Azon aytilsa, namoz buziladimi?
Savol: Biz ayollar masjidga chiqmaymiz. Ba’zan namoz vaqti kirib namoz
boshlasak, masjidda azon aytib qolinadi. Shunda namozni buzishimiz kerakmi?
Javob: Azon namoz vaqti kirganini bildirish uchun aytilmaydi. Azon erlarning farz
namozlari uchun aytiladi. Bu ularga sunnati muakkada (ta’kidlangan sunnat)dir. Ayollar
namoz uchun azon aytishmaydi, ular namoz o‘qiyotganlarida azon aytilsa, namoz
buzilmaydi.
Ayollar masjidda azon aytilishini kutmay, vaqti kirishi bilan namozni o‘qiydilar. Zero,
ayollarga hamma namozni kirishi bilan o‘qish a’lodir.
Do'stlaringiz bilan baham: |