106
aniq maqsadga ega bo`lgan diktatordir. Rejalashtiruvchi jamiyatdagi barchani
iqtisodiy rivojlanishini oshirishni xohlaydi. Buning uchun rejalashtiruvchi nima
qilishi kerak? U xaridor va sotuvchini o`zlari kelishib olishlariga qo`yib berishi
kerakmi? Yoki u bozor samaradorligini shunday yo`l bilan o`zgartirish orqali
iqtisodiy rivojlanishni o`stira oladimi?
Bu savollarga javob berish uchun rejalashtiruvchi avvalo jamiyatning
iqtisodiy rivojini qanday baholashini bilib olishi darkor. Ulardan biri iste'molchi va
ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklarining umumiy yigindisidir. Iste'molchi ortiqchaligi
xaridorlarning bozordagi ishtirokidan kelib chiqadigan foydadir, ishlab chiqaruvchi
ortiqchaligi bu sotuvchinig qo`lga kiritgan foydasidir. Shunday ekan umumiy
ortiqchalik jamiyat iqtisodiy rivojlanishining ko`rsatkichi hisoblanadi.
Iqtisodiy rivojlanishning bu ko`rsatkichinii yaxshi tushunish uchun
iste'molchi va ishlab chiqaruvchi oqtiqchaligini o`lchab ko`rish kerak. Biz
iste'molchi ortiqchaligini shunday aniqlaymiz:
Iste'molchi ortiqchaligi = xaridorlar to`lamoqchi bo`lgan narx - xaridorlar
tomonidan to`langan narx
Shunga o`xshab, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini ham aniqlab olamiz:
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi = sotuvchilarning sotgan narxi - sotuvchilarning
xarajatlari
Agar biz iste'molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklarini birlashtirsak biz
quyidagilarga erishamiz:
Umumiy ortiqchalik = (xaridorlar to`lamoqchi bo`lgan narx - xaridorlar
tomonidan to`langan narx) + (sotuvchilarning sotgan narxi - sotuvchilarning
xarajatlari)
Xaridorlar tomondan to`langan narx sotuvchilarning sotgan narxi bilan
tenglashadi, shuningdek ushbu iboradagi ikki atama o`chib ketadi va natijada
umumiy ortiqchalikni yozishimiz mumkin:
107
Umumiy ortiqchalik = xaridorlar to`lamoqchi bo`lgan narx - sotuvchilarning
xarajatlari)
Bozordagi umumiy ortiqchalik bu xaridorlar tovarga o`zlarini hoxishlari
asosida to`lamoqchi bo`lgan umumiy narxdan sotuvchilar bu tovarni ishlab
chiqarish uchun qilgan umumiy xarajatlarni ayirish natijasidir.
Agar resurslar taqsimoti umumiy ortiqchalikni maksimallashtirsa, biz bu
taqsimot samaradorlikni ko`rsatadi deb aytamiz. Agar taqsimot samarali bo`lmasa,
unda sotuvchi va xaridorlar ichida ba’zilari savdodan keladigan imkoniyatli
yutuqlardan mahrum bo`lgan hisoblanadi. Misol uchun, agar sotuvchilar ishlab
chiqarilgan mahsulotni eng past xarajatlardan ham past narxda sotsalar taqsimot
samarasizdir. Bu holatda, yuqori xarajatli ishlab chiqaruvchidan pats xarajatli islab
chiqaruvchiga o`zgarish sotuvchining umumiy xarajatlarini pasytiradi va umumiy
ortiqchalikni oshiradi. Shunga o`xshab, agar xaridorlar mahsulotni eng yuqori
daromadlaridan yuqori qiymatda iste’mol qilsa ham taqsimot samarasiz bo`ladi. Bu
holatda tovarlar iste'molida past daromadli xaridordan yuqori daromadli xaridorga
o`zgarish umumiy ortiqchalikni o`sishiga sabab bo`ladi.
Samaradorlikka
qo`shimcha
qilib
shuni
aytish
lozimki,
ijtimoiy
rejalashtiruvchi tenglik haqida ham, ya’ni bozordagi turli xil xaridor va sotuvchi
iqtisodiy rivojlanishda bir xil darajada borishi haqida o`ylashi kerak.
Buning asl m’anosi esa bozor ishtirokchilarining bir pirokni teng bo`lib
olishiga o`xshaydi.Samaradrlik degan savol esa iloji boricha o`sha pirokning katta
bo`lishi anglatadiadi. Tenglik tushunchasi esa o`sha pirok neha bo`lakka bo`lingani
hamda ishtirokchilar o`rtasida qanday bolinganinni angladi. Bu bobda biz samarali
ijtimoiy rejalashtirish maqsadlari haqida gaplashamiz .Shuni yodda tuting haqiqiy
iqtisodiysiyosatchilar har doim tenglik bo`lishi haqida qayg’urishadi.
Tenglik-bu jamiyat a’zolari o`rtasida iqtisodiy resurslarning iqtisodiy o`sish
uchun teng taqsimlanishidir.