Istisqo nima?
Savol: Istisqo nima, shu haqda ma’lumot berolmaysizlarmi?
Javob: Alloh taolodan istig‘for tilab, yomg‘ir yog‘dirishini so‘rab duo qilish «istisqo»,
deyiladi. Istisqoda jamoat bilan namoz o‘qish sunnat emas, har kim tanho o‘qishi
mumkin. Istisqoga chiqishdan oldin sadaqa beriladi. G’aribona kiyinib, boshlarni quyi
solgan holda bolalar, keksalar, bolali hayvonlar shahar yoki qishloq tashqarisiga uch kun
ketma-ket olib chiqiladi. Imom tik turib qiblaga yuzlangan holda qo‘lini ko‘tarib, istisqo
(yomg‘ir so‘rash) duosini o‘qiydi. Boshqalar qiblaga qarab o‘tirgan joylarida «omin», deb
turishadi. Istisqo odatda daryo va ko‘llari yo‘q joyda ado etiladi. Agar daryo va ko‘llarda
suv kamayib ketsa ham, u yerdagilar istisqo qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |