo`ladi.
Foydani maksimallashtirish uchun, mahsulot miqdorini tanlashi kerak, unga
ko`ra chekli daromad chekli xarajatga tengdir. Raqobatlashgan firmaning chekli
foydasi bozor narxiga teng bo`lgani uchun firma miqdorni tanlaydi va bu chekli
harajatga teng bo`ladi. Shu sababdan firmaning chekli xarajat egri chizig`i uning
taklif egri chizig`idir.
Qisqa muddatli holatda agar maxsulot narxi o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlardan
past bo`lsa, firma o`zining doimiy xarajatlarini qoplay olmaydi, firma
vaqtinchalik berkilib turadi. Uzoq muddatli holatda agar narx o`rtacha umumiy
xarajatdan kam bo`lsa, firma ham doimiy ham o`zgaruvchan xarajatni qoplay
oladi, ular bozordan chiqishni tanlashadi.
Erkin kirib chiqish bozorida uzoq muddatli holatda foyda nol darajaga tushadi.
Uzoq muddatli muvozanatda barcha firmalar samarali miqdorda mahsulot ishlab
238
chiqaradi, narx esa o`rtacha umumiy xarajatning eng kam qiymatiga teng
bo`ladi, firmalar soni esa narxda talab etilgan miqdordan qoniqishni
moslashtiradi.
Turli vaqt oraliqlari orqali talabdagi o`zgarishning turli ta'siri bor. Qisqa
muddatli holatda, talabga bo`lgan o`sish narxlarni ham oshiradi, foydaga olib
boradi. Talabning tushishi narxlarni tushishiga olib kelib, yo`qotishga sabab
bo`ladi. Ammo firmalar bozorga erkin kirib chiqishsa, uzoq muddatli holatda
firmalar soni nol foydali muvozanatga
sabab bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: