9.6 Ko`lam samarasi
Firmaning uzoq muddatli strategiyasini tahlil qilish xususiy tadbirkorlikdan
to jamoat maktablarigacha, kommunal va xususiy xizmat hamda korxonalar
faoliyatini tartibga solish kabi vaziyatlar uchun juda muhim. Masalan, o`rta maktab
ishini tahlil qilish shunday xulosaga olib kelishi mumkinki, agar maktab tizimida
uchta kichik, har birida 1000 tadan o`quvchi bo`lgan maktab o`rniga bitga katta
3000 o`quvchisi bor maktab bo`lsa, maktabda o`qitash dasturlari samaraliroq
(fanlar ko`p va asbob uskunalar hamda qo`llanmalari yaxshi) bo`ladi. Telefon
kompaniyalari faoliyatini o`rganish asosida taxmin qilish mumkinki, hududiy
telefon kompaniyalari mahalliy telefon xizmatini yagona milliy telefon
kompaniyasiga qaraganda yaxshiroq ko`rsatishi mumkin. Uzoq muddatli tahlilni
firma faoliyati ko`lamidan boshlagan yaxshiroq. Ishlab chiqarish hajmi ko`payishi
barcha omillardan foydalanishga bog’liqligi firmaning uzoq muddatdagi fao-
liyatidagi ayrim xususiyatlarini ochib beradi. Foydalanilgan ishlab chiqarish
196
omillari mutanosib tarzda oshganda firmaning mahsulot ishlab chiqarishi qanday
o`zgaradi?
Masalan, agar omillardan foydalanish ikki baravar ko`paysa mahsulot ishlab
chiqarish ham ikki marta ko`payadimi yoki u ko`proq yoki ozroq ko`payadimi?
Agar mahsulot ishlab chiqarish hajmi ikki baravardan ortiq ko`paysa (ishlab
chiqarish omillari ikki marta ko`paygan holda), bunday o`sish ko`lamning musbat
samarasi deyiladi.
Ishlab chiqarish shuning uchun o`sadiki, katga ko`lamdagi ishlab chiqarish
rahbarlarga
va
ishchilarga
o`z
vazifalarini
bajarishda
ixtisoslashuvni
chuqurlashtirish va yanada murakkabroq hamda quvvatliroq asbob uskunalardan
foydalanish imkoniyatini beradi. Avtomobil yig’uv konveyerining ijobiy samarasi
ko`lami mashhur misol hisoblanadi.
Daalat siyosatini ishlab chiqishda ko`lam musbat samarasini hisobga olish
zarur. Agar ijobiy musbat ko`lam samarasi amal qilayotgan bo`lsa, unda mahsulot
ishlab chiqaruvchi ko`pgina mayda firmalardan ko`ra (nisbatan ko`p sarfli) bitga
yirik firmaga (nisbatan kam xarajatli) ega bo`lish iqgisodiy jihatdan foydaliroq
bo`ladi. Bunday yirik firma o`zi belgilagan narxni nazorat qilishi mumkin va shu
munosabat bilan narxlarni tartibga solish uchun kompaniyalar faoliyatiga
davlatning aralashuvi kerak bo`lib qoladi. Masalan, elektr energiyasini ishlab
chiqarishda ko`lam ijobiy samarasi mavjudligi yirik energetika kompaniyalari
faoliyatini tartibga solib turishda davlatning aralashuviga sabab bo`ldi.
Ishlab chiqarish ko`lami o`sishi ta’sir etishning ikkinchi toifasi ishlab
chiqarish omillari ikki marta ko`payganda mahsulot ishlab chiqarish hajmi ham
ikki baravar o`sishidir. Bunda, ishlab chiqarish ko`lam samarasi o`zgarmagan
sharoitda amalga oshadi. Ko`lam samarasi o`zgarmas bo`lgan sharoitda firma
faoliyatining miqyosi foydalaniladigan omillar mahsuldorligiga ta’sir qilmaydi.
Firmaning ishlab chiqarish omillarining o`rtacha va chegarali unumdorligi katga
korxonalar uchun ham, mayda korxonalar uchun ham o`zgarmas bo`lib qolaveradi.
Ko`lam samarasi o`zgarmas bo`lganda ma’lum texnologiyadan foydalanuvchi
bitga zavodning o`rniga, ikki marta ko`p mahsulot ishlab chiqaradigan ikkita zavod
197
qurish mumkin. Misol uchun, yirik sayohat idorasi bir mijozga hisoblagavda kichik
turistik korxonasi bilan bir xilda sarflar va bir xil kapital (boshqaruv binosi) bilan
mehnat (xodimlari) nisbatiga ega bo`lishi mumkin.
Nihoyat, ishlab chiqarish omillari ikki baravar ko`payganda mahsulot ishlab
chiqarish hajmi 2 martadan kamroq o`sishi mumkin. Bunday holatda biz manfiy
(teskari) ko`lam samarasiga duch kelamiz, uni har qanday yirik firmalarda qo`llash
mumkin. Yirik firmalardagi boshqaruv qiyinchiliklari va murakkab jarayonlarni
amalga oshirshtsdagi sarflar kapital va mehnat qaytimining pasayib ketishiga olib
kelishi mumkin. Shunday qilib, ko`lamning manfiy samarasi vazifalarni
uyg’unlashtirish muammolari va rahbariyat bilan ishchilar o`rtasidagi
munosabatlarning ta’minlanishi bilan bog’liq.
Ko`lamning musbat va manfiy samarasi 6.9-rasmda ko`rsatilgan. Ishlab
chiqarish jarayoni kapital va mehnatdan ishlab chiqarish omili sifatida foydalanish
bo`lib, bunda 1 mashina-soat vaqtga 4 soat mehnat sarfi to`g’ri keladi.
OR taraladigan chiziqda mehnat bilan kapitalning turlicha bog’lanishini aks
ettiradi, ulardan ishlab chiqarish omillari o`zgarmas nisbatini ta’minlagan holda
mahsulot ishlab chiqarishda foydalanish mumkin.
OA kesmasida ko`rsatilganidek, nisbatan katta bo`lmagan hajmda mahsulot
chiqarish uchun ishlab chiqarish funktsiyasi musbat ko`lam samarasini namoyish
etadi. Ishlab chiqarish omillari nisbati — 5 soat mehnat va 1 soat mashina vaqgi
bo`lganida (chizmaning pastki qismida ko`rsatilgandek) 10 birlik mahsulot ishlab
chiqariladi. Ishlab chiqarish omillari ikki baravar ko`payganda mahsulot chiqarish
3 marta (Yudan 30 gacha) ko`payadi.
198
Ishlab chiqarish omillari yarmiga ko`payganda (mehnat 10 dan 15 gacha va
mashina vaqgi 2 dan 3 gacha) mahsulot ishlab chiqarish 2 marta ko`payadi (30 dan
60 birlikkacha).
AR kesmada ko`rsatilganidek, nisbatan katta hajmda mahsulot chiqarish
uchun ishlab chiqarish funktsiyasi manfiy ko`lam samarasini namoyish etadi.
Omillar nisbati U
3
gacha ko`tarilganda (mehnat 15 dan 20 soatgacha) va mashina
vaqgi (3 dan 4 soatgacha) ko`payganda mahsulot ishlab chiqarish faqat 1/6 gacha
(60 dan 70 donagacha) ko`payadi.
Ishlab chiqarish omillari 50%ga (mechnat 20 dan 30 soatgacha) va mashina
vaqti 4 dan 6 soatgacha ko`payganda mahsulot ishlab chiqarish a (70 dan 80
donagacha) o`sadi, xolos
Rasmdan ko`rinadiki, ko`lam samarasi musbat bo`lganda agar foydalanilgan
omillar mutanosib oshsa izokvantlar bir-biriga juda yaqinlashadi. Ammo, ko`lam
samarasi manfiy bo`lganda izokvantlar bir-biridan uzoqlashadi, chunki borgan sari
ko`proq miqtsorda ishlab chiqarish omillari kerak bo`ladi. Ko`lam samarasi
o`zgarmas bo`lganda izokvantlar teng masofada joylashgan bo`ladi (6.9-chizmaga
qarang).
Butun dunyoda firmalar uchun ko`lam samarasi muhim ahamiyatga ega.
Boshqa tamoyillarni hisobga olmaganda ko`lam samarasi katta bo`lgan sanoat
tarmoqlarida yirik firmalar faoliyat yurgizadi. Odatda sanoatning ishlab
chiqaruvchi tarmokdari xizmat ko`rsatuvchi soha tarmoqlariga qaraganda katta
ko`lam samarasiga ega bo`ladi, chunki firmalar eng samarali faoliyat yuritishi
uchun ishlab chiqarishdagi asbob-uskunalarga yirik miqdorda kapital qo`yish kerak
bo`ladi.
Xizmat ko`rsatuvchi soha tarmoqlari sermehnat bo`lganlari uchun odatda
ham katga hajmdagi, ham kichik hajmdagi sarflarning samarali bo`lishini
ta’minlaydilar.
Ko`pchilik ishlarda (kitoblarda) «ishlab chiqarish ko`lami o`sishi bilan
bog’liq bo`lgan tejash» tushunchasini «ko`lam samarasining o`sib borish»
tushunchasiga sinonim sifatida foydalaniladi. Biroq, birinchi tushunchani qo`llash
199
mumkin, qachonki, firmaning faoliyat qo`lami o`sib borsa va unga etarli vaqt
(aytaylik bir yoki ikki yil) berilsa, toki u kiritiladigan omillarni almashtirish yo`li
bilan ishlab chiqarishni arzonlashtira olsin. Ko`lam samarasi ishlab chiqarishni
kengaytirish bilan bir xil bo`lishi mumkin, qachonki kiritilayotgan omillar
mutanosib ravishda o`zgarmasdan qolsalar. Shunday qilib, firma barcha omillarni
ikki martadan kamroq oshirib mahsulot ishlab chiqarishni ikki marta ko`laytirishi
mumkin. Bu bilan, ko`lam samarasining oshib borishiga erishish mumkin.
Ishlab chiqarish ko`lamini o`stirish orqali erishilgan tejam tarkibiga demak,
alohida holat sifatida oshib borayotgan ko`lam samaradorligi kiradi. Biroq,
umumiyroq shaklda ko`lam samaradorligi mahsulot ishlab chiqarish hajmi
o`zgarishi bilan barcha kiritilgan omillarning o`zaro nisbati o`zgarishiga yo`l
beradi. Ishlab chiqarish funktsiyasi foydalanilgan ishlab chiqarish omillarining har
bir muayyan nisbati mavjud bo`lganda firma ishlab chiqarishi mumkin bo`lgan
mahsulot hajmini ifodalaydi.
Izokvanta egri chiziq bo`lib, ma’lum hajmda mahsulot ishlab chiqarish
imkonini beruvchi ishlab chiqarish omillarining ma’lum nisbatda o`zaro
bog’likdigini ko`rsatadi. Firmaning ishlab chiqarish funktsiyasi gurli darajada
ishlab chiqarish hajmi bilan bog’liq bo`lgan bir guruh izokvantlar bilan berilishi
mumkin.
Qisqa muddatli davrda hech bo`lmaganda bitta ishlab chiqarish omili
o`zgarmay (doimiy) qoladi, uzoq muddatli davrda esa barcha ishlab chiqarish
omillari o`zgaradi.
O`zgarib turuvchi bir omil vositasida (mehnat bilan) amalga oshgan ishlab
chiqarishni mehnatning o`rtacha mahsuloti (o`rtacha ishchining mehnati
unumdorligini aks ettiruvchi) va mehnatning chegarali mahsuloti (bu ishlab
chiqarish jarayoniga qo`shilgan oxirgi ishchining mehnat unumdorligini aks
ettiruvchi) tushunchalaridan foydalangan holda ifodalash mumkin.
Bir yoki undan ko`p ishlab chiqarish omillari doimiy bo`lganda o`zgarib
turuvchi omil (odatda mehnat sarflari) chegarali mahsulotga ega bo`lishi zarur, bu
esa o`zgarib turuvchi omildan foydalanish o`zgarib borgan sari qisqaradi. Kamayib
200
boruvchi qaytim qonuni ishlab chiqarish jarayonida chegarasi mahsulotning
kamayib borishini bildiruvchi umumiy tendentsiyani aks ettiradi.
Izokvantlar hamma vaqt pastga og’gan bo`ladi, chunki barcha ishlab
chiqarish omillarining chegarali mahsulotlari musbatdir. Har bir izokvantning
shakli uning har bir nuktasida texnik o`rnini bosishning chegarali me’yori
vositasida
ko`rsatilishi
mumkin.
Mehnatni
kapital
bilan
texnologik
almashtirishning chegarali me’yori (MRTS) shunday mikdorki, qo`shimcha
mehnat birligi foydalanilgan vaktda unga teng mikdorda kapital sarflari kamayishi
mumkin, mahsulot ishlab chiqarish esa o`zgarmasdan qolaveradi. MRTS firmaning
bir ishlab chiqarish omilini boshqalari bilan almashtirish imkoniyatlarini
ko`rsatadi.
Mamlakat aholisining turmush darajasi shu mamlakatdagi mehnat
unumdorligi darajasi bilan chambarchas bog’liq. Rivojlangan mamlakatlarda
mehnat unumdorligi o`sishi sur’atlarining pasayishi, qisman, kapital qo`yishlarni
etarli ravishda o`smaganligi bilan izoxdanadi.
Har bir ishlab chiqarish funktsiyasi uchun ishlab chiqarish jarayonida bir
ishlab chiqarish omilini boshqasi bilan almashtirish imkoniyati turlicha: bu
omillarni almashtirish imkoniyati nihoyatda mukammal bo`lgan funktsiyadan
tortib, to ishlab chiqarish omillaridan foydalanish nisbatlari o`zgarmaydigan
funktsiyagacha (omillardan foydalanish tarkiban o`zgarmagan holda ishlab
chiqarish funktsiyasi) boradi.
Uzoq muddaatli taxdilda biz e’tiborni firma faoliyatining zarur bo`lgan
ko`lamini yoki miqyosini tanlab olishga qaratdik. Ko`lamning o`zgarmas samarasi
shuni bildiradiki barcha ishlab chiqarish omillaridan foydalanishning ikki baravar
o`sishi mahsulot ishlab chiqarishning ikki marta ko`payishiga olib keladi.
Ko`lamning musbat samarasi mahsulot ishlab chiqarishning ikki martadan ko`proq
o`sganligini anglatadi, ko`lamning kamayib boruvchi samarasi esa mahsulot ishlab
chiqarishni ikki baravardan kamroq o`sganini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |