Ilk qadam
Ulug‘bekning dardlarini tinglaydi kim,
Bobur chekkan ozor uchun yig‘laydi kim,
Amir Temur ruhi haqda o‘ylaydi kim.
Bu dunyoga endi sira qaytmaysizmi?!
Uzr aytib Samarqandga kelmaysizmi?!
Qaldirg‘ochlar sizni izlar ayvonlardan,
Tog‘u toshda yig‘lab so‘rar jayronlardan,
Qochib bo‘lmas ekan axir armonlardan,
Bu dunyoga endi sira qaytmaysizmi?!
Qaldirg‘ochga taskin so‘zlar aytmaysizmi?!
Siz ketdingiz bulbul bo‘lib zog‘lar qoldi,
Ishq yo‘lida devonamas, sog‘lar qoldi,
O‘zbek xalqin yuragida dog‘lar qoldi,
Bu dunyoga endi sira qaytmaysizmi?!
Bulbul bo‘lib takror kuylab o‘tmaysizmi?!
She’riyatning osmonida so‘nmas yulduz,
Mangu o‘chmas ortingizdan qoldirgan iz,
Nomingizni qalbimizda asragaymiz,
Angladimki, endi sira qaytmagaysiz,
Lek, bir lahza yuraklardan ketmagaysiz!
101
Ilk qadam
Norqobilova Nilufar G‘ofur qizi 2003-yil
11-yanvarda Samarqand viloyati Pastdarg‘om
tumani “Qatorterak” mahallasida tavallud top-
gan. Hozirda tumandagi 17-umumta’lim mak-
tabining 11-sinfida tahsil olmoqda. Samarqand
yosh ijodkorlar Kengashi a’zosi.
ONA
Tashlab ketar bir kun suygan janona,
Onangdek bo‘lolmas hatto qaynona,
Ikkita bo‘lmaydi hech qachon ona.
Bahoroyni hali ko‘p bor ko‘rasiz,
Nasib etsa hali yuzga kirasiz.
Yillar o‘tib o‘zgarsa ham zamona,
Atrofimda bo‘lsa ham ming parvona,
O‘rningizni bosolmaydi qaynona,
Boshim silab har gal duo qilasiz
Nasib etsa albat yuzga kirasiz.
HASRAT
Bir kun xayolimni chulg‘asa hasrat,
Agar ko‘zyoshlarim tinmay qo‘ysachi.
Qo‘rqmayman o‘limdan, vahimalardan,
Qo‘rqaman ko‘zlarim ko‘rmay qolsa-chi.
Ko‘ra olmasam gar onam yuzini,
Tongdagi shabnamdek yo‘qolsam tolib.
Oyoqlarim bir kun yurishdan tonsa,
Kimgadir zor bo‘lsam, g‘ururim qolib.
102
Ilk qadam
Qo‘rqaman yuragim urishdan to‘xtab,
Otam orzulari sarob bo‘lsa-chi.
Mehnatim ortidan ko‘rmay ro‘shnolik,
Dushmanim ortimdan xandon kulsa-chi.
Bilmayman men hali qancha yashayman,
Farq qilmas kim meni qanday atashi
Ammo butun umr maqtaganlardan,
Talashib-tortishib yurgan yor yaxshi.
Xazonga aylanib ketsa gar umrim,
Eslolmas bo‘lsa gar do‘st-qadrdonlar.
Yonimdan do‘st ortdan pichoq urganda,
Afzalroq tuyular hatto dushmanlar.
TAQDIR
Yaqinlatmas endi bizni qadamlar,
Yurgan yo‘llarimda barchasi tuzoq,
Siz tomon borar yo‘l ancha mashaqqat,
Uzoq…
Men bugun yerdaman siz esa ko‘kda,
Jonim hadya etay qo‘llaringizga.
Singlingiz qoldiku, termulib uzoq,
Yo‘llaringizga…
103
Do'stlaringiz bilan baham: |