Savol: Uzr qoni to‘xtagach, g‘usl shartmi?
Javob: Istihoza qoni to‘xtagach, g‘usl shart emas. Ya’ni, farz emas. Shunda ham,
yuvinib-cho‘milish a’lodir.
Savol: Uzrli ayol mahsi kiysa nima qiladi?
Javob: Uzrli ayol uzri davom etarkan, tahorat olib mahsi kiygan bo‘lsa, namoz vaqti
ichida takror tahorat olayotganda mahsilar ustiga mash tortadi. Namoz vaqti chiqqach,
mahsilar ustiga mash torta olmaydi, maxsisini yechadi. Faqat tahorat olayotganda qon
to‘xtagan bo‘lsa, mahsi ustiga mash tortish mumkin. Muqim bo‘lsa, bir kun-bir kecha,
musofir bo‘lsa, uch kun-uch kecha mahsisiga mash tortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |