I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


-rasm. Texnik o`rnini bosishning chegarali (marginal) me’yori



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/384
Sana30.12.2021
Hajmi3,77 Mb.
#98806
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   384
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24-1-427

9.5-rasm. Texnik o`rnini bosishning chegarali (marginal) me’yori. 

Barcha  izokvantlarda  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmi  doimiy  qoldirilgani 

uchun mahsulot ishlab chiqarish hajmining o`zgarishi nulga teng bo`ladi. 

Shunday qilib: 

(MPL) (AL) + (MRK) (DK) = 0 

Endi, shartlarni o`zgartirgan holda, ko`ramizki: 

(MPL) (MRK) = -(AK/AL) =MRTS  (6.2.) 




 

193 


Tenglama  (9.2.)dan  ko`rinib  turibdiki,  alohida  izokvant  uchun  ishlab 

chiqarish jarayonida kapitalning o`rnini mehnat bosishi chegarali kapital chegarali 

mahsulotini ko`paytiradi va mehnatning chegarali mahsulotini kamaytiradi. Ikkala 

o`zgarishning  umumiy  natijasi,  bu  texnik  o`rnini  bosishning  chegarali  me’yori 

pasayishi va izokvantlarning tenglashish holatidir. 

Ishlab chitsarish funktsiyalari — ikki alohida holat 

Ishlab  chiqarish  jarayonida  bir  omilning  o`rnini  boshqasi  bosish  imkoni 

chegaralarini  hisobga  olish  uchun  ishlab  chiqarish  funktsiyasining  ikkita  alohida 

holatidan  foydalanish  mumkin.  6.6-rasmda  ko`rsatilgan  birinchi  holatda  omillar 

eng maqbul ravishda bir-birining o`rnini bosadi. 

Bu holatda MRTS izokvantning barcha nuqgalarida doimiy (o`zgarmas). Bu 

holatda bir miqtsordagi mahsulot faqat mehnat bilan, faqat kapital bilan yoki har 

ikkalasi o`zaro bog’liq holda ishlab chiqarilishi mumkin. Masalan, Q hajmda 

mahsulot ishlab chiqarish faqat kapital hisobiga (A nuqgada), faqat 

 

9.6-rasm. Ishlab chiqarish omillari eng maqbul o`rin almashganda ishlab 



chiqarish funktsiyasining o`zgarish tavsifi. 

 

mehnat  hisobiga  (S  nuqtada)  yoki  ikkala  omillar  hisobiga  (V  nuqtada)  yuz 



beradi.  Odatda  bunday  holat  uchramaydi,  biroq  bir  qator  holatlarda  firmaning 

ishlab chiqarish jarayoniga oqilona yondashishini ta’minlaydi. Masalan, yo`l yoki 

ko`prik  ustidagi  telefon-avtomatga  avtomatik  ravishda  yoki  texnik-xodimlar 

yordamida  xizmat  ko`rsatilishi  mumkin.  Boshqa  misol,  musiqa  asboblarini  ishlab 




 

194 


chiqarish to`la avtomatlashgan mashinalarda yoki yuqori malakalari mutaxassislar 

mehnati  bilan  amalga  oshadi.  9.7-rasm  mutlaqo  teskari  holatni  —  omillar  tarkibi 

o`zgarmagan  holdagi  ishlab  chiqarish  funktsiyasini  ko`rsatadi.  Bu  holatda  bir 

omilni boshqa omil bilan almashtirish mumkin emas (iloji yo`q). Mahsulot ishlab 

chiqarishning har bir ma’lum hajmi mehnat va kapitalning ma’lum nisbatda o`zaro 

bog’liqligini  talab  qiladi.  Ishlab  chiqarishni  o`stirish  uchun  mehnat  va  kapital 

sarflarini  ma’lum  nisbatda  ko`paytirish  zarur.  Natijada,  9.7-rasmda  izokvantlar 

to`g’ri burchak shakliga ega bo`ladilar. Bunday funktsiya uchun betondan qilingan 

sayrgoh  yo`lakchalarini  pnevmatik  bolg’alar  yordamida  ta’mirlash  misol  bo`la 

oladi. Ikkita ishchi va bitta bolg’ani yoki ikkita bolg’a va bitga ishchining ishlashi 

bilan  mehnat  unumdorligi  o`smaydi.  Boshqa  misol  —  taksi  xizmatiga,  kundalik 

sharoitda bir haydovchi va bir mashina kerak. 

9.7-rasmda  A,V  va  S  nuqtalari kiritilgan  omillarning texnik  jihatdan  o`zaro 

samarali  bog’lanishini  ko`rsatadi.  Masalan,  Q  hajmdagi  mahsulotni  ishlab 

chiqarish  uchun  A  nuqgada  L  miqdorda  mehnat  va  K  miqdorda  kapital 

foydalaniladi.  Agar  K,da  kapital  o`zgarmas  bo`lsa  mehnat  sarflarining  ko`payishi 

hsulot ishlab chiqarish hajmini o`zgartirmaydi.  

 

9.7.-rasm. Omillar tarkibi o`zgarmas bo`lgan holdagi ishlab chiqarish 



funktsiyasi. 

Shuningdek, L, da  mehnat sarflari  o`zgarmas bo`lsa, kapitalning ko`payishi 

mahsulot ishlab chiqarish hajmini, o`zgartirmaydi. Shunday qilib, to`g’ri burchakli 

izokvantlarning  tik  va  yotiq  qismlarida  mehnatning  chegarali  mahsuloti  ham, 




 

195 


kapitalning  chegarali  mahsuloti  ham  nulga  teng.  Ham  kapitaldan  ham  mehnatdan 

foydalanish  ko`paysa,  ya’ni  ishlab  chiqarish  omillarining  ma’lum  nisbatda  o`zaro 

bog’lanishi A dan V ga o`zgarsa, mahsulot chiqarish ko`payishi mumkin. 

Ishlab  chiqarish  omillari  tarkibi  o`zgarmay  (doimiy)  qolgandagi  ishlab 

chiqarish funktsiyasi shunday vaziyatni ifodalaydiki, bunda firma ishlab chiqarish 

usulini tanlashi cheklangan bo`ladi. 

Masalan, televizion spektaklni sahnalashtirish kapital (kamer ovoz asboblari 

va  hokazo)  bilan  mehnat  (rejisyor,  ijrochi  va  b.)ning  ma’lum  nisbatda  o`zaro 

bog’lanishini talab  etadi.  Televizion spektakllar sonini ko`paytirish  uchun barcha 

ishlab  chiqarish  omillarini  ko`paytirish  kerak  bo`ladi.  Xususan,  mehnat  sarflarini 

qisqartirish  hisobiga  kapital  sarflarini  ko`paytirish  murakkab,  chunki  ijrochi 

(aktyor)lar  zaruriy  ishlab  chiqarish  omili  hisoblanadi  (ehgimol  hayvonlar 

to`g’risidagi  filmlar  bundan  mustasnodir.  Xuddi  shuningdek,  kapitalni  mehnat 

bilan  almashtirish  qiyin,  chunki  filmlar  va  spektakllarni  qo`yish  juda  murakkab 

asbob-uskunalarni talab etadi.  

 


Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   384




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish