XI BOB. RAQOBATLASHGAN BOZORLARDAGI FIRMALAR
14
Agar firma mahsulot, masalan benzin narxini 20 foizga oshirsa, u holda
benzin sotilishi miqdorining jiddiy tushib ketishini kuzatish mumkin. Uning
mijozlari boshqa firmalardan benzin sotib olish uchun o`tib ketishadi.
Bu bobda biz mahalliy benzin quyish shahobchasi kabi raqobatli firmalarning
hatti-xarakatini ko`rib chiqamiz. Bilamizki, agar bozorda har bir iste'molchi va
sotuvchi bozorga nisbatan kichik o`ringa ega bo`lsa, va shuning uchun, bozordagi
narxga ta'sir qilish imkoniyati kam bo`lsa, bozor raqobatbardosh hisoblanadi.
Bu bobdan bizning maqsadimiz raqobat bozorida firmalarning qanday qilib
ishlab chiqarishda qarorlar qabul qilishini o`rganishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |