XII BOB. MONOPOL BOZORLARDA FIRMANING QAROR QABUL
QILISHI
15
12.1. Monopol bozor xususiyatlari va ko`rinishlari
Firma yagona mahsulot sotuvchisi bo`lsa, u monopol hisoblanadi va uning
mahsulotini o`rnini bosuvchi boshqa firmalar bo`lmaydi. Monopol firmaga deyarli
to`siqlar qo`yilmaydi. Sababi, boshqa firmalar bozorda monopol firma bilan
raqobat qila olmaydi, chunki monopol firmaning bozorida faqat sotuvchining o`zi
qoladi. Buning o`z navbatida, uch asosiy manbalari bor:
Monopol resurslari: ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan asosiy resurs bitta
firmaga tegishli bo`ladi. Monopol firmani vujudga keltirishning oddiy usuli, asosiy
resurs egasi bo`lmish biror firma mahsulotini narxini oshirishidir. Misol uchun,
muayyan kichik shaharchada suv yetkazib beruvchi bozorni ko`rib chiqsak. Suv
yetkazib beruvchilar orasidagi raqobat natijasida, bir litr suvning narxi, ishlab
chiqarish jarayonida chekli xarajat yuqori bo`lishiga qaramay, sotuvchilar
mahsulotni arzonroq sotishga harakat qilishadi. Shaharchada monopolist uchun
faqat bitta yaxshi tomoni, boshqa bir joydan suv olish mumkin emas, Buning
oqibatida quduq egasi suv sotish ustidan monopol bo`lib qoladi. Ajablanarlisi ham
shundaki monopolist raqobat bozorida birlamchi ehtiyoj tovari hisoblangan suv
uchun past chekli qiymatni belgilasa ham, juda yuqori foydaga erishishi mumkin.
Asosiysi mutlaq egalik amaliyoti monopoliya salohiyatiga sabab bo`lsa-da,
kamdan-kam hollarda monopoliya yuzaga keladi. Iqtisodiy jihatdan quvvatli va
aylanma mablag`i ko`p firmalar tomonidan chiqariladigan mahsulot brend
hisoblanib, xalqaro bozorda o`z qiymatiga ega, odatda ularning ko`lami ko`pincha
butun dunyo bo`ylab tarqalishiga qarab belgilanadi.
Hukumat tomonidan tartibga solish: hukumat bitta firmaga ba'zi bir xizmat
ko`rsatish yoki ishlab chiqarishning mutlaq huquqini beradi. Hukumat biror kishi
yoki ba'zi firmalarga xizmat ko`rsatish hamda sotish uchun eksklyuziv huquqni
berish orqali monopoliyalarni vujudga kelishiga zamin yaratadi. Ba'zan monopol
15
Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics”7 e.)
kitobining XV bobiga muvofiq holda tayyorlangan.
240
kengayish monopolistlarning siyosiy ta'sirdan kelib chiqqan holda ko`payadi.
Masalan, Qirollik oilasi do`stlari va ittifoqchilari uchun maxsus litsenziya beradi.
Shunday qilib, boshqa paytlarda davlat manfaati bo`lganligi sababli hukumatga
monopol bo`lish uchun sharoit yaratiladi.
Patent va mualliflik huquqlari to`g`risidagi qonunlar bunga muhim misol.
Qachonki farmatsevtika kompaniyalari yangi dori kashf etishsa, patent uchun
hukumatga murojaat qilishadi. Hukumat albatta haqiqatda sifatga ega bo`lgan dori
ishlab chiqaruvchi kompaniyani va 20 yillik dori sotish huquqini beradigan
patentni tasdiqlaydi. Bu qonunlar bir ishlab chiqaruvchiga monopol bo`lish
imkoniyatini yaratish bilan birga, raqobat ostida sodir bo`ladigan yuqori narxlarga
olib keladi. Lekin bu monopol ishlab chiqaruvchilar yuqori narxlar o`rnatishi va
ko`p daromad olish imkonini beruvchi bir necha xatti harakatlarni
rag`batlantirishdan iborat bo`ladi. Dori kompaniyalari faoliyati yuzasidan ularning
tadqiqotlarini rag`batlantirish orqali monopolist bo`ladilar. Ishlab chiqaruvchilar
sifatli ishlashlari natijasida savdosi ortgani tufayli ularga monopolist bo`lishga
ruxsat beriladi. Tadbirkorlik sub’yektlarini qo`llab-quvvatlanishi transport
terminallari xizmatlarini tartibga solish ro`yxatidan chiqarilishi uchun asos bo`ldi.
Transport
terminallari
xizmatlari
bozoridagi
kontsentratsiyalashuvni
pasayishi, litsenziya olgan holda amalga oshiriladigan faoliyat turlari uchun
ruxsatnomalar olish tartiblarini soddalashtirish va muddatlarini qisqartirish
borasida davlat tomonidan olib borilayotgan samarali siyosat natijasi sifatida
namoyon bo`ldi.
Shunday qilib, patent va mualliflik huquqini oluvchi kompaniyalarda ham
foyda va xarajatlar mavjud. Patent va mualliflik huquqi qonunlarida foydani va
ijodiy faoliyatini oshirish uchun imtiyozlar beriladi.
Ishlab chiqarish jarayoni: Yirik firmalar ishlab chiqarishi mumkin bo`lgan
mahsulot hajmini faqat bitta kichikroq korxona pastroq narxda ishlab chiqarish
imkoniyati.
Shu keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, quyidagi ko`rinishlarini
tavsiflashimiz mumkin:
241
Do'stlaringiz bilan baham: |